og'riq kuchayadi, shishadi, chiqqan oyoq yoki qo'l uzunligi o’zgaradi. Qo'1-oyoq
chiqqan bo'gimda kuchli og’riq bo'lib, uni o'z o'rniga qo'yishga
harakat qilinsa,
yana asl holiga keladi. Bu belgi prujinasimon fiksasiya simptomi deyiladi. Ba'zan
zararlangan qo'l yok oyoq karaxt bo'lib qolishi ro’y beradi, bu holat nerv tolasi
qisilishidan va chiqqan suyak bo’lagini spastik ravishda
qisqargan mushaklar
qimirlatmay qo’yishi natijasida kelib chiqadi. Ko'zdan kechirish paytida qo'l-
oyoqning noto'gri holati va bo’g'im sohasining shakli buziladi.
Ba'zida suyakning siljigan uchi o'z joyida emasligi aniqlanadi. Masalan: yelka
suyagi chiqqanda uning boshi qo'ltiq ostida yoki ko'krak mushagi ostida ekanligini
ushlab aniqlash mumkin.
Bemor odatda, tirsagini bukkan holda gavdasidan
uzoqroq qilib turadi. Nerv qisilib qolgan bo’lsa, bemor oyoq-qo'li
holsizlanganligidan shikoyat qiladi. Suyaklar chiqishini
tashxisi rentgenografiya
yordamida aniqlanadi, unda simmetrik bo'g'imlar solishtirilib ko’riladi.
Suyaklar chiqqanda birinchi vrachgacha yordam ko'rsatish. Suyagi chiqqan ya'ni
shikastlangan oyoq yoki qo’lning bo'gim sohasiga sovuq kompress qo’yish kerak.
qimirlamaydigan qilib immobilizasiya qilinadi. Qo'l ostida bo'ladigan taxta,
reykalar bilan immobilizasiya qilish kerak. Qo’l
suyaklari chiqqanda kosinka
yordamida bo'yinga osib qo'yiladi, oyoq suyaklari chiqqanda oyoqni taxtakach
yoki qo'shimcha vositalar bilan mahkamlash kerak. Og'riq kuchli bo’lganda, og’riq
qoldiradigan dorilar (analgin, baralgin) ishlatish kerak.
Bemor tezda davolash
muassasasiga olib
boriladi. Chiqqan suyak o'z o'rniga solinadi.
Teri va shilliq pardaning mexanik ta'sir natijasida butunligi buzilishiga
Dostları ilə paylaş: