O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta


M i о к а r d i n f a r к t i



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

M i о к а r d i n f a r к t i 
Miokard infarkti-bu miokard nekrozi (jonsizlanishi)dir. U yurak toj 
arteriyalarining tromb bilan to’satdan bekilib qolishi yoki ularning o'tkir spazmga 
uchrashi oqibatida paydo bo’ladi. 
Miokard infarkti ko'pincha ateroskleroz, gipertoniya kasalligi bilan kasallangan 
shaxslarda sodir bo'ladi. Stenokardiyani bu asallikning darakchisi deb 
hisoblaydilar, biroq ba'zan miokard infarkti to’satdan yuz beradi. 
Yurak sohasida yoki to’sh sohasida to’satdan paydo bo'lib, chap yelkaga, chap 
kurakka, pastga jaqqa va tananing boshqa qismlariga o'tadigan og’riq infarkt 
miokardining asosiy simptomi hisoblanadi. Stenokardiyadagi og'riqdan farqli 
ravishda, miokard infarktida og'riq uzoqroq (bir necha soatgacha) bo'ladi, toj 
arteriyalarini kengaytiradigan vositalar (validol, nilrogliserin) qabul qilingandan 
keyin bosilmaydi. Miokard infarktining yetakchi simptomi kuchli og'riqda bemor 
o’lim vahimasiga tushadi, rangi oqarib ketadi, peshonasini sovuq ter bosadi.
Miokard infarktining belgilaridan biri tana haroratining ko’tarilishi hisoblanadi. 
Harorat qonga nekroz o’chog'i (infarkt)dan parchalanish mahsulotlari tushishi 
sababli ko’tariladi. Harorat katta raqamlargacha chiqishi mumkin, lekin ko'pincha 
subfebril bo'ladi. 
Davosi. Agar miokard infarkti ko’chada, jamoat joyda yuz bersa, zudlik bilan tez 
va shoshilinch tibbiy yordam mashinasi chaqiriladi va bemorni yaqindagi 
stasionarga (kasalxonaga, klinikaga) joylashtiriladi. Miokard infarkti uyda sodir 
bo’lganda ham bemor kasalxonaga yotqiziladi. Hamma hollarda miokard infarktida 
birinchi navbatda og'riq xurujini to’xtatish ta'minlanadi, o'tkir yurak 
yetishmovchiligi bilan kurash olib boriladi. Bunda teri ostiga 1,0-2,0 ml morfin 
yuboriladi. Arterial bosimni ko’tarish maqsadida mezaton, kofein, kamfora, 
qordiamin yuboriladi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin