33
ko’p bemorlarda in'yeksiyadan oldin paydo bo’luvchi q o’rquv va og’riqni oldini
oladi. Bemor hech qachon in'yeksiya vaqtida turmasligi kerak,
chunki bunda
ninaning chiqib ketishi va sinishi mumkin. Bunda esa nina mushak ichkarisiga
kirib ketishi mumkin. Bunday holatlarda ko’pincha ninani faqatgina jarrohlik yo’li
bilan chiqarib olish mumkin.
Bemor turgan bo’lsa, uning dumba muskullari tarang holda bo’ladi.
In'yeksiya vaqtidagi qo’shimcha ta'sirlanish
mushakning yanada tezroq
taranglashuviga olib keladi. Bu esa igna sinib ketishiga asosiy sababdir.
Teri orasiga in'yeksiyasi
– Teri ichiga in'yeksiyalar diagnostika
maqsadlarida, shuningdek mahalliy og’riqsizlantirish uchun qilinadi. Bu usul eng
«yuzaki», chunki ignani unchalik chuqur bo’lmagan holda yuboriladi. Bu
in'yeksiyaga misol qilib maktab bolalariga ikki marta 7 va 14 yoshlarda qilinadigan
Mantu sinamasini keltirish mumkin. Bu tuberkulyoz tayyoqchalari borligini yoki
yo’qligini, tuberkulyoz bilan kasallanish darajasini ko’rsatib
beruvchi proba
hisoblanadi.
Tashxis qo’yish uchun 0,1 ml dan 1 ml gacha suyuqlik ishlatiladi. Ignaning
uzunligi 10-15 mm, kesimi-0,4 mm. Tashxis qo’yish maqsadida qilingan
in'yeksiyaning joyi – oldingi bilak yuzasi.
Dostları ilə paylaş: