109
Zaharlanganda ko’ngil aynish, qusish, diareya, uyquchanlik, qorinning yuqori
sohasida og’riq paydo bo’lishi, rang oqarishi, terlash, sianoz kuzatiladi.
Yordam ko’rsatish.
Og’ir hollarda shifoxonaga yotqizish kerak. Ko’ngil
aynituvchi vositalar qo’llash, oshqozonni zond orqali yuvish lozim..
Asetilsalitsil kislota bilan zaharlanish.
Atsetilsalisil kislota bilan zaharlanganda- quloq shang’illashi, qusish,
isitma chiqishi,uyqu kelishi, og’ir hollarda esa hushdan ketish, koma holatiga
tushish, nafas yetishmovchiligi va yurak to’xtashi kuzatiladi.
Yordam ko’rsatish
. Ko’ngil aynituvchi vositalar( ipekakuan siropi)ni qo’llash,
keyin aktivlashgan ko’mir va ich ketkazuvshi vositalar berish kerak.
Kuydiruvchi xususiyatga ega bo’lgan vositalar bilan zaharlanish.
Kuydiruvchi xususiyatga ega bo’lgan vositalarga turli xil kislotalar(azotli,
borli, esensial sirkali, oltingugurtli), potash, ammiak eritmasi, nashatir spirti, kaliy
permanganatning xlorli eritmasi, perekis vodorod, yod, maishiy kimyo
vositalari( tozalovchi va yuvuvchi vositalar) kiradi. Ushbu moddalar bilan
zaharlanganda : lablarda, og’iz bo’shlig’ini shilliq qavatida, tanglay va xalqumda
kuygan izlar ko’rinadi.Shuningdek, shish, giperemiya, yaralar kuzatiladi. Og’iz
bo’shlig’ida, qizilo’ngachga o’tish joyida, oshqozonda og’riq seziladi. Bir necha
marta qon aralash qusish, ayrim hollarda qon ketishi kuzatiladi. Qorin shishgan,
og’riq oqibatida balg’am ajralishi buziladi.
Teriga va kon'yuktivga kimyoviy vositalarning tushishi oqibatida bo’lib,
kuyishdan boshlab nekrozgacha boradi. Bug’larni yutib yuborganda(ayniqsa
uchuvchi moddalar, masalan ammiak konsentratsiyali eritmasini)- yuqorigi nafas
olish a'zolari kuyadi, shish, laringo va bronxospazm paydo bo’ladi. Koma, hushdan
ketish, nafas olishning yomonlashuvi kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: