IV. Pedagogikfaoliyatnitashxislashningmetodikjihatlari. Bugungi kunda
ta’lim muassasalarida o‘qituvchining kasbiy faoliyatini tashxislashda quyidagi metod, vosita va jihozlaridan foydalanilmoqda: darsni kuzatish; portfolio; ta’lim oluvchilarning yutuqlari; testlar; anketalar.
O‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini tashxislash quyidagilar asosida amalga oshiriladi: pedagogning kasbiy faoliyatda erishgan yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi portfolio (malaka oshirish kurslarida tahsil olganlik, turli ko‘rik va tanlovlarda ishtirok etganlikka oid ma’lumotlar asosida); o‘quvchilarning tegishli fan bo‘yicha erishgan natijaviy (fan olimpiadalari, o‘zlashtirish) ko‘rsatkichlari; attestatsion diagnostika natijalari (bosma hamda elektron shakllarda o‘quv materiallarini tayyorlash, o‘quvchilarni fan olimpiadalari, turli tanlovlarga tayyorlash, OAVda ish tajribasini ommalashtirish va boshqalar asosida).
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning kasbiy kompetentligini tashxislash texnologiyalarini takomillashtirish muammosi doirasida tashkil etilgan oid ta’limiy tajribaning “yadrosi”ni maxsus metodikaning mazmunini yorituvchi axborotli- didaktik ta’minot tashkil etdi.
J.E.Sarsekeeva37 o‘quv fani misolida “axborotli-didaktik ta’minot” tushunchasini shunday ta’riflaydi: o‘quv fanining axborotli-didaktik ta’minoti – muayyan o‘quv fani yoki o‘quv fanlari u o‘quv-metodik majmua bo‘lib, u tamoyillar tizimi asosida shakllantiriladi. Mazkur majmua o‘zida didaktik maqsadlar va tarbiya, ta’lim va rivojlanish vazifalarini, pedagogika, psixologiya, ergonomika, informatika va boshqa fanlarning talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilib, o‘qitish jarayonini tashkil etish va nazorat qilish uchun foydalaniladigan qog‘oz va magnitli tashuvchi ko‘rinishdagi turli foydali, mazmunli pedagogik axborotlarni aks ettiradi.
Pedagogik tashxislash jarayonida foydalaniladigan axborotli-didaktik ta’minot tashkiliy, tahliliy, nazorat qiluvchi, korreksion, kommunikativ, refleksiv va bashoratlovchi vazifalarni bajaradi.
Tashxislash jarayonida foydalaniladigan axborotli-didaktik ta’minot sirasiga: o‘quv-metodik materiallar (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ta’limiy dasturlar,
masalalar to‘plami, ma’lumotnoma xarakteridagi adabiyotlar, turli lug‘atlar, audio va video materiallar va boshqalar);
36 Гребенникова Л.В. Диагностика профессиональной компетентности учителя // https://kopilkaurokov. ru/zavuchu/planirovanie/ diaghnostika-profiessional-noi-kompietientnosti- uchitielia.
kompyuter ishlanmalari (alohida kompyuter dasturlari, ma’lumotlar bazasi, elektron darsliklar, yaxlit kompyuter kurslari, dasturiy-metodik majmualar va hokazolar)
tashxislovchi metod va vositalar;
didaktik ta’minotni amaliyotga tatbiq etish imkonini beruvchi tashkiliy- pedagogik shart-sharoitlar kiradi38.
Pedagogik tashxislashda baholovchi vositalarni aniqlab olish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular metodik vositalar jamlanmasi sifatida e’tirof etilib, attestatsion sinov davrida mutaxassisning tayyorgarlik darajasini belgilangan standartlarga muvofiqligi darajasini belgilashga xizmat qiladi. Tashxislovchi vositalar
jamlanmasini quyidagilar tashkil qiladi (9-rasm):
Tashxis materiallari
Nazorat mashqlari bo‘yicha
yechim (javob)lar uchun qo‘yiladigan baholar mezon (kriteriy)lari
Tahliliy baholash vositalari – sinov natijalari (qo‘lga kiritilgan miqdoriy integral baholar) va miqdoriy baholarning sifat ko‘rsatkichlarga o‘tkazilishini ta’minlovchi shkalalar