boshqa talablar ham mahsulotning turiga qarab, uning u yoki
bu maqsad uchun ishlatilishi me'yorlariga (normalariga) qarab aniqlanadi.
Sanoat mahsulotlariga bo'lgan talab aniqlangandan so'ng
ishlab chiqarish imkoniyatlari ко'rib chiqiladi.
Sanoat mahsulotlariga bo'lgan talab va ishlab chiqarish imkoniyatlari o'rtasidagi nisbat moddiy
balansni tuzish yordamida aniqlanadi.
Imkoniyatlar quyidagilardan iboratbo'ladi:
1.
и yoki bu mahsulot bo'yicha yil boshidagi qoldiq
2.
Mahsulot ishlab chiqarish
3.
Import
4.
Davlat rezervlaridan foydalanish
5.
Boshqa tushumlar
Imkoniyatlar ichida eng asosiysi bu ishlab chiqarish hisoblanadi. U ishlab chiqarish quvvatlari
balansi tuzish yo'li bilan aniqlanadi.
Ishlab chiqarish quvvati bu mavjud ishlab chiqarish vositalaridan belgilangan ixtisoslashuvga
va ish tartibiga muvofiq to'la-to'kis foydalanilganda bir yil ichida (sutkada, smenada) ishlab chiqarish
mumkin bo'lgan eng ko'p mahsulotdir.
Ishlab chiqarish quvvatlari balansi quyidagi ko'rsatkichlardan iboratbo'ladi:
1.
Yil boshidagi ishlab chiqarish quvvati.
2.
Dasturlashtirilayotgan davr mobaynida ishlab chiqarish quvvatlarining o'sishi (*Tashkiliy-
texnikaviy tadbirlar; Rekonstruktsiya va modemizatsiya; Yangi qurilish hisobiga va
hokazo)
3.
Ishlab chiqarish quvvatlarining ishlab chiqarishdan chiqib ketishi
4.
Yil oxiridagi ishlab chiqarish quvvatlari
5.
O'rtacha yillik ishlab chiqarish quvvatlari
6.
O'rtacha yillik ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsienti
7.
Ishlab chiqarish mahsulotining hajmi
Yil oxiridagi ishlab chiqarish quvvatlari yil boshidagi ishlab chiqarish quvvatlariga yangi
kiritilgan ishlab chiqarish quvvatlarini qo'shib ishlab chiqarishdan chiqib ketgan quvvatlarni ayirib
tashlaganiga tengdir.