er uchastkalari sotish kerak. Qishloq xo'jaligi
erlarini meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanishga berish bo'yicha kim oshdi savdolari
va tanlovlarni tez-tez o'tkazib turish lozim.
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi
er bozorisiz bozor xo'jaligi bo'lishi mumkin emasligini
ko'rsatadi.
Ikkinchi bosqichda xususiylashtirish mexanizmining o'zini yanada takomillashtirishga aloxida
e'tibor berilishi kerak. Aholining xususiylashtirishda qatnashadigan qismi ko'payib borishini
ta'minlaydigan ommaviy tarzda xususiylashtirish mexanizmini ishlab chiqish hamda joriy etish,
uning qimmatli qog'ozlar bozoriga kirishi uchun keng imkoniyatlar ochib bs rish zarur. Tanlovlar va kim oshdi savdolari islohatlarini ikkinchi bos qichida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish hamda xus usiylashtirishning e ng asosiy usuli bo'lishi lozim. Fond birjasi va ko'chmas mulk birjasi faoliyatini yanada rivojlantirish zarur. Davlat
tasarrufidan chiqarish sur'atlari jadallashtirilishi, ochiq turdagi aktsiyadorlar jamiyatlari tuzilishi bilan
ular oldida sifat jihatidan yangi istiqbollar ochildi.
Ko'chmas MULK
va qimmatli qog'ozlar bilan savdo qiluvchi birlamchi bozorlarni tas hkil qilgan holda asosiy e'tibor ikkilamchi bozorlarni yaratish va rivojlantiris hga qaratilishi lozim. Ayni shu ikkilamchi bozorlar davlat mulki
hisoblangan aktsiyalar va paylar ulushini keskin kamaytirishga, zarar keltiradigan va bankrotga
uchragan korxonalarni tugatishga, qimmatli qog'ozlaming tabiiy harakati va aylanishiga, ularning qadr-
qimmati oshishiga imkon tug'dirishi kerak.
Xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish va raqobatchilik muhitini vujudga keltirish
yuzasidan belgilangan tadbirlaming amalga oshirilishi bozor iqtisodiyotini tarkib toptirish yo'lida
ilgarilash tomon yana bir amaliy qadam tashlashga imkon beradi.