O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


  10- MAVZU. PSIXIKA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/107
tarix11.11.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#132299
növüУчебное пособие
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   107
U.Fayziyeva, N.Jumayeva. Umumiy psixologiya. 2021 yil

 


77 
10- MAVZU. PSIXIKA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
 
Tayanch tushuncha: 
ong, psixika, ongsizlik, ongninh xossalari, “Men”, 
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot “men emas” tushunchasi. 
 
10.1. Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining
asosiy bosqichlari. 
Psixologiyani o`rganish odamni psixika haqidagi va psixik hayotning xilma-
xil hodisalari haqidagi bilimlar bilan boyitibgina qolmay, shu bilan birga odam 
aqlini ham o`stirishga yordam beradi. Odam aqlini o`stirish, jumladan, yangi 
bilimlar va ko`nikmalarni tezroq egallash, yangi nazariy va amaliy vazifalarni 
to`g`ri hal qilish qobiliyatini takomillashtirishda, o`z fikrlarini nutqda to`g`ri 
ifodalay bilish va boshqalarning nutqini to`g`ri tushuna bilishda ham o`z ifodasini 
topadi. Albatta, har bir fan bilan shug`ullanish odamni kamolga yetkazadi. Ammo 
psixologiya bu sohada alohida o`rin tutadi.
Shaxs psixologiyani o`rganar ekan, avvalo o`z aql-idrokini, uning 
jarayonlarini bilib oladi, unga diqqat-e`tibor beradi, aqlning faoliyatini 
kuchaytiradigan shart-sharoitni bilib oladi va shu bilan o`z aql-idrokining ko`proq 
o`sishiga yordam beradi. Psixik hayot hodisalari haqidagi ilmiy bilimlarni egallash 
shaxs dunyoqarashini shakllanishida katta ahamiyatga egadir. Tushunish kishilar 
ongidagi eski qarashlarga qarshi kurashda, jumladan, har xil diniy qarash va 
xurofotlarga qarshi kurashda juda kuchli qurol bo`lib xizmat qiladi. Odam 
psixologiyani o`rganar ekan, o`zidagi psixik hayotni va boshqa kishilar psixikasini 
bila oladigan bo`lib qoladi. Bu bilim esa boshqa kishilarni va o`zini yaxshiroq 
tushunishga imkon beradi. Psixologiyaning bilish, ma`lumot olish uchun ahamiyati 
shulardan iboratdir. Shu bilan birga psixologiya (jumladan, psixologiya metodlari) 
kishilar amaliy faoliyatining har xil turlarida - ta`lim-tarbiya, ishlab chiqarish
mehnat, meditsina, sud-huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san`at va boshqa 
sohalarda ham katta ahamiyatga egadir. Pedagogika ishida, ya`ni yosh avlodni 
o`qitish va tarbiyalashda psixologiyaning ahamiyati ayniqsa katta. Psixologiyaning 
san`atdagi ahamiyatini ham ko`rsatib o`tmoq kerak. Har bir san`atkor (artist, 


78 
muzikant, rassom va shunga o`xshashlar) kishilarga – tomoshabinlarga, 
tinglovchilarga o`z ijodi bilan ta`sir ko`rsatishni maqsad qilib qo`yadi. Buning 
uchun esa odamning qanday idrok qilishini, qanday fikrlashini va qanday his 
qilishini bilmoq kerak. San`at arbobi obraz yaratish ustida ishlaydi, shu obrazning 
biror badiiy vosita bilan gavdalantiradi. Buning uchun san`atkor obrazni qanday 
elementlardan qay tariqa yaratilishini bilishi kerak. U ijodiy faoliyat 
psixologiyasini bilishi shart.
Psixik hayot hodisalarning ularning taraqqiyot jarayonidan o`rganganda 
miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga o`tishini va bir sifat holatining 
ikkinchi sifat holatiga o`tishini ko`zdan kechirmoq kerak. Masalan, odam 
psixikasining taraqqiy etishini o`rgana turib, bilim olish va to`plash jarayonida 
odamning bilish qobiliyatlari: xotirasi, tafakkuri va nutqi, mushohadakorligi sifat 
jihatidan o`zgarishni ko`rsatib bersa bo`ladi. Odam ongi uning tarixiy taraqqiyotida 
shakllanadi. Hozirgi mustaqillik sharoitida milliy ongning shakllanishiga taalluqli 
umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlash, yangicha tafakkur qilish va dunyoqarashni 
shakllantirish milliy mafkura va milliy g`oyani shakllanishiga ijobiy ta`sir 
ko`rsatadi. Odamning tevarak atrofdagi voqelikni bilishi kuzatishdan, tajribadan 
boshlanadi. Shu sababli, ilmiy psixologiya ham o`z mavzusini o`rganishni 
tajribadan, psixik hayot faktlarini aniqlash, tasvir etish va tahlil qilishdan boshlashi 
lozim. So`ngra, aniqlangan va tahlil qilingan faktlar asosida, psixik hayot 
qonuniyatlarini ochib, tegishli nazariy va amaliy xulosalar chiqarilishi lozim.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin