"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

9.
 
MAXFIYLIK 
9.1. Tomonlar Kelishuvga muvofiq, mazkur Umumiy shartlarni akseptlashi va ijro qilishi 
natijasida ularga oshkor bo‘lgan maxfiy ma'lumotni sir saqlash va uchinchi shaxslarga hech bir 
usulda oshkor qilmaslik majburiyatini olishdi. Mijoz mazkur Umumiy shartlar akseptlangani 
to‘g‘risidagi ma'lumotni o‘z xohishiga ko‘ra istalgan uchinchi shaxslarga oshkor qilish huquqini 
o‘zida saqlab qoladi. 


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
9.2. Tomon mazkur Kelishuvni imzolashidan oldin olingan ma'lumot, boshqa manbalardan 
qonuniy usulda olingan ma'lumot, shuningdek Tomonlarning amaldagi qonunchilikka muvofiq 
maxfiy hisoblanishi mumkin bo‘lmagan ma'lumot maxfiy ma'lumot deb tan olinmaydi. 
9.3. Vakolatli davlat organi yoki vakolatli davlat organi tomonidan tayinlangan, maxfiy 
ma'lumotni taqdim qilishni talab etish huquqi qonunchilik, sud qarori yoki Tomonlarga 
qo‘llanadigan amaldagi kelishuv bilan berilgan shaxs yoki u bilan afillangan shaxs so‘rovi 
bo‘yicha maxfiy ma'lumotni taqdim etish yoki oshkor qilish zarurati yuzaga kelgan holatda
Tomon, agar amaldagi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan bo'lsa, ushbu ma'lumotni taqdim etgan 
Tomonni yozma yoki og'zaki ravishda oldindan (maxfiy ma'lumotlarni taqdim etishdan oldin) 
xabardor qilishi shart. 
9.4 
Qabul qilingan maxfiy ma'lumotlarni himoya qilish va oshkor qilmaslikni ta'minlash 
majburiyati ushbu Shartnomaning butun muddati davomida va uning amal qilish muddati 
tugaganidan keyin amal qiladi. 
9.5 
Tomonlar quyidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga oladilar: 
9.5.1 Maxfiy ma'lumotlarning saqlanishini ta'minlash, ularga uchinchi shaxslar tomonidan 
ruxsatsiz kirishni istisno qilish; 
9.5.2 Maxfiy ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga to'liq yoki qisman bermaslik;
 
9.5.3 Ommaviy axborot vositalarida maxfiy ma'lumotlarni e'lon qilmaslik va maxfiy 
ma'lumotlarning mazmunini boshqa yo'l bilan oshkor qilmaslik. 
9.5.4 Maxfiy ma'lumotlarga faqat Tomonlarning tegishli vakolatli shaxslari kirishini ta'minlash; 
9.5.5 Ushbu Shartnoma bo'yicha olingan boshqa Tomonning maxfiy ma'lumotlariga kirish 
huquqiga ega bo'lgan shaxslarning hisobini yuriting 
9.5.6 Tomonlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan maxfiy ma'lumotlarni himoya qilish 
bo'yicha boshqa majburiyatlarni bajarish. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin