Davolash. Qizamiqning yengil va asoratsiz turlarida bemorlarni uy haroratida
davolash mumkin. Kasallikni davolashda gigiena qoidaiariga, kun tartibiga rioya
qilish, bolani to'g'ri ovqatlantirish, bemor yotadigan xonani tez-tez shamollatib
turish kabilar katta ahamiyatga ega. Yuqumli kasalliklar kasalxonasiga
qizamiqning og'ir turlari bilan og'rigan bolalar va asosan 3 yoshgacha bo'lgan
bolalar yotqiziladi.
Bemor yotgan xona toza bo'lishi kerak. Uning terisi va shilliq pardalariga diqqat
bilan qarab borish: bolaning yuzi va qo'llarini tez-tez issiq suvda yuvib turish,
burnini tozalab turish zarur har kuni bemor ko'zlarini yuvish, lablari qurib
qolmasligi uchun moy surtib turiladi. Bolalarga yetarli darajada suyuqlik ichirib
turish lozim. Bemorning ovqati vitaminlarga boy bo'lishi va yengil xazm
bo'ladigan bo'lishi kerak.
Profilaktikasi. Qizamiqning oldini olish asosan ikki yo’nalishda epidemiyaga
qarshi kurash va maxsus profilaktika tarzida amalga oshiriladi.
Epidemiyaning oldini olish maqsadida bemorlar toshma toshganda 5-kungacha
ajralib qo'yiladi yoki yuqumli kasalliklar kasalxonasiga joylashtiriladi, qizamiq
chiqqan bolalar muassasasida 21 kun davomida karantin e'lon qilinadi. Bemor
bilan muloqotda bo’lgan bolalar nazorat ostiga olinib, ularning terisi, shilliq
pardalari va tana harorati muntazam ravishda tekshirib turiladi. Qizamiq
o'tkazmagan bolalarga gamma-globulin yuboriladi. Bemor yotgan xona yaxshilab
shamollatiladi va har kuni ho'l latta bilan tozalab turiladi.
Qizamiqning maxsus profilaktikasida qizamiqqa qarshi faol immunitet hosil
qilish uchun sog'lom bolalar profilaktik emlash taqvimi bo'yicha ko'rsatilgan
muddatlarda qizamiqqa qarshi vaksina bilan emlanadi.
S U V CH E CH А K Suvchechak o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, badan terisida o'ziga xos vezikulo-
pustulyoz toshmalarning toshishi bilan xarakterlanadi.