Boshqaruvxarakteridagipedagogiktashxislash–o‘quv-tarbiyajarayoniningdidaktikvametodikimkoniyatini,pedagoglarvao‘quvmuassasalarirahbarlariningkasbiymalakasinipedagogiktashxislashningfunksionalhamdatuzilmaviyjihatdano‘zarobog‘langantarkibiyqismlariningmazmuni. Tashkiliy-metodiktashxislash – o‘qituvchilarningmetodikkompetentligivakasbiytayyorgarligini, pedagogik jarayonni tashkil etishning o‘ziga xosliginipedagogiktashxislashningfunksionalvatuzilmaviyjihatdano‘zarobog‘langantarkibiyqismlariningmazmuni. Attestatsiontashxislash – ta’limsifatiniboshqarishgaqaratilganumumiytizimdao‘qituvchilarfaoliyatinikompleksekspertbaholashxususiyhodisabo‘lib,o‘qitishningtegishlisohasidapedagogikfaoliyatnitegishlimuassasaustavi,davlatta’limstandartlari,mahalliyvaxalqarotajribalargamuvofiqkelishinianglatuvchiqobiliyatisifatidae’tirofetilishinita’minlaydi. Tezkortashxislash–o‘qituvchifaoliyatinimezonlarningengquyidarajasiniifodalovchitizimdapedagogiktizimniboshqarishnitakomillashtirishuchunqarama-qarshiliklar,muammolimuhitvatayanch,dastlabkimuammolarnianiqlovchitezkortashxislitahlil31. Pedagogik tashxislashning umumiy belgilari quyidagilar sanaladi32:
tashxis ob’ektining pedagogik tizimga uning tarkibiy elementi yoki bevosita ta’sir etuvchi omil (faol va bevosita ta’sir etuvchi bir qadar yuqori darajadagi tizim elementi) sifatida kiritilganligi;
tezkor boshqaruv jarayonida uni rivojlantirish va to‘g‘rilash imkonini ta’minlovchi taxshislanuvchi ob’ekt, pedagogik bashoratlash (yoyilgan yoki yig‘ilgan) holatini pedagogik baholash maqsadining mavjudligi;
tashxislashning tizimlilgi va takroriyligi kasbiy-pedagogik faoliyat sifatida ta’lim-tarbiya jarayonining muayyan bosqichlaridagi tipik vaziyatlar (masalan, mavzuni, kursni o‘rganishning boshi yoki oxirida, keyingi sinf (bosqich)ga o‘tishda; og‘ish belgi (simptom)lari ko‘zga tashlanganda; belgilangan rejaga muvofiq kelishida va boshqalar)da amalga oshirilishi;
30 Тот источник. – С. 10.
31 Тот источник. – С. 10-11.
32Пермяков О.Е., Менькова С.В. Диагностика формирования профессиональных компетенций. – М.: ФИРО, 2010. – С. 33.
metodik, maxsus ishlab chiqilgan yoki aniq vaziyatlar, sharoitlardagi (jumladan, etnomadniy, mahalliy) ma’lumotlarga moslashligi;
ularni tashkil etishda bajariladigan ish tartibining oddiy o‘qituvchi, amaliyotchi yoki ta’lim muassasasining rahbari uchun mos kelishi33.
Tashxislash quyidagi vosita va jihozlar yordamida amalga oshiriladi: pedagogik kompetentlikka xos rivojlanish belgilarning namoyon
bo‘lishini
aniqlash maqsadida tashkil etiladigan belgilangan, tayanch (belgilarni qayd etuvchi)
tashxislash metodikasi;
o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanishi hamda u ega bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga oid bir-biriga zid ma’lumotlar mavjud bo‘lganda tashkil etiladigan chuqurlashgan (etimologik) tashxislash;
kasbiy kompetensiyalarning rivojlanish imkoniyatlarini bashoratlash hamda tuzatuvchi (korreksion) chora-tadbirlarni aniqlash uchun kompleks darajaviy (tipologik) baholashda foydalaniladigan metodikalar34.
M.E.Inkov kasbiy-pedagogik kompetensiyalarni tashxislashning tizimli modelini taklif etgan. Uning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
tegishli fan sohasi bo‘yicha ega bo‘lingan maxsus va kasbiy kompetentlik;
o‘quvchilarda bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish usullarini o‘zlashtirishga oid metodik kompetentlik;
v) o‘zaro muloqot jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-psixologik kompetentlik;
g) o‘quvchilarning o‘quv-bilish motivlari, qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan tabaqalashtirilgan-psixologik kompetentlik;
d) shaxsning individual faoliyatidagi yutuqlar va kamchiliklarni baholashga doir autopsixologik kompetentlik35.
Mazkur tarkibiy tuzilmalar kasbiy-pedagogik faoliyatning quyidagi jihatlarini tizimlashtirishga imkon beradi: axborotli-nazariy; tezkor-amaliy; tashxisli- vaziyatli; tahliliy-yakuniy.
O‘qituvchi faoliyatini tashxislash muayyan bosqichlarda kechadi. Har bir bosqichda aniq vazifalar bajarilishi, ularning bajarilish holati yuzasidan hisobot tayyorlanadi. Tashxislash vositasi xarita, sxema, shkala va hokazolar bo‘lishi mumkin.
L.V.Grebennikovaning ishlarida o‘qituvchilar faoliyatini baholash mezonlari sifatida quyidagilar e’tirof etilgan:
tegishli o‘quv fani bo‘yicha chuqur bilimga egalik;
pedagogika, psixologiya, bolalar va yosh fiziologiyasi asoslarini bilish; o‘qitish metodikasini o‘zlashtirganlik darajasi;
kasbiy va ilg‘or tajribalar, metodik navatorlik, shaxsiy innovatsion ishlanmalardan foydalanish malakasiga egalik;
33 Тот источник. – С. 33.
34 Иньков М.Е. Диагностика профессиональной компетентности учителя в условиях повышения квалификации: Автореф....канд.пед.наук. – Ростов-на-Дону: 2009. – С. 11.
35 Тот источник. – С. 11.12.
shaxsiy kasbiy sifatlar (ijodkorlik, improvizatsiya qila olish, individual ijodiy izlanish, favqulodda topqirlik, kommunikativlik, insoniylik, demokratizm, tashkilotchilik kabi qobiliyatlarga egalik);
ta’limning natijasi uchun mas’ullik;
hamkasblarga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lish36.