O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta


markazida joylashadi. Yadro qobiqqa o'ralgan bo'ladi. Har bir yadroda 1- 2



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

markazida joylashadi. Yadro qobiqqa o'ralgan bo'ladi. Har bir yadroda 1- 2 
ta yadrocha bo'lib ularda nuklein kislotalar sintezlanadi. Bundan tashqari 
yadro tarkibida oqsillar va DNK dan tashkil topgan xromosomalar bo'lib har 
bir organizmda ularning soni doimiydir (odamda 23 juft). Hujayralar 
bo'linish yo'li bilan ko'payadi. Bo'linish murakkab kariokinez, ya'ni mitoz va 
oddiy amitoz bo'lishi mumkin. Mitoz bo'linishda hujayra yadrosida 
murakkab o'zgarishlar sodir bo'ladi va hujayra 2 ga bo'linadi. Har qaysi 
yangi hujayrada 23 juft xromosoma bo'ladi, ya'ni genetik material yangi 
hujayralarga teng miqdorga bo'linadi. 
Oddiy (amitoz) bo'linish kamdankam uchraydi. Bunda yadro kattalashib, 2 ga 
bo'linadi. Yadroning mikrostrukturasida o'zgarish bo'lmaydi, keyin sitoplazma 
bo'linib 2 ta yangi hujayra hosil bo'ladi. 
Odam oragnizmida 4 xil to'qimalar bor: 


1. Epiteliy to'qimasi. Bu to'qima har xil shakldagi hujayralardan tashkil topgan. 
Epiteliy to'qimasi terida (himoya vazifasi), nafas yo'llarida (havoni tozalaydi), 
ichakda (so’rish vazifasi), bezlarda (sekret ishlab chiqaradi) uchraydi. 
2. Biriktiruvchi to'qima. Hujayra va Hujayralararo moddadan tuzilgan. 
Biriktiruvchi to'qima uch xil: tolali, tayanch va oziqlantiruvchi bo'ladi. Tolali 
biriktiruvchi to'qima hujayralari fagositoz , ya'ni bakteriya va yod moddalarni 
o’ziga qamrab olib hazm qilib yo'qotish xususiyatiga ega. Tayanch biriktiruvchi 
to'qimaga tog’ay va suyak to'qimasi kiradi. Oziqlantiruvchi biriktiruvchi to'qimaga 
qon va limfa kiradi. 
3. Muskul to'qimasi qisqarish xususiyatiga ega bo'lib, u asosan ikkiga: silliq 
muskul to'qimasi va ko’ndalang targ’il muskul to'qimasiga bo'linadi. Silliq muskul 
to'qimasi deyarli hamma ichki organlarning (til va diafragmadan tashqari) 
devorida va qon tomirlarida uchraydi. Bu to'qima odamni ixtiyorisiz qisqaradi. 
Ko'ndalang targ'il muskul to'qimasi skelet muskullarida va ba'zi bir ichki 
organlarda (til va diafragmada) uchraydi. Yurak devorida ham ko'ndalang targ'il 
muskul to'qimasi joylashgan bo'lib, organizmning ixtiyoriga bo'ysunib qisqaradi. 
4. Nerv to'qimasi - nerv tizimida uchraydi. Bu to'qima hujayralari tana va 
o'simtalardan iborat bo'lib, ular neyronlar deb ataladi. Ta'surotni qabul qilish va 
nerv impulslarini o'tkazish nerv to'qimasining asosiy xususiyatidir. 
Moddalar almashinuvi tirik organizmning zarur va muhim xossasidir. Moddalar 
almashinuvi bo'lmasa, hayot ham bo'lmaydi. Organizmga tashqi muhitdan
kirgan moddalarning unda to parchalanish mahsulotlari chiqarib
yuborilguncha o'zgarishning murakkab zanjiri moddalar almashinuvi deb 
ataladi. Moddalar almashinuvi bir-biri bilan chambarchas bog’langan yagona ikki 
prosessdan: assimilyasiya va dissimilyasiyadan iborat. 
Ovqat hazm qilish kanalida bu moddalar organik moddalarga parchalanib qonga 
so'riladi va qon bilan birga butun organizmga tarqaladi. Hujayra va to'qimalarda bu 
moddalardan organizmga xos murakkab moddalar hosil bo'ladi.Ular organizmda 
yangi hujayra va to'qima hosil bo'lishida ishtirok etadi ham energiya manbai bo'lib 
hisoblanadi. Bu prosess assimilyasiya deb ataladi. Hujayra va to'qimalardagi 
murakkab organik moddalar doim parchalanib turadi. Bunda odamning yashashi, 
harakat qilishi, jismoniy va aqlli mehnat bilan shug'ullanishi uchun zarur energiya 
ajraladi. Bu prosess dissimilyasiya deyiladi.
Moddalar almashinuvida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, suv va mineral tuzlar 
ishtirok etadi. Bundan tashqari organizmning normal rivojlanishi uchun vitaminlar 
ham katta ahamiyatga ega. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin