O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta


IV. Qon ketishning sodir bo'lgan vaqtiga qarab



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

IV. Qon ketishning sodir bo'lgan vaqtiga qarab:
1) birlamchi
2) ikkilamchiligi belgilanadi. 
Shikastlanish sodir bo’lgan zahoti, shikastlangan tomirda qon ketishi birlamchi 
deb ataladi. 
Ikkilamchi qon ketish, shikastlanishning birinchi kunida yarada infeksiya bo'lishi 
tufayli, ivigan qonning chiqib ketishi natijasida, qon tomirini drenaj naychasi bosib 


qolganda yoki yot narsalar, suyak bo’lakchalarining qon tomirlarini
shikastlantirishi hamda to'qimalarning o'lishi tufayli bolishi mumkin. U 
shikastlanish sodir bo’lgandan keyin bir necha kun va hafta o'tgandan so’ng sodir 
bo’ladi.
V. Qon yo'qotish hajmiga ko'ra:
1) yengil;
2)o'rta
3) og'ir qon yo’qotish darajalari farqlanadi. 
Yengil darajali qon yo'qotishda bemor tomirlarida aylanib turgan qonning 10-15 
foizini yo’qotadi. Puls tezlashib (minutiga 80 marta), teri oqaradi, kamquvvallik 
kuzatiladi, qon bosimi 100/70, 100/60 mm sim. ust. teng bo'ladi. 
O'rta darajali qon yo'qotish, aylanib turgan qonning 15-20 foizi ni yo’qotadi. 
Bemor rangi oqarib badanida sovuq ter paydo b’ladi, kamquvvatlik bosh aylanishi,  
hushdan ketishi kuzatiladi, puls tezlashib 100-110 ga yetadi, qon bosimi kamayib 
90-100 mm.sim.ust.ga 
tushadi. O’rta darajali qon yo’qotishda yo'qotilgan qon hayot uchun muhim 
bo'lmagan to'qimalardan (teri, teri osti yog’ kletchatkasi, muskul, taloq hisobidan) 
hayot uchun asosiy bo'lgan a'zolariga (miya, yurak, o’pka) ga oqib boradi. 
Og'ir darajali qon yo’qotish qon tomirlarida aylanib yurgan qonning 20-30% 
gacha kamayshidan kelib chiqadi va bemor behush holatda bo'ladi, puls bo'lmaydi, 
qon bosimi tushib ketadi. Katta arteriya va venalaming kesilishi og'ir qon ketishi 
bilan kechib organizmning o'z-o'zini tiklash mexanizmi zaiflashadi. 
Jismonan charchagan, toliqqan, hayajonli, sovuqda qolib ketgan bemor qon 
yo'qotishni og'ir o'tkazadi. Inson qon tomirlaridagi qonning miqdori fiziologik 
holatda tananing 1x13 bo'lagini tashkil etadi; bu 5-6 litrga to'g'ri keladi. Qon 
tomirlarda qon bir me'yorda tarqalmaydi, arteriyada 20%. venada 75%,
kapillyarlarda esa 5% bo'ladi. Shunday qo'lib, 95% qon hajmi tomirlarni, yurak 
kamerasini to'ldirib turadi, 5% qon esa to'qimalarda modda almashinuvida ishtirok 
etadi. 40-50% aylanib turgan qonni yo'qotish organizmning o'lishiga olib keladi. 
Undan kam miqdorda qon yo’qotish esa o'tkir kamqonlik kasalligining yuzaga 
kelishiga sabab bo'ladi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin