O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


chuqurlashtirishning asosiy maqsadlari quydagilar



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

chuqurlashtirishning asosiy maqsadlari quydagilar:

xususiylashtirish miqyoslarini kengaytirish hamda ana shu jarayonga amalda iqtisodiyotning 
barcha tarmoklari va sohalaridagi o'rta va yirik korxonalami kiritish;

yakkahokim ishlab chiqarish- xo'jalik tuzilmalarini ixchamlashtirish va ular uchun raqobatli 
bozor muhitini yaratish; 

respublika aholisining keng qatlamlari, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning mol- mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarishda qatnashuvini ta'minlaydigan xususiylashtirish mexanizmini 
takomillashtirish; 
—davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalar xususiylashtirilgandan keyingi davrda ularga har 
tomonlama yordam ko'rsatish;
— qimmatli qog'ozlar va ko'chmas mulkning bozorini vujudga keltirish hisoblanadi.
Xus usiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy
yo'nalishlari quyidagilardir: Birinchidan, 
bundan buy on ham davlat korxonalarini mulkchilikning 
boshqa shakllariga o'tkazish maxsus ishlab chiqilgan tarmoq va mintaqaviy xususiylashtirish dasturi 
asosida amalga oshirilishikerak.
Xususiylashtirish respublikada ishlab chiqilgan dasturlarga asosan sanoat, qurilish, transport va 
aloqada, agrosanoat kompleksida, shuningdek ijtimoiy sohada va faoliyatning boshqa sohalarida 
amalga oshirildi.
Ikkinchi bosqichda sanoatning asosiy tarmoqlari: yoqilg'i-energetika, kon sanoati, 
mashinasozlik va paxtani qayta ishlash komplekslarida davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish jarayoni keng tus oldi. Chunonchi, "O'zbekneftgaz" ko фoratsiyasi tizimida 
Energetika vazirligida, "O'zmashsanoat" uyushmasida va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham 
xususiylashtirish keng ko'lamda amalga oshirildi va oshirilayapti.
Transport korxonalarini, shu jumladan avtobus va taksomotor parklarini ha m, transport 
vositalarini xususiy mulk kilib sotish orqali davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni 
olib borilayapti.
Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent shaharlaridagi sayohatchilarga xizmat qiluvchi 
komplekslami tender asosida sotish, aktsiyadorlik jamiyatlari qilib qayta tashkil etish, xorijiy sheriklar 
ishtirokida korxonalar tashkil qilish yo'li bilan ular ham xususiylashtiriladi.
Ikkinchidan, 
xususiylashtirish bo'yicha barcha ishlarning markazi tarmoq, umumrespublika 
darajasidan hududiy darajaga ko'chirilayapti. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
dasturlarining amalga oshirilishi uchun hududiy idoralarning maqomini oshirish, ularning huquqlarini 
kengaytirish va javobgarligini kuchaytirish zarur.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin