) Davlat tadbirkorlar bilan raqobatlashmasligi, balki ulaming erkin o'zaro raqobat qilishlari
uchun sharoit yaratishi talab qilinadi, davlat raqobat kurashining
bevosita ishtirokchisi emas,
balki uning oliy hakami vazifasini bajaradi; ) Davlat siyosati mamlakatda ijtimoiy barqarorlik,
xotirjamlik, hamkorlik va hamjihatlikni
ta'minlash orqali iqtisodiy o'sish va ommaviy farovonlikni ta'minlashga qaratilishi kerak.
Mazkur tamoyillar umumiy, lekin ular turli mamlakatlarda har xil darajada amalga oshiriladi.
Davlatning iqtisodiyotni tartiblash vositalari
Davlat
ixtiyorida xilma- xil
siyosiy, xuquqiy va sotsial- iqtisodiy vositalar bor. Ammo ulardan qaysi birining ustivor bo'lishi
iqtisodiy vaziyatga bog'liq. Birinchi navbatda davlat qonunchilik orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.
Qonun chiqaruvchi davlat organi tomonidan iqtisodiy hayotga oid qonunlar qabul qilinadi, qonunlarda
iqtisodiyotning tartib-qoidalari belgilanadi. Iqtisodiy sa'y-xarakatlar shu qonunlarga binoan yuz berishi
talab qilinadi, davlat qonunlarning
bajarilishini na zorat qiladi, qonunbuzarlami jazolaydi.
O'zbekistonda ham Oliy Majlis tomonidan bozor iqtisodiyotini shakllantirish,
bozorga xos
iqtisodiy mexanizmni yaratishga oid 400dan oshiq qonunlar qabul qilindi. O'zbekistonda qonunlar
ustivor, hamma unga bab-baravar rioya etishi shart.
Qonunchilik iqtisodiy faoliyatning xuquqiy asoslarini belgilab beradi.
Davlat qonunlarni ishlab
chiqish bilan cheklanmay, ulaming amalda joriy etilishini ham ta'minlaydi.
Davlatning iqtisodiyotga
aralashuvi uning siyosatida ifodalanadi. Iqtisodiy siyosat ko'zlagan maqsadlar va ularga erishish
vositalari yaxlitligini talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: