Me’yordan xulqiy og‘ish – shaxsning jamiyat tomonidan tan olingan vaijtimoiy munosabatlar uchun ustuvor bo‘lgan ma’naviy-axloqiy qoidalar,me’yorlarga rioyaetmasligi. Pedagogik og‘ish: sabablari va uni korreksiyalash. Jamiyatda shunday holat ham kuzatiladiki, ayrim o‘quvchilar majburiy ta’lim olish, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qishni davom ettirishni istamaydi. Mazkur holat “pedagogik og‘ish” sifatida e’tirof etiladi.
Pedagogik og‘ish– uzluksiz ta’lim tizimining majburiy bosqichlaridaumumiy(kasbiy) fanlariasoslarinio‘zlashtirishdata’limstandartlaritalablarinizarurvaminimaldarajadabajarmaslikyokibajarishniistamaslik. Zero, o‘smir va o‘spirinlik davrlarida ta’lim olish yuzasidan ijtimoiy-huquqiy me’yorlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga rioya qilmaslik o‘z mohiyatiga ko‘ra og‘ish hisoblanadi. So‘nggi yillarda o‘smir va o‘spirinlarning ta’lim olishga nisbatan rag‘bat bildirmayotganliklarining sabablarini chuqur o‘rganish, tahlil qilish va bartaraf etishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Pedagogik og‘ishning quyidagi ikki turi qayd etilgan (31-rasm):
O‘smir va o‘spirin o‘quvchilarda pedagogik og‘ish bir necha shakllarda namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilardir:
Rasman qabul qilingan bo‘lsa-da, na’lim muassasasiga qatnamaslik.
Boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lmaslik.
Faqatga boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lish.
Umumiy o‘rta ta’lim ma’lumotiga ega bo‘lmaslik.
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limiga ega bo‘lmaslik
Pedagogik og‘ish salbiy ijtimoiy-pedagogik hodisa bo‘lib, uning sodir etilishi turli sabablar bilan bog‘liq. Jumladan:
oilada nosog‘lom muhitning mavjudligi;
boquvchisini yo‘qotganlik tufayli ishlashga majbur bo‘lish; betoblik yoki oilaviy sharoit tufayli darsni uzoq vaqt qoldirish; o‘quvchi shaxsiga mikroguruhning salbiy ta’siri;
darslar (ta’lim)ni o‘zlashtira olmaslik;
muassasasida o‘quvchiga salbiy munosabatda bo‘lish; oilada ta’lim olishning rag‘batlantirilmasligi;
o‘quvchi shaxsida ayrim salbiy xislatlarning ustuvorligi; ta’lim muassasasining boshqa hududda joylashuvi; oilada o‘quvchiga “o‘gaylik” munosabatida bo‘linishi; ta’lim muassasasi, jamoatchilik e’tiborsizligi;
ota-onalar va o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchining qarovsiz qoldirilishi; o‘quvchi ruhiyatida ma’naviy “bo‘shliq”ning yuzaga kelishi;
o‘quvchining turli buzg‘unchi, yot, kriminal oqimlar ta’siriga tushib qolishi;
o‘quvchining o‘zi duch kelgan ayrim muammolarni mustaqil hal qila olmasligi; o‘quvchining o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholamay mustaqillikka intilishi. “Pedagogik og‘ish”ning oldini olish va uni bartaraf etish davlat, jamiyat,
oila, ta’lim muassasasi, mahalla hamda jamoat tashkilotlarining birgalikdagi va o‘zaro hamkorlikka asoslangan faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish orqali hal etiladi.
Voyaga yetmaganlarda “pedagogik og‘ish”ning oldini olish va bartaraf etish maqsadida ijtimoiy-pedagogik faoliyat quyidagi shartlar asosida tashkil etilishi lozim:
O‘quvchi voyaga yetayotgan oilaning ma’naviy-psixologik muhitini o‘rganish.
O‘quvchining buzg‘unchi yot, g‘oyalarni targ‘ib etuvchi oqimlardan muhofazalash.
O‘quvchining ijtimoiy, ruhiy va jismoniy holatidan xabardor bo‘lish.
O‘quvchini shaxs sifatida anglash, uning istak va intilishlarini quvvatlash.
O‘quvchi mansub bo‘lgan mikroguruhga xos “qadriyatlar”ni aniqlash.
O‘quvchi ruhiyatida ma’naviy “bo‘shliq”ning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik.
O‘quvchi duch kelgan muammoni anglash va uni hal qilishga ko‘maklashish.
O‘quvchi xatti-harakatlarini bilvosita nazorat qilish.
Mikro, makro muhitda o‘quvchiga salbiy munosabatda bo‘lishning oldini olish.