5. BANK SIRI 5.1. Bank "bank siri to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, mijozning bank
sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarini sir saqlanishini kafolatlaydi.
5.2. Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar faqat mijozning yozma murojaatiga asosan uning
o'ziga yoki uning ishonchli vakiliga shuningdek "bank siri to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi
Qonuniga asosan boshqa shaxslarga taqdim etilishi mumkin.
5.3. Bank mijozga pullik axborot xizmatlarini taqdim qilishda, texnik xizmat ko'rsatuvchi
shaxslarga bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni yuborish bank sirini oshkor etish
hisoblanmaydi deb taraflar bilan kelishilgan.
6. BANK XIZMATLARI UCHUN TO'LOVLARNING MIQDORI VA TO'LASH TARTIBI 6.1. Ushbu Shartlarni qabul qilib, Mijoz Bankning rasmiy veb-saytida ko'rsatilgan yuridik shaxslar
va yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko'rsatish uchun standart tarif shartlariga obuna bo'ladi.
Shu bilan birga, Mijoz, agar bunday tarif rejasi/paketi uchun belgilangan mezon/shartlarga javob
bersa, Bankning tarif rejalari/paketlariga ulanish huquqiga ega.
6.2. O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 780-moddasiga muvofiq, mijoz bankning
hisobvaraqda turgan pul mablag'lari bilan operasiya qilish bo'yicha xizmatlariga ushbu shartlar va
bank tariflarida nazarda tutilgan shartlar asosida haq to'laydi.
6.3. Bank hisobvarag'i bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar uchun mijoz tomonidan to'lanadigan xizmat
haqi miqdori xizmat ko'rsatish sanasida amalda bo'lgan, bank tomonidan tasdiqlangan tariflar
asosida belgilanadi.
6.4. Mijozga ko'rsatilgan xizmatlar uchun vositachilik haqi bank tomonidan mijozning
hisobvarag'idan mablag'larni aktseptsiz tartibda hisobdan chiqarish yo'li bilan undirib oladi.
6.5. Mijozning bank hisobvarag'ida mablag'mavjud bo'lmaganda yoki etarli bo'lmaganda,
to'lanmagan xizmat haqlari bo'yicha bank tomonidan aktseptsiz to'lov talabnomalariyoki memorial
orderlar o'rnatilgan tartibda mijozning 2-sonli kartotekasiga joylashtiriladi va ijro etiladi.
6.6. Sumdagi chek daftarchasi buyicha xizmat kursatilganligi uchun mijoz bankka operasiya
o'tkazilgan sanada amalda bo'lgan bank tariflari asosida to'lovni amalga oshiradi.
6.7. Mijozning bank hisobvarag'iga kelib tushgan pul mablag'larini kiritib qo'yish uchun
vositachilik haqi olinmaydi.
6.8. Ish haqi va qonunchilikda belgilangan boshqa extiyojlar uchun naqd pul mablag'larini
berilishida vositachilik haqi olinmaydi.
6.9. Mijoz kichik tadbirkorlik sub'ekti hisoblansa bank hisobvaraqlaridan O'zbekiston
Respublikasi Davlat byudjetiga soliqlar va unga tenglashtirilgan boshqa majburiy to'lovlar
to'lashda bank xizmati xaqi olinmaydi.