o'tkir chetlarini qon tomirlar, nervlar, muskullarni
shikastlanishi xavfini
kamaytiradi. Immobilizasiya suyaklar singanda, chiqqanda va bo’g'imlar
jarohatlanganda yumshoq to'qimalar katta hajmda yaralanganda, kuyganda birinchi
yordam ko'rsatishning asosiy usuli hisoblanadi, olinganida ham singan suyak
o'rnidan qo'zg'alib ketmaydi. Bemor kasalxonaga keltirilgandan so'ng transport
immobilizasiya doimiy immobilizasiya bilan almashtiriladi. Transport
immobilizasiya ahamiyati katta qo'l oyoq shikastlanganda og'riqni kamaytiradi va
travmatik shokka yo’l qo’yilmaydi. Qo'l oyoq shikastlangan uni
taxtakachlanmasdan turib, bemorni transportga olish ya'ni juda qisqa masofaga
eltish
ham yaramaydi, aks holda singan suyak bilaklari o'rnidan qo'zg'alib, uning
bitishiga to’siqlik qiladi. Suyak ochiq singanda va qo'l oyoqning ancha joyi
jarohatlanganda esa infeksiya tarqaladi, singan suyak bilaklari qimirlab orqa tomir
va nerv boshqa to'qimalarga shikast yetkazadi. Vaqtincha immobilizasiya uchun
sim, faner, plastmassa va taxatakachlardan tayyorlangan shinalar qo'llaniladi.
Shinalash transport immobilizasiyasining asosiy turi hisoblanadi. Birinchi yordam
berishda bemor tayoq, yupqa taxta, zonlik va
boshqa vositalar bilan
immobilizasiya qilinadi. Xech bo’lmaganda shikastlangan qo'l ko'krak qafasiga
shikastlangan oyoq sog'oyoqqa bog'lanadi, bint bo'lmasa sochiq. Immobilizasiya
shinalar deb ataladigan maxsus predmetlardan foydalanib bajariladi. Bu predmetlar
shikast yetgan tana qismiga bintlar, kamarlar, bog'ichlar bilan yopishtiriladi.
quyidagi turlari farqlanadi:
1.Vaqtincha (transport) immobilizasiyasi.
2.Doimiy (davolash) immobilizasiyasi
Doimiy immobilizasiyasini vrach yoki feldsher bajaradi, asosan shina gipsli
bog'lamlar bilan
immobilizasiya qilinadi.
Transport vaqtinchalik immobilizasiya suyak singanda va boshqa og’ir
shikastlanishlarda birinchi yordam ko'rsatishning eng muhim vositasi
hisoblanadi.
Vaqtincha (transport) immobilizasiyasi o'z navbatida bo'linadi:
1.Improvizion shinalarga bularga qo'l ostidagi materiallar (yog’och, reykalar,
karton, tayoqchalar va daraxt shoxlari) dan tayyorlanadi.
2. Tabel shinalari medisina sanoati tomonidan ishlab chiqariladi va ular medisina
muassasalariga tarqatiladi.
Keyingi paytlarda immobilizasiya
uchun pnevmatik medisina shinalari
ham ishlatilmoqda (rezina, plastmasa).
Transport immobilizasiyasi suyak singanda shikastlanish sodir bo'lgan joyning
o’zida bajariladi, singan
suyakni maxsus shina yoki taxtacha bilan mahkam
bog'lanadi, shunda bemor transportda ro'molcha yoki paypoqdan foydalanish
mumkin.
Transport
immobilizasiyasida quyidagilarga e'tibor berish lozim.
1.Shikastlangan organni
zudlik bilan shinalash zarur.
2.Shina kiyim ustida
qo’yiladi, chunki kiyimni yechish qo'shimcha shikastlashga
olib kelishi mumkin.
3.Shinalanganda suyak turtib chiqib turgan joylarga (tupiq)
oldin paxta qo’yib,
so’ngra shinani doka yoki gips bilan bog’lanadi.
4.Shinalanadigan joyda jarohat qon oqayotgan bo'lsa, aseptik bog’lam qo'yiladi.
5.Shikastlangan joydan qon oqayotgan bo'lsa, oldin qon to'xtatuvchi jgut
qo'yib, keyin shinalanadi, lekin bint bilan o'ralmaydi, xamda jgut qo’yilgan vaqt
belgilanadi.
6. Shina qo’yganda bint bilan juda siqib bog'latmaslik kerak, aks holda qon
aylanishi buziladi.
7. Kun sovuq bo'lsa, shina ustidan issiqroq narsa bilan o'rab chirmalanadi.
Shinalanganda shinalar juda katta bo’lmasligi kerak, chunki immobilizasiya
foyda bermay, shikastlangan a'zo qimirlab ketadi.
Tez yordam mashinalari, standart shinalar bilan jihozlangan. Son suyagi
singanda
Diterixs shinasi yaxshi tarnsport shinasi hisoblanadi, bu boldir-panja ,
tizza va chanoq -son bo’g'inlarini yaxshi immobilizasiyasi qilish imkonini beradi.
Shina uzunligi oson o'zgartirsa bo'ladigan ikkita yog'och taxtakachdan va burmali
taxta asosdan iborat. Bu shinani kiyim ustidan qo'yib, shina qo’yish taxta asosni
kasal oyoq tovonni bintlashdan bosh (poyabzal yechilmaydi) lanadi. Shina uzunligi
(uzun) qismi uchi qo'ltiqqa taqalib turishi, qarama-qarshi tomondagi uchi esa oyoq
kaftidan 12-15 sm ga chiqib turishi kerak, shinaning ichki qismi uchi chotga
taqalib turishi va bu ham oyoq kaftidan 12-15 smga chiqib turishi kerak. Yon
tomondagi shinalarni avvalgiga taxta asos ilgagidan o'tkaziladi. Asos tagida shina
qismlari ko'ndalang taxtacha bilan biriktiriladi. Shina qismlari ko'ndalang taxtacha
bilan biriktirladi. Shina ko'krakka, qoringa, songa va boldirga tasma, ichak bint
o'ramlari bilan mahkamlanadi. Taxta asosdan biriktiruvchi plankaga ikki qavat
qilib pishiq chizimcha o'tkazib, uni burash yo'li bilan oyoq biroz cho’ziladi.
Boshqa tayyor taransport shinalaridan simdan yasalgan norvonsimon
Kramer
shinasi eng keng tarqalgan. Shinaning uzunligi 1m,eni 10-15 sm. Shinaga istalgan
shaklni berish mumkin uzunroq shina tayyorlash zarur bo'lib qolganda 2-3 shinani
birlashtirish mumkin. Bilak, panja, oyoq panjasini immobilizasiya
qilish uchun
ingichka yumshoq simdan yasalgan to'rsimon shina qo’llaniladi. Sim unga har
qanday shakl berish imkonini beradi. Kramer shinasi 90 C ga bukilib, yelka bilan
qo’shib bog'lanadi, bilak va qo'l panja bo’g’imlari shu tariqa harakatsizlantiradi.
Yelkada shina qo'lining uchigacha yetkazilib, ro’molchaga osib qo'yiladi.
Yelka suyagi singanda Kramer “zinapoyasimon shina” metal simdan yasalgani
uchun ham oson egiladi, zanglamaydi, uch bo'g'imda yelka, bilak, qo'l panjalarida
harakatsizlikni ta'minlash uchun qo’llaniladi. Buning uchun shina yaxshilab
tekislanadi, egiladi va bemor panjasiga mahkamlanadi. Shinaning yuqori qismi
sog' yelkada bo’lishi kerak. Fiksasiya bintlash yo'li bilan bajariladi. Qo'l ro'molcha
vositasida osib qo’yiladi. Boldir suyaklari yoki pnevmatik shina (afzalligi yengil,
kichik hajmli, rentgen nurini o'tkazuvchi, singan joyini yaxshi ko'rsa bo'ladi,
manfiy tomoni esa son va yelka suyagi singanida ishlatib bo'lmaslik, qattiq
emasligidandir) yordamida qilinadi. Qo'yishdan odin u oyoq shakliga keltiriladi
va
oyoq panjalarida sonning o'rta yoki yuqori qismiga qo’yiladi. Fiksasiya mustahkam
bo'lishi uchun singan oyoqning ichki va tashqi tomonidan yoki Kramer