70
9- MAVZU. MARKAZIY NERV SISTEMASI.
Tayanch tushunchalar:
bosh miya, orqa miya, ketingi miya, oʻrta miya,
oraliq miya, oldingi miya, uzunchoq miya, varoliy koʻprigi va miyacha, vegetativ
markazlar, miya dastasi, oldingi miyaning oʻng va chap yarim sharlar.
9.1. Bosh miya. Orqa miya. Ketingi miya. Oʻrta miya. Oraliq miya.
Oldingi miya. Uzunchoq miya, Varoliy koʻprigi va miyacha. Toʻrt tepalik,
qizil yadro va miyaning boshqa ba‟zi bir uchastkalari.
Markaziy nerv sistemasi bosh miya bilan orqa miyadan tarkib topgan.
Orqa miya umurtqa pog‟onasining kanalida joylashgan bo‟lib, nerv
to‟qimasidan tuzilgan va shaklan go‟yo yo‟g‟on chilvirga o‟xshaydi. Orqa
miya uzunasiga ketgan ikkita egat bilan ikki qismga: o‟ng
va chap qismlarga
bo‟linadi. Orqa miyaning atrof-chekkasida oq modda (nerv tolalarining to‟plami),
o‟rtasida esa kul rang modda (nerv hujayralarining to‟plami) joylashganligini
orqa miyaning ko‟ndalang kesigidan ko‟rish mumkin. Kulrang modda kesigi
shaklan kapalakka o‟xshaydi. Orqa miya oldingi
qismlari oldingi ildizchalar,
orqadagi qismlari orqadagi ildizchalar, deb ataladi. Orqa miyada nerv tutam
bo‟lib
joylashgan, qo‟zg‟alish periferiyadagi nerv uchlaridan, skelet muskullari,
teri, shiliq pardalardagi nerv uchlaridan shu nerv tolalarning tutamlari orqali nerv
impulslari shaklida bosh miyaga yetib boradi va
bosh miyadan periferiyaga
keladi. Nerv tolalarining ana shu tutamlari o‟tkazuvchi yo‟llar deb ataladi.
Orqa miya ongli psixik jarayonlarning bevosita markazi bo‟lmay, balki ongsiz
reflektor harakatlarni idora etadigan markazdir. U tana va qo‟l-oyoq muskullarini,
ko‟z muskullarini idora qiladi, shuningdek, organizmda bo‟ladigan
bir qancha
fiziologik jarayonlarni, ya‟ni tomir harakatlari, ter chiqarish va boshqa shu kabi
fiziologik jarayonlarni ham idora etadigan markazdir.
Ana shu markazlardan bir
qismi vegetativ nerv sistemasiga taalluqlidir.
Bosh miya
Dostları ilə paylaş: