O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

QANDLI DIABET 
Qandli diabet kasalligiga organizmda insulin gormoni yetishmasligi natijasida 
rivojlanadi. U oshqozon osti bezining V-hujayralari shikastlanishidan paydo 
bo'ladi. Qandli diabet qadim zamonlardan ma'lum kasallikning belgilari eramizdan 
oldin 30-50 yillarda Sels tomonidan aniqlangan. Diabet so'zi "yorib o’tish" 
ma'nosini anglatadi. Abu Ali Ibn Sino qandli diabetni belgilarini aytganda, siydikni 
shirin ta'mga ega ekanligini ham ta'kidlab o’tgan.
Kasallik etiologiyasida qator omillar ahamiyatga ega: irsiy omillar, semizlik, 
haddan tashqari ko'p ovqat yeyish, ruhiy va jismoniy shikastlanish, oshqozon osti 
bezi kasalliklari, oshqozon osti bezining o’smasi, zaxm, sil kasalligi va
boshqalar. 
Klinik manzarasi. Bemorlar tashnalik oshishi, ishtaxa kuchayishi, ko'p 
siyishdan (sutkalik siydik miqdori normadan ancha oshadi, ya'ni 2,5-3,0 litrda 5-10 
litrgacha yetadi), teri qichishidan noliydilar. Umumiy darmonsizlik orta boradi, 
tana massasi kamayadi. Pereferik tomirlar turi kengayishi tufayli, teri qoplamlari 
pushti rang tus oladi, aksariyat terida chipqonlar (terining qichishidan tirnalish 
sababli) paydo bo’lib, bular suvsizlanish oqibatida terining oziqlanishi buzilishidan 
vujudga keladi.
Diabet og'ir - yengilligiga qarab 3 darajaga bo’linadi: yengil, o'rtacha, og'ir 
darajasida uglevodlarni ortiqcha miqdorda is'temol qilingandagina, uning qondagi 
miqdori ko’tariladi va u siydikda paydo bo'ladi. O'rtacha darajasida bemor qandli 
diabetga xos yuqorida sanab o’tilgan shikastlardan noliydi, qonda qand miqdori 
oshganligi qayd qilinadi, qand siydikda doimo bo'ladi. Diabetning og'ir darajasi 
bo’lgan hollarda bemorlar mehnat qilish qobiliyatini yo’qotadilar. Ularda diabetik 
koma paydo bo’lish ehtimoli bor. 
Diabetik komada markaziy nerv tizimi faoliyatining buzilishi qayd qilinadi, 
darmonsizlik, bosh og'rishi paydo bo’ladi, avval qo'zg’alish keyin uyquchanlik 
vujudga keladi, bemor qusadi, shovqinli nafas oladi, hushidan ketadi. Terisi pushti 
rang, quruq, arterial bosimi pasaygan. Ko’z soqqalarini barmoq bilan bosib 
ko’rilganda, yumshoq bo'ladi. Bemor og'zidan aseton hidi keladi. Siydik 
tekshirilganda qand miqdori ko'pligidan tashqari aseton va V -oksimoy kislota 
topiladi. 
Davosi. Qandli diabet organizmda insulin yetishmasligiga bog’liq bo’lgani sababli 
davolash organizmdqa insulin yuborishga asoslangan. Kasallikning yengil 
darajasidan insulin qo'llanilguncha dietoterapiya o’tkaziladi (dieta № 9 ). Dietani 
diabetning boshqa darajalarida ham tayinlanadi.
Diabetning yengil formasi dietoterapiya bemorni ahvolini insulin qo'llanilmasdan 
yaxshilashga yordam beradi. Insulinni dieta bilan davolash natija bermagan 
hollarda qo'llaniladi.


Insulin davolash taktikasi quyidagicha: 3-5 g glyukozani (o'rta hisobda 4 g) 
o’zlashtirish uchun 1 ТВ. insulin zarur deb hisoblanadi. Shunga ko’ra, talab 
etiladigan insulin miqdorini o’zlashtirilmagan qand deb ataladigan, ya'ni siydik 
bilan ajratiladigan qand miqdorini nazarda tutgan holda hisob qilinadi. Insulin 
odatda ovqatdan 20-25 minut oldin teri ostiga yuboriladi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin