O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə82/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

Morfologiya: 1) biologiya fanida tirik organizmning tashqi (shakli, tarkibiy tuzilmasi, rangi, obrazlari) hamda ichki tuzilishi (masalan, odamning tashqi (eydonomiya) va ichki (anatomiya) morfologiyasi); 2) tilshunoslikda: tabiiy tillarga xos so‘zlar, ularning ahamiyatli qismlari va morfologik belgilarini aks ettiruvchi grammatikaning bo‘limi.
Har qanday holatda ham morfologik orzanizm, jism, jarayonning tarkibiy tuzilmasining to‘liq yoritilishini ifodalaydi.
Fris Svikki g‘oyasiga asoslangan bu metod “Morfologik tahlil” ham deb nomlanadi. Metod ob’ektning tarkibiy tuzilmasini tahlil qilishga asoslanuvchi metod bo‘lib, u qabul qilingan qarorning nazariy imkoniyatlarini ifodalovchi barcha variantlarni tizimlashtirishni taqozo etadi. Metod jadval shakliga ega. Odatda qutilarga buyum, predmetlar tartib bilan joylashtirilgani kabi “Morfologik quti” grafik organayzerida ham o‘rganilayotgan mavzuga doir tayanch tushunchalar jadvalining muayyan kataklariga tartib bilan, o‘zaro izchillik asosida joylashtiriladi. Mazkur grafik organayzer talabalarni erkin, tanqidiy fikrlashga o‘rgatadi.
Muammoni hal qilishga nisbatan tizimli yondashuvning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lgan morfologik tahlil qisqa vaqt oralig‘ida orginal yechimlarni topish imkonini beradi. Ta’lim jarayonida foydalanadigan morfologik tahlil turli ramziy belgilarga asoslangan yozuvlar, rasmlardan tarkib topgan jadval ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Jadval tabiiy ravishda bo‘yiga va eniga ega. Odatda bo‘yicha predmet, buyumlar tegishli bo‘lgan umumiy tur (masalan, kiyim-kechak, oziq-ovqat, dori-darmon va hokazolar qayd etiladi. Eniga ega har bir turga taalluqli bo‘lgan narsa, buyum yoki jihozlarning nomlari ko‘rsatiladi. Ular iloji boricha rasm, shartli belgi yoki logotiplarda aks etishi kerak. “Bu kabi ko‘rsatkichlar sifatida format, ranglar, asosiy muammoni aks ettiruvchi ramzlar, tasvirning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi tasavvurni oydinlashtirishga yordam beruvchi ramzlarni tanlash mumkin”83.

  1. Fokal ob’ektlar” metodi. Lug‘aviy mazmuniga ko‘ra “fokal” atamasi (ing. “focal“ – “o‘zak”, “manba”, “o‘choq” ma’nolarini anglatadi. Asoschi Charlz Vayting bo‘lgan ushbu metodning g‘oyasi – turli ob’ektlarga xos bo‘lgan belgilarni birgina predmetda aks etishiga erishish.

Muallifning o‘zi metod g‘oyasini tushuntirishda quyidagi misoldan foydalanadi: oddiy sham va “Yangi yil” tushunchasi qabul qilinadi. Odatda “yangi yil” tushunchasi bengal olovlari bilan assosiatsiyalanadi. Bu belgi (bengal olovi) shamni yodga soladi. Agarda bengal olovi kir yuvish vositasida artilib, unga mum qo‘shilsa, ichida juda kichik uchqunlanadigan “yangi yil” shami hosil bo‘ladi84.
83 Скрипник Ю. 5 приемов креативного мышления // https://blog.mann-ivanov-ferber.ru/2016/01/08/5- priemov-kreativnogo-myshleniya.
84 Методики развития креативности // http://moluch.ru/rules/?utm_ source= selfad&utm_medium= popup&utm_campaign=archive

  1. Sinektika” metodi. Uilyam Gordon asoslangan mazkur metod muallif kreativlikning asosi deya e’tirof etgan – muqobillar (o‘zaro o‘xshash jihatlar)ni izlashga xizmat qiladi. Metodni qo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. bosqich: zarur ob’ekt (mavzuga oid muhim tushuncha) tanlanadi;

  2. bosqich: tanlangan ob’ektning muqobil (o‘zaro o‘xshash jihat)larini topish uchun ikki bo‘limdan iborat jadval shakllantiriladi;

  3. bosqich: jadvalning 1-ustunida tanlangan tushunchaga to‘g‘ri muqobil bo‘lgan tushunchalar qayd etiladi;

  4. bosqich: 1-ustunda qayd etilgan har bir tushuncha asosida maqsad, tushunchaning mohiyati va noto‘g‘ri muqobillar belgilanadi.

Bu o‘rinda U.Gordon shunday misol keltiradi: ob’ekt – qalam; vazifa – qalamning turlarini ko‘paytirish; to‘g‘ri muqobil – bo‘rtma qalam; noto‘g‘ri muqobil – yassi qalam; natija – qalamni ishlab chiqarish85.

  1. Mental xarita” (yoki “Idrok xaritasi”) metodi86. Muallif – angliyalik psixolog Toni Byuzen. Muallifning fikriga ko‘ra, kreativlik xotira bilan bog‘liq. Shunday ekan, xotirani kuchaytirish kreativ fikrlash jarayonining sifatini yaxshilaydi. Sarlavha va abzaslar bilan yozishlarning an’anaviy tizimi eslab qolishga to‘sqinlik qiladi.

1974 yilda ilk bor T.Byuzen qog‘ozning o‘rtasiga asosiy tushunchani markazdan chiqargan holda uning atrofida “shox”lar hosil qilish orqali ularga eslab qolinishi zarur bo‘lgan assosiatsiyalarni qayd etgan holda o‘rganilayotgan muammoni tahlil qilishni taklif etadi. Fikrlarni grafikaviy (turli geometrik, arifmetik, fizik formulalar, shartli belgilar yordamida) ifodalash taqiqlanmaydi.
“Mental xarita” (“Idrok xaritasi”)ni “chizish” yangi assosiatsiyalarning yuzaga kelishiga imkon yaratadi, hosil bo‘lgan umumiy obraz esa muammo mohiyatini ifodalovchi tushuncha (bilim)larning uzoq vaqt yodda saqlanishiga yordam beradi87.

  1. Bilvosita strategiyalar” metodi88. Mualliflari Brayan Eno hamda Piter Shmidt bo‘lgan bu metod turli topshiriq (buyruq)lar yozilgan kartochkalar to‘plamiga tayangan holda yangi g‘oyalarni izlash, asoslash va ilgari surishga qaratilgan harakatlar amalga oshiriladi.

Yangi g‘oyani ishlab chiqishdan avval o‘quvchi kartochkalardan biri tanlaydi va unda ko‘rsatilgan topshiriq asosida muayyan xatti-harakat (masalan: “Uch yo‘l bilan yechimni top!”, “Echimni yangi g‘oyalar bilan boyit!”89 bajariladi.

  1. Tugallanmagan rasmlar” testi90. Ellis Pol Torrens tomonidan taklif qilingan testlar to‘plami shaxsning rasmli topshiriqlarni bajarish orqali fikrlash qobiliyatiga,




85 Методики развития креативности // http://moluch.ru/rules/?utm_ source= selfad&utm_medium
=popup&utm_campaign=archive
86 10 лучших методов генерирования идей // https://4brain.ru/blog/методы-генерирования-идей.
87 Методики развития креативности // http://moluch.ru/rules/?utm_source=selfad&utm_medium= popup&utm_campaign=archive.
88 Методики развития креативности // http://moluch.ru/rules/?utm_source=selfad&utm_medium= popup&utm_campaign=archive.
89 Методики развития креативности // http://moluch.ru/rules/?utm_ source= selfad&utm_medium= popup&utm_campaign=archive.
90 Тест креативности Торренса. Диагностика творческого мышления //https://psycabi.net/testy/577-test-kreativnosti- torrensa-diagnostika-tvorcheskogo- myshleniya; Тесткреативности Торранса // http://www.miu.by/kaf_new/mpp/150.pdf.
fikrlarni orginal ifodalash layoqatiga egaligini aniqlash imkonini beradi. Respondent uchta variantdagi rasmli topshiriqni bajaradi.
Topshiriqni bajarish shartlari:

  1. imkon qadar ko‘p g‘oyani taklif qilish;

  2. rasmlarning badiiy qiymatiga e’tibor bermaslik;

  3. fikrlashda o‘z oldiga cheklovlarni qo‘ymaslik. Topshiriqlar quyidagilardan iborat:





  1. Rasm chizish (respondentga shakli va hajmi oddiy tuxumga teng bo‘lgan rangli tuxumsimon shakl taklif etiladi; shaklning rangi ixtiyoriy tanlanadi; shakl rangining qanday bo‘lishi respondent tomonidan taklif qilinishi mumkin). Misol uchun respondent ko‘k rangdagi ushbu shakl negizida turli tasviriy ko‘rinishlarni hosil qiladi va ularni nomlaydi:


  2. Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin