11-ILOVA Uyali aloqa, internet va boshqalar to‘lovi uchun xizmat ko‘rsatishda axborot-texnologik munosabatlarning UMUMIY SHARTLARI TERMIN VA ATAMALAR Mijoz - o‘zi
sotadigan tovarlar, xizmatlar, ishlar, raqamli/elektron kontent uchun bank plastik
kartasi yordamida elektron to‘lovlarni texnik va yuridik qabul qilish imkonini beruvchi axborot
resursiga egalik qiluvchi xo‘jalik subyekti.
To‘lovchi - Mijoz sotadigan tovar, xizmatlar, ishlar, raqamli/elektron kontent uchun to‘lovni
amalga oshiruvchi ishga layoqatli jismoniy shaxs, shu jumladan bank plastik kartasining egasi.
"Milliy" tizimi (keyingi o‘rinlarda - Tizim) - bu O‘zR TIF Milliy bank AJ da ishlab chiqilgan
va unga tegishli bo‘lgan, internet-ekvayring bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, xususan Mijozning
tovarlari, xizmatlari, ishlari, raqamli/elektron kontenti uchun foydalanuvchining bank kartasi va
hamyonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar bo‘yicha ma'lumotlarni qabul qilish va qayta ishlashni
tashkil etishga mo‘ljallangan, ixtisoslashtirilgan bank dasturiy kompleksi. O‘zbekiston
Respublikasi tijorat banklariga SaaS modeli bo‘yicha taqdim qilinadi (ushbu modelda yetkazib
beruvchi veb-ilova ishlab chiqadi va uni mustaqil boshqaradi va foydalanuvchiga dasturiy
ta'minotga Internet orqali foydalanish imkoniyatini taqdim etadi).
To‘lov vositasi - bank mijozlariga - jismoniy shaxslarga mobil ilova yordamida yoki web-ilova
(Internet tarmog‘ida) orqali o‘zlarining bank hisobvaraqlarini boshqarish, tovar va xizmatlar
uchun to‘lovni amalga oshirish imkonini beruvchi apparat-dasturiy kompleks.
Savdo ma'lumotlarining ko‘rsatkichlari - bu "Milliy" tomonida Foydalanuvchining bank
plastik kartasidan elektron to‘lovlarni qayta ishlash uchun zarur ma'lumotlar.