12 zamonaviy aerovokzal
(aeroport) bor
(Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Nukus, Termiz,
Urganch, Farg'ona, Qarshi, Qo'qon sha harlarida). Sergeli, Uchquduq Zarafshon, Sariosiyo, Shahrisabz,
Qo'ng'irot, To'rtko'l, Mo'ynoq shaharlaridagi aeroportlar viloyat markazlaridagi aeroportlarga qaraydi,
YaK-40, AN-24 samolyotlarini qabul qilishga moslashtirilgan.
Viloyat markazlaridagi aeroportlar TU-154, Samarqand, Namangan, Urganch, Termiz
aeroportlari IL-62, ГЬ-76, Nukus aeroporti IL-86, A-310 aerobuslarini qabul qilishga qodir. Toshkent,
Samarqand, Termiz aeroportlari xalqaro maqomga ega. Respublika hukumati qaroriga muvofiq yangi
yirik xalqaro aeroport , Uchquduqda jahondagi eng ilg'or andozalarga mos keladigan katta aeroport
qurilishi boshlandi.
Suv trans port!.
20-asr boshlarida Amudaryo va Orol dengizida suv yo'llari bo'ylab yuklar va
yo'lovchilarning ancha qismi tashilgan. 1924 yilda kema va qayiqlar qatnaydigan suv yo'llarining
umumiy uzunligi 887 km edi. Amudaryo harbiy flotiliyasi, «Xiva», «Merkuriy» aktsiyadorlik
jamiyatlari kemalanda, shuningdek xususiy qayiqlarda yo'lovchilarga xizmat ko'rsatilgan, zarur yuklar
tashib berilgan. O'sha davrda O'rta Osiyo suv yo'llarida umumiy yuk ortish quvvati 7 ming tonna
bo'lgan 20 kema va 50 barja, umumiy yuk ortish quvvati 24 ming tonna bo'lgan 1500 qayiq bor edi.
1980 yilda O'zbekistonda s uv yo'llarining umumiy uzunligi 2800 km ga etdi.
Amudaryo Panj
(Tojikiston) bandargohidan Mo'ynoqqa qadar paroxodlar qatnovi ama lga oshirildi.
Daryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi natijasida suv yo'llari keskin
qisqardi, ammo shunga qaramay 1980 yil daryo transpotida 1420 ming tonna yuk tashildi. O'rta Osiyo
respublikalari mustaqillikka erishganlaridan keyin O'rta Osiyo paroxodchiligi Turkmaniston,
O'zbekiston, Tojikiston o'rtasida taqsimlandi. 1994 yil may oyida O'zbekiston Respublikasida
joylashgan daryo floti bo'linmalarini boshqarish tartibi qayta tashkil etildi. O'rta Osiyo
paroxodchiligining O'zbekistondagi bo'linmalari negizida «Termiz daryo porti», «Xorazm daryo floti»,
«Qoraqolpog'iston daryo floti» ishlab chiqarish birlashmalari tashkil etildi. «O'zavtotrans»
korporatsiyasi huzurida daryo ishini muvofiqlashtirish bo'yicha bosh boshqarma (Toshkentda) tuzildi.
Respublika Termiz daryo porti, Sharlavuq, To'rtko'l, Beruniy, Qoratov, Xo'jayli bandargohlari,
Amudaryo orqali To'rtko'l-Xonqa, Chalish-Beruniy suzma ko'priklari, Xo'jayli kema ta'mirlash zavodi
ishlab turibdi. Termiz daryo porti yiliga 2,5 mln. tonna yukni qabul qilish-jo'natish quwatiga ega,
Afg'onistonning Xayraton bandargohi orqali eksport- inport yuklarini etkazib berishda xalqaro
ahamiyatga molik. Respublika daryo flotida
Dostları ilə paylaş: |