75
o‟tiradi; baqa turgan taxta ag‟darila boshlasa, u ag‟anab tushmaslikka harakat
qiladi; agar baqa chalqancha ag‟nab tushsa, o‟nglanib oladi. Shunday qilib, baqa
miya yarim sharlaridan mahrum bo‟lsa ham harakat qilish va o‟z harakatlarini
muvofiqlashtirish qobiliyatini saqlab qoladi.
Yarim sharlari olib tashlangan kaptar og‟ziga solingan ovqatni yeydi, turtib
yuborilsa yuradi; bunday kaptar turtinmasdan ucha oladi. Ammo kaptar turtib
yuborilmasa, odatda, qimirlamay turaveradi. Agar it miyasining ikkala yarim
shari olib tashlansa, sun‟iy suratda boqilib borilsagina bir necha yil yashay
oladi. Bunday it og‟ziga solingan ovqatni yeydi, yura oladi. It urilsa
vangillaydi qattiq tovush eshitganda sapchib tushadi. Ammo bunday it o‟zicha
ovqat qidirib topolmaydi va hatto yaqinidagi ovqatni ham topib yeya olmaydi.
Bu it uni boquvchi kishilarni tanimaydi. Avval hosil qilgan malakalari shu bilan
birga, yangi malakalar hosil qilish qobiliyati ham yo‟qoladi. Ba‟zi fiziologlar
maymunlarning yarim sharlarini olib tashlab tajribalar qilganlar. Maymunlar
operasiya qilingandan keyin psixik funksiyalari yo‟qolishi bilan birga, harakatni
muvofiqlashtirish tizimi ham buzilgan. O‟lar to‟ppa-to‟g‟ri o‟tirib tura olgan,
shuningdek, narsalarni changallay olgan, ammo murakkabroq harakatlar,
ayniqsa yurish qobiliyati buzilgan.
I.P.Pavlov yuksak nerv faoliyatiga doir tekshirishlarida shunday
hodisalarni ilmiy asosda tushuntirib berdi.
Hayvonlar bosh miyasining ayrim qismlarini olib tashlash ustidagi tajribalar
shuni ko‟rsatdiki, hayvon biologik taraqqiyotning qancha yuqori bosqichida tursa,
quyi qismlarining yuksak psixik funksiyalarni bajara olish imkoniyati o‟shancha
kam bo‟ladi. Odamda miyaning quyi qismlari yuksak psixik funksiyalarni
bajarishga mutlaqo qobil emas. Odam miyasining po‟sti ostidagi qismlari po‟st
funksiyasini loaqal qisman ham bajara olmasa kerak. Yarim sharlarsiz tug‟ilgan
bolalar (
Dostları ilə paylaş: