P.I.Tretyakov74ning “Yaqin va faol rivojlantiruvchi hududni tashxislash” nomli metodikasi o‘quvchilarga ta’lim berishning istiqbollarini aniqlash maqsadini ko‘zlaydi. Metodikani qo‘llash jarayonida o‘qituvchi quyidagi harakatlarni bajaradi:
7-8 daqiqa ichida bajarish imkoniyatini ta’minlovchi unchalik katta hajmga ega bo‘lmagan o‘quv materialini tanlaydi.
O‘quvchilar tomonidan yangi axborot, ma’lumotlarni qabul qilishga yordam beruvchi namunani ko‘rsatadi.
O‘quvchilarning yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun mustaqil ravishda takror-takror mashq qilishlariga imkoniyat yaratadi.
O‘quvchilar tomonidan o‘z-o‘zini tekshirishga imkon beradigan mustaqil ishlarni o‘tkazadi.
Mustaqil ishni bajarish uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi. Agarda o‘quvchilar bu muddatda topshiriqni bajarmasa, u holda o‘qituvchi marta yangi material mazmunini yana bir marta tushuntiradi. O‘quvchilarga bir shart bilan mustaqil ishni yakunlash uchun imkoniyat beriladi. Bu shart mazmuni shundan iboratki, o‘quvchilarga berilayotgan imkoniyat o‘z-o‘zini nazorat xarakteriga ega bo‘lishi kerak.
Topshiriqlarni hal qilish natijasi quyidagi jadvalda o‘z ifodasini topishi lozim:
O‘quvchilarningismi,familiyasi
Nazorat vaqtidaxatosizbajarilgan
Xatosizbajarilgan
Xatolarmavjud
FRH vaYaRHbo‘yicha xulosa
...
Eslatma: FRH – faol rivojlantirish hududi; YaRH – yaqin rivojlantirish hududi.
Faol rivojlanish hududi (FRH) o‘quvchi tomonidan muayyan mavzu bo‘yicha zarur BKMni puxta o‘zlashtirilganligini, yaqin rivojlanish hududi (YaRH) jsa o‘quvchi tomonidan tegishli mavzu yuzasidan BKMning minimal darajasi yetarlicha o‘zlashtirilmaganligini ifodalaydi. O‘quvchi faoliyati tashxisining qanday ko‘rsatkichga egaligi unga mavzuni qayta tushuntirish zarur yoki zarur emasligidan dalolat beradi.
74Пудочкина Т.С. Педагогическая диагностика: инструментарий, организация, проведение, обработка и использование результатов // www/openclass/ru/node/249066.
Agarda o‘quvchi topshiriqni qiyinchiliksiz bajarsa, u holda u faol rivojlanish hududi (FRH)dan, bordi-yu, topshiriqni bajarish jarayonida qiyinchiliklarni his qilsa, u holda yaqin rivojlanish hududi (YaRH)dan o‘rin
oladi.
Zaruriyat yuzaga kelsa, o‘rganilgan mavzu bo‘yicha bilim, ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha mashg‘ulot tashkil etiladi.