O‘zbekiston respublikasi


-jadval. Kasbiy faoliyat turlari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə103/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

2-jadval. Kasbiy faoliyat turlari







Turlari



Turlari

1.

Sanoat

13.

Aloqa

2.

Mashinasozlik

14.

Qurilish

3.

Samoliyotsozlik

15.

Uy-joy kommunal xo‘jaligi

4.

Avtomobilsozlik

16.

Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi

5.

Metallurgiya

17.

Sog‘liqni saqlash

6.

Geologiya va foydali qazilmalarni qazib chiqarish

18.

Savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohalari

7.

Kimyo sanoati

19.

Madaniyat va san’at

8.

Engil sanoat

20.

Ijtimoiy-iqtisodiy soha

9.

Poligrafiya ishlab chiqarishi

21.

Ta’lim-tarbiya

10.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish

22.

Axborot-kommunikatsion texnologiyalari

11.

Transport

23.

Filologiya

12.

Ijtimoiy faoliyat

24.

Hunarmandchilik

  1. O‘quvchilarning kasbga yo‘nalganligini tashxislash metodlari va metodikalari. Pedagogik diagnostikaning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish muammolarini tadqiq qilish ana shu maqsadga xizmat qiladigan tashxislovchi metodlarni asoslash imkonini bergan.

  1. A.E.Golomshtok tomonidan asoslangan “Qiziqishlar xaritasi”. Pedagogik manbalarda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda A.E.Golomshtok tomonidan asoslangan “Qiziqishlar xaritasi” o‘ziga xos metodik manba bo‘la olishiga alohida urg‘u berilgan. “Qiziqishlar xaritasi” o‘quvchilarning turli kasb yoki hunar




105 Умаров С.Б. Умумий ўрта таълим мактаблари ўқувчиларини касб-ҳунарга йўналтириш технологиялари (YI-IX синфлар мисолида): пед.фанл.номз. …дис. – Т.: 2005. – 21-б.
asoslarini o‘rganish hamda bu borada amaliy faoliyatni tashkil etishga bo‘lgan ehtiyoj va qiziqish darajasini o‘rganishga xizmat qiladi. Mazkur metodika mazmunida asosiy e’tibor o‘n uch mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilarni kasb yoki hunar faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirish mumkinligiga qaratiladi106.

  1. YE.A.Klimov tomonidan asoslangan “Tabaqalashtirilgan tashxis so‘rovnomasi”107 o‘quvchilarni nafaqat kasb yoki hunarga yo‘naltirish vazifasini ijobiy hal etishga xizmat qilmaydi, balki ularning istiqbolda muayyan yo‘naltishda kasbiy faoliyatni samarali tashkil eta olishi uchun amaliy ahamiyati yuqori yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur so‘rovnoma o‘quvchilarning qiziqish va moyilliklarini aniqlash borasida eng mashhur metodlardan biri sanaladi. Metodning mohiyati mavjud kasb va hunarlarni ularning mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra quyidagi 5 tipga muvofiq ravishda o‘rganishni anglatadi:

  1. inson – tabiat (mehnat manbai sifatida – o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlar e’tirof etiladi);

  2. inson – texnika (mashina va mexanizmlar);

  3. inson – inson (odamlar guruhi, jamoalar);

  4. inson – belgilar tizimi (raqamlar, tillar, ramzlar, kodlar);

  5. inson – badiiy timsol (tasviriy san’at, badiiy asarlar va ularda ifoda etilgan obrazlar).

“Tabaqalashtirilgan tashxis so‘rovnomasi” kasb yoki hunarlarning yuqorida qayd etilgan tasnifi doirasida o‘quvchilarning qiziqish va layoqatlari xususida taxminiy dalillarga ega bo‘lish uchun muhim ma’lumotlarni beradi108.

  1. Men afzal ko‘raman” nomli tashxis so‘rovnomasi109. So‘rovnmadan foydalanish asosida o‘quvchilarning muayyan kasb yoki hunarlar asoslari bo‘yicha ma’lumotlarni egallaganlaridan so‘ng har qanday faoliyatni yo‘lga qo‘yishlari mumkinligi aniqlanadi. O‘quvchilarning ma’lum kasb yoki hunar yo‘nalishi bo‘yicha o‘z oldilariga qo‘yilgan maqsad va intilishlarining qay darajada qat’iy ekanliklarini aniqlash maqsadida ularning e’tiboriga ikki imkoniyatdan birini tanlashni taqozo etuvchi variantlar havola etildi. O‘quvchilarning mazkur savollarga bo‘lgan munosabatlari ham uning hayotiy maqsadining aniqligi borasida ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi.

Ayni o‘rinda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga xizmat qiladigan metod va metodikalardan ayrimlari keltiriladi.

    1. Yüklə 1,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin