O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Ishning tartibi: 
1)in'yeksiya qilish joyini spirt bilan bitta yo’nalish bo’yicha artib tozalang; 
2)in'yeksiya qilinadigan joyni bir oz torting; 
3)ignani tanaga parallel tutgan holda faqatgina oxirgi uchini kirgizing; 
4)porshinga chap qo’lingizni qo’yib, so’ngra uni sekin bosib dorini yuboring; 
5)in'yeksiya joyiga spirt bilan ignani namlangan paxtada bosilmasdan turib 
chiqarib oling. 
Teri osti in'yeksiyasi
– bu in'yeksiyani chuqurroq, teri ostiga 15 mm 
chuqurlikda yuboriladi.Qilinadigan joylar: elka va sonni tashqi yuzasi, kurak osti 
sohasi, oldingi qorin devori. 
Teri osti in'yeksiyasi uchun 20 mm uzunlikdagi, 0,4 mm kesimli igna ishlatiladi. 
Ishning tartibi: 
1.Teridagi in'yeksiya qilingan joyni spirt bilan namlangan ikkita paxta tampon 
bilan tozalaymiz, birinchi bo’lib katta sohani, keyin esa faqat in'yeksiya 
qilinadigan joyni tozalaymiz;
2.Chap qo’l bilan in'yeksiya qilinadigan terini siqib oling;
3.Ignani teri ostiga 45

C burchak ostida tiqiladi, bunda igna tepaga 15 mm 
(ignadan 2/3 qismi uzunligi) kiradi. Ko’rsatkich barmoq ignaning kanyulyusini 
ushlab turadi; 
4.Chap qo’lni shpris porshiniga qo’yib dorini yuboring, iloji boricha shprisni 
qo’ldan qo’lga o’tkazmang; 
5. Ignani kanyulyusidan ushlab turgan holda tortib oling va in'eksiya qilingan joyni 
spirtli paxtada bosing. 
Mushak ichi i
n'y
eksiyasini
- bo’ksaning yuqorigi yuzasining 1 dan 3 
qismiga va dumbaning yuqori tashki kvadratiga qilinadi. 
Mushak ichi in'yeksiyasida yuborilgan dori tezda qon tomirlariga o’tadi.


34 
Igna qanchalik yo’g’on va uzun igna bo’lsa in'yeksiya shunchalik og’riqli bo’ladi 
degan tasavvur noto’g’ridir. Bundan tashqari, agar siz dorini mushak ichiga emas 
teri ostiga yuborsangiz yoki katta ignadan foydalansangiz bu og’riq yanada 
kuchayadi. Buning oqibatida teri osti klechatkasini qo’zg’alishi yuzaga keladi 
(masalan, magniy sulfat eritmasini yuborganda) yoki dorining sekin so’rilishi (teri 
ostiga antibiotik yuborishda) va infiltrat yuzaga keladi. 
Dumbani shartli ravishda to’rtta kvadratga bo’linadi, in'yeksiya esa 
faqatgina yuqori tashqi kvadratga qilinishi mumkin. Yuqorigi ichki sohaga 
in'yeksiya qilishi mumkin emas, chunki bu kvadratning ko’p qismini dumg’aza 
egallangan, mushak qavat esa bu yerda unchalik bilinmaydi. Pastki ichki 
kvadratdan esa katta arteriyalar , vena va nervlar o’tadi, shu sababli bu yyerga 
ham in'yeksiya qilish mumkin emas. Pastki tashki kvadratga ham mushak ichi 
in'yeksiyasi qilinmaydi, chunki bu yerda mushak qavati unchalik bilinmagan va 
katta qismini son suyagining boshi egallaydi. 
In'yeksiya uchun kerak hududni suyaklarga chamalab ham aniqlashtirish 
mumkin.Buning uchun xayolan beshinchi bel umurtqasini o’tkir o’simtasidan son 
suyagiga to’g’ri chiziq o’tkazamiz. Quymich nervlari bu chiziqnig pastki qismida 
joylashgan, in'yeksiyani esa chiziqning tepasiga dumbaning tashqi yuqorigi 
kvadratiga yuborish kerak. In'yeksiya vaqtida kasalni qorinda yoki yonboshlab 
yotishi kerak, faqat turmaslik kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin