Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
2.2. Bank tomonidan SSK ga topshirilgan Qurilma, Umumiy shartlarga muvofiq Bank mulki
hisoblanadi. SSK va xaridor – Karta Egasi o‘rtasida xarid qilingan tovarlar yoki ko‘rsatilgan
xizmatlar uchun Tranzaksiyalar amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Bank xizmatlarining
to‘lovi SSK tomonidan to‘lanadigan davrning birinchi oyi 10 kuni ichida, har uch oyda Bankda
amalda bo‘lgan Tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.
2.3. SSK Karta Egasi taqdim etgan Kartani tekshiradi va Yo‘riqnomaga
muvofiq
operatsiyani rasmiylashtiradi.
2.4. SSK Karta Egasining Kartasi bo‘yicha amalga oshiradigan har qanday Tranzaksiya
Avtorizatsiyani talab qiladi.
2.5. SSK amalga oshiradigan Tranzaksiylar uning SSK anketasida ko‘rsatilgan
faoliyat
turiga mos bo‘lishi lozim.
2.6. Tranzaksiya amalga oshirilganidan so‘ng 3 bank kunidan kech bo‘lmagan muddatda
SSK Bankka hisobotlari bilan Kvitansiya va/yoki Kredit-Vaucherni Bankka taqdim etadi.
SSK hisobotni ikki namunada tuzadi.
Hisobotlarga ham butun SSK da, ham alohida,
SSK da
o‘rnatilgan har bir Qurilma bo‘yicha Kvitansiya va Kredit-Vaucherlar bo‘yicha umumiy summa
kiritiladi. Bankning mas’ul xodimi tomonidan SSK da qoladigan hisobot namunasida Kvitansiya
yoki Kredit-Vaucherni qabul qilganlik to‘g‘risida mos keluvchi belgi qo‘yiladi. Bankning
Kvitansiya va/yoki Kredit-vaucherlarni qabul qilishi Kvitansiyada
mavjud Karta egalari
imzosining tan olinishini anglatmaydi.
2.7. SSK dan Tranzaksiyalar bo‘yicha Kvitansiyalar,
Yakuniy Inkassatsiya cheki
va Kredit-vaucher bo‘yicha hisobot qabul qilingan ondan 3 bank kunidan kech bo‘lmagan
muddatda Bank SSK ning depozit hsobvarag‘iga talab etilgungacha Kredit-Vaucher bo‘yicha
ayirilgan, barcha SSK Kvitansiyalar umumiy yakuniy summasiga teng summani ko‘chirib beradi.
Bunda Bank SSK operatsiyalarini qayta ishlash uchun vositachilik haqini Bank Tariflariga
muvofiq ushlab qoladi. Vositachilik haqi Kartalar bo‘yicha tovar va xizmatlarni sotishdan SSK ga
kelib tushgan daromad summasidan undiriladi.
2.8. Yo‘riqnoma buzilgan
holatda rasmiylashtirilgan, shuningdek belgilangan muddatdan
kech taqdim qilingan Kvitansiyalar aniqlangan holatda bunday Kvitansiyalar bo‘yicha
SSK ga
to‘lov amalga oshirilmaydi.
2.9. Umumiy shartlarning 2.3-bandiga muvofiq, summa ko‘chirilishi lozim bo‘lgan depozit
hisobvarag‘i talab etilgungacha SSK tomonidan yozma shaklda aniq ko‘rsatilishi lozim. Bunday
ko‘rsatma mavjud bo‘lmagan holatda Bank SSK ning talab etilgungacha depozit hisobvarag‘iga
ko‘chirishni amalga oshiradi.
2.10. Bank PM ga naqdsiz Inkassatsiya natijasida kelib tushgan Tranzaksiyalarni qayta
ishlash bo‘yicha Bank vositachilik haqi, SSK uchun Bank Tarifiga muvofiq belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: