108
zararli moddalar, kimyoviy vositalar, oziq-ovqat mahsulotlarining tushishi
natijasida kelib chiqadi.Zahar quyidagi yo’llar bilan tushadi:
1.peroral(og’iz orqali)
2.nafas yo’llari orqali
3.dori moddalarini toksik dozalari orqali
4.teri qoplamlari orqali
Zaharlanish (intoksikasiya) patologik holat bo’lib organizmga ximik
vositalarning (zahar) tushishi natijasida hayot uchun zarur bo’lgan organlarning
vazifalarini buzilishiga olib keladi.Bu hayot uchun xatarlidir.
Bolalarning zaharlanishi 16 yoshgacha bo’lgan bolalar orasida uchraydigan baxtsiz
hodisalardan 3-o’rinda turadi (AQSh ma'lumotiga ko’ra). Hammasidan ko’proq
zaharlanish 1 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarda uchraydi ( Harakterli), va
o’smirlar orasida( toksik moddalarni ongli ravishda ma'lum bir maqsad uchun
qabul qilish). 80% dan ko’proq zaharlanishlar uy sharoitida bo’ladi.
Xavfli moddalarni oddiy stakanlarda, idishlarda ochiq holdai, markasiz saqlash
(masalan yuvuvchi vositalarni, mashina moyi, pestitsidlarni), turli xil moddalarni
faqat bir idishda saqlash xatar omillar hisoblanadi.
Zaharlanishlarda umumiy shoshilinch yordam tariqasida quyidagi shartlarga
amal qilinadi:
1.toksik vositalarning organizmga kirishini to’xtatish va chiqib ketishini
kuchaytirish.
2.zaharni organizmga toksik ta'sirini kamaytirish maqsadida spetsifik terapiya
usullarini qo’llash.
3.zararlangan organ funksiyalarini tiklash.
Hodisa ro’y byergan joyda albatta zaharlanish sababini,toksik vosita xilini,uning
miqdori va organizmga tushish yo’llarini ,zaharlanish vaqtini va toksik vosita
konsenratsiyasini ham aniqlash lozim.
Quyida biz bolalar o’rtasida eng ko’p tarqalgan dori vositalari bilan
zaharlanish va ularda yordam berish usullari ustida to’xtalamiz.
Dostları ilə paylaş: