O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta


II.Shikastlangan qon tomirning anatomik va fiziologik holatiga qarab



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

II.Shikastlangan qon tomirning anatomik va fiziologik holatiga qarab: 
1) arterial
2) venoz;
3) aralash; 
4) kapillyar
5) parenximatoz. 
Arterial qon ketishida qon juda tez va kuchli fontanga o'xshab otilib chiqadi. 
Xavfli bo'lib tezlikda yordam berilmasa, bir necha minut ichida bemor o'lib qolishi 
mumkin. Agar каttа аrteria tomiri shikastlangan bo'lsa, bunda vishillagan ovoz 
bilan qon ketadi. Arteriyadan qon oqayotganini quyidagi belgilardan bilish 
mumkin: oqayotgan qon uzilib-uzilib ingichka bo'lib oqadi, rangi och qizil bo'lib 
(kislorodga boy), yaraning markaziy qismidan otilib chiqadi. 
Venoz qon oqishi venalar shikastlanganda paydo bo'ladi. Venalarda qon bosimi 
arteriyalardagiga nisbatan past bo’lganidan, u shikastlanganda qon otilib 
chiqmasdan sekinroq, bir maromda va to'xtovsiz oqim bilan oqadi. Bunda qon to’q 
olcha rangda bo'ladi. Qon yaraning periferik qismidan oqib turadi. Venadan qon 
oqishi arteriyadan qon oqishidan sekinroq o'tadi. Shuning uchun kamdan-kam 
hollarda hayot uchun xavfli bo'ladi, biroq bo'yin va ko'krak qafasi venalari 
yaralanganda o'lim xavfi vujudga keladi. Bo'yin va ko'krak qafasi venalarida nafas 
olish vaqtida manfiy bosim paydo bo'ladi va shunga ko'ra bu venalar yaralanganda 


chuqur nafas olish paytida ular ichiga havo kirishi mumkin, havo pufakchalari qon 
oqimi bilan yurakka kirib, yurak yoki qon tomirlarini bekitib qo’yishi-havo 
emboliyasi yuz berishi va tezda o'lim ro'y berishiga sabab bo'lishi mumkin. Mayda 
vena qon tomirlari shikastlangan bo'lsa, qonning ivishi natijasida qon tomiri 
uchlarida tromb hosil bo'lib, oqayotgan qon o'z-o’zidan to'xtashi mumkin. 
Aralash qon ketishi. Arteriya va vena qon tomirlarining alohida shikastlanishi 
kam uchraydi, shuning uchun ko'pincha qon ketishda, ya'ni bir vaqtning o'zida ham 
arteriya, ham vena tomirlari shikastlanadi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin