Ruhiyog‘ish–aqliyfaoliyatnitashkiletish,psixologikholatniboshqaraolishqobiliyatiningbutunlayyokima’lumdarajadayo‘qotilishi. Bu turdagi og‘ish shaxsning aqliy rivojlanishda ortda qolishi va ruhiy nuqsonlarga egaligini belgilaydi.
Aqliyqoloqlikasab tizimining tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlar sababli yuzaga keladi. Bolalar o‘rtasida aqliy qoloqlikning yengil (aqlsizlik) va og‘ir (tentaklik) shakllari kuzatiladi. Nutqning buzilishi ham ruhiy nuqsonlar sirasiga kiradi.
Ruhiy og‘ishning eng og‘ir shakllari autizm (yun. “autos” – o‘zim; ijtimoiy munosabatlar va muloqotga ehtiyoj sezmaslik) hamda suisid (o‘z-o‘zini o‘ldirish, suiqasd) sanaladi.
Voyaga yetmagan o‘rtasida ijtimoiy og‘ish ham ko‘zga tashlanadi va globallashuv sharoitida uning darajasi ortib bormoqda.
Ijtimoiyog‘ish–individningto‘laqonlishaxsbo‘libshakllanishigato‘sqinlikqiluvchiholatlarningmavjudligi. Ijtimoiy og‘ish bir necha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ular:
me’yordan xulqiy og‘ish (tajovuzkorlik, giperfaollik, qo‘pollik, xudbinlik, dilozorlik);
yetimlik; aroqxo‘rlik; giyohvandlik; taksokomaniya; fohishabozlik; daydilik; huquqbuzarlik;
jinoyat sodir etishga moyillik va boshqalar.
Shaxsning me’yordan psixologik va ijtimoiy og‘ishi “me’yordan xulqiy og‘ish” sifatida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda me’yordan xulqiy og‘ish umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham kuzatilmoqda. Ijtimoiy og‘ishning yetimlik; aroqxo‘rlik; giyohvandlik; taksokomaniya; fohishabozlik; daydilik; huquqbuzarlik; jinoyat sodir etishga moyillik kabi ko‘rinishlari “Ijtimoiy pedagogika” fanining tadqiqot predmeti bo‘lganligi sababli bu urinda ularning mohiyati, kelib chiqish sabablari, proflaktikasi, diagnostikasi va korreksiyasi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishga
hojat yo‘q. Asosiy e’tibor me’yordan xulqiy og‘ish