O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


- mashg‘ulot (4 soat) Sifat so‘z turkimini o‘rganish darslari. Reja



Yüklə 351 Kb.
səhifə23/35
tarix20.04.2023
ölçüsü351 Kb.
#125704
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
O‘zbekiston respublikasi ona tili o\'qitiw

3- mashg‘ulot (4 soat)


Sifat so‘z turkimini o‘rganish darslari.

Reja:


  1. Belgini bildirgan so‘zlar. I- sinf.

  2. Narsa va shaxs nomini bildirgan so‘zlar. II- sinf.

  3. Sifat so‘z turkimi. Sifatlarni otlarga bog‘lanishi. Sifat yasovchi qo‘shimchalar.III- sinf.

  4. Sifat. IV- sinf.

Adabiyotlar ro‘yxati:


  1. Boshlang‘ich ta’lim bo ‘yicha yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti. Toshkent.2005 yil.

  2. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili. “O‘qituvchi”.2003 yil. 86-93 bet 3.Fuzailov S. va boshqalar. Ona tili III-sinf. Toshkent.2003 yil. 94-98 bet

  1. Ikromova va boshqalar. Ona tili IV-sinf. Toshkent. “O‘qituvchi”.2003 yil. 92-104 bet.

  2. G‘ulomova X. va boshqalar.I-sinfda ona tili darslari. Toshkent. Sharq 2003 yil. 97- 103 bet.

  3. Qosimova K.Neymatova A. II-sinfda ona tili darslari. “O‘qituvchi kitobi”. Toshkent.Cho‘lpon 2004 yil. 100-108 bet.

  4. Xudoyberganov M. va boshqalar.III-sinfda ona tili darslari. Toshkent. “O‘qituvchi”.2004 yil. 93-100 bet.

  5. G‘ulomova X. va boshqalar.IV-sinfda ona tili darslari. Toshkent.“O‘qituvchi”2003 yil. 101-119betlar.

Sifatni o‘rganish tizimi, materalni leksik va grammatik izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko‘zda tutadi. O‘quvchilar 1 va 2- sifda sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar, sifatga qanday? qanaqa? so‘rog‘ini berishga o‘rgadilar. 3- sinfda sifat so‘z turkimi sifatida o‘rganiladi. 4- sinfda ilgari o‘rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda qip-qizil, yam-yashil kabi orttirma darajadagi sifatlarning yozilishi o‘rgatiladi. Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma’lum bo‘lgan sifatlarning ma’nosida
boshlang‘ich sinflarda sifat quydagi izchillikda o‘ganiladi.

  1. Sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-2 sinf)

Dars ishlanmasi (1- sinf) Mavzu: Belgini bildirgan so‘zlar.
Darsning maqsadi: Belgini bildirgan so‘zlar haqida tushuncha berish, belgini bildirgan so‘zlarga beriladigan savollar belgini bildirgan so‘zlar bilan bog‘lanishi haqida tushuntirish. Dars davomida keltirilgan misollar orqali ekalogik tarbiya berish.
Darsning turi:Yangi bilim beruvchi. Darsning uslubi: ko‘rgazmali suhbat.
Darsning jihozi: turli narsalarning belgisi aks etgan rasmlar, kesma harflar. Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Mavzu o‘quvchilarning harsalarning belgisini anglatadigan so‘zlar haqidagi daslabki mashg‘ulot hisoblanib, kelajakda o‘rganiladigan sifat so‘z turkumlari haqidagi bilimga asos bo‘ladi. Bu darsda narsalarning o‘quvchilarga yaqqol tanish, aniq belgilari ni misol qilib olib, rasmlar asosida ko‘rsatish kerak.

    1. 137-mashq. Topishmoq o‘qitiladi. Topishmoqda nima haqida so‘z yuritilgani so‘raladi, topishmoq javobi bo‘lgan sabzini qaysi belgisiga ko‘ra aniqlangani so‘raladi.Ajratilgan so‘zlar o‘qitiladi.Ana shu so‘zlarga so‘roq beriladi. Belgini bildirgan so‘zlarni narsa bildirgan so‘zlar bilan birgalikda ko‘chiradilar.Mashqni xattaxtada o‘quvchilar tomonidan o‘qituvchi na’munasi asosida bajarilishi tavsiya etiladi:

Qizil yuzli pari, mayda o‘rim sochlari, ochiq maydonda, yalang maydonda.

    1. 138-mashq.Mashq yuzasidan avval og‘zaki topshiriq, yani qanday? So‘rog‘iga javob berish bajariladi. Belgini bildirgan so‘zlar aniqlangandan so‘ng savollarga yozma ravishda javob yoziladi.

Qanday? bog‘- Mevali bog‘. Qanday? gullar- Oq, pushti gullar.
Qanday? mevalar-Shirin va mazali mevalar.

    1. Ijodiy diktand.

…asal, ….. olma
… paxta, …darax
O‘quvchilar nima bildirgan so‘zlar yoniga mos belgi bildirgan so‘zlarni yoniga mos belgi bildirgan so‘zlarni yozib qo‘yishlari shart.
4.139-mashq.

Yüklə 351 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin