Aqliyrivojlanish–shaxsfikrlashqobiliyati,tafakkuriningrivojlanishi,intellektualsalohiyatidarajasiningoshishi71. Umumiy holda fiziologik va intellektual jihatdan turli yosh davrlari
shaxsning muayyan darajada fikrlash qobiliyati, tafakkur darajasini ega bo‘lishini namoyon qiladi. Biroq, bu degani ma’lum intellektual rivojlanish darajasi ayni bir davrdagi yosh xususiyatlariga bog‘liq, degani emas. Ba’zi 5-6 yoshli bolaning xotirasi, nutqi, fikrlash qobiliyati, mantiqiy mulohazalari 30-40, hatto 50 yoshli kishining bu turdagi rivojlanish holatidan yuqori bo‘lishi mumkin. Bu holat psixologiyada noyob qobiliyat, deb yuritiladi.
Masalan, buyuk mutafakkir, hazrati Alisher Navoiy 5 yoshida Fariduddun Attorning “mantiq ut-tayr” asarini to‘la yod olgan72 bo‘lsa, rus she’riyatining dahosi Aleksandr Pushkin esa o‘z xotiralarida “13 she’rlar yozishni va xuddi shu davrdan ularni chop ettirishni boshladim”73, deb yozgan edi.
71 Большая психологическая энциклопедия / Самое полное современное издание. – М.: Эксмо, 2007. – С. 160.
72 Фаридиддин Аттор (1145-1221) // https://ziyouz.uz/jahon-sheriyati/fors-tojik-sheriyati/fariduddin- attor.
73 Биография Александра Сергеевича Пушкина (1799-1837) // https://pushkinland.ru/2018/ pushkin/ push1.php.
Shaxs(o‘quvchi)ningaqliyrivojlanishdarajasi–shaxsfikrlashqobiliyati,tafakkuri,intellektualsalohiyatiningmuayyanpog‘onasi,holati. Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim sifatini tahlil qilish va baholashda ta’lim oluvchining aqliy rivojlanish darajasi tashxislanadi. Odatda ta’lim tizimida shaxsning aqliy rivojlanish darajasi o‘quvchi tomonidan o‘quv fanlarini o‘zlashtirish, turli murakkablikdagi savollarga javob topish, topshiriqlarni bajarish, muammoli vaziyatlarning yechimini hal qilishdagi layoqati, imkoniyati bilan belgilanadi.