topshiriq. “Guruhdagi psixologik muhitni baholash” (L.G.Jedunova) so‘rovnomasi asosida 3-4 nafar o‘quvchilarning o‘z sinflaridagi psixologik muhit to‘g‘risidagi munosabatlarini o‘rganish va baholash.
Ko‘rsatma.sinfdagi psixologik muhit holatidan kelib chiqqan holda qutb (“+” va “–” tomon)larda berilgan sifatlarni belgilang.
Anketada sinfingizdagi muhitni tasvirlash uchun qarama-qarshi juft so‘zlar berilgan. Har bir juftlikdagi o‘ng yoki chap tomondagi so‘z Sizga qanchalik yaqin bo‘lsa, u holda “X” belgisini qo‘ygan holda buni tasdiqlang.
Javoblarnitahlilqilish:ballar qanchalik yuqori bo‘lsa, sinf jamoasidagi psixologik muhit shunchalik yuqori bo‘ladi yoki aksincha. Natijalarning tahlili sinf jamoasidagi psixologik muhit holatini, jamoa a’zolarining bir-birlariga munosabatini sub’ektiv baholashga imkon beradi. Raqam ko‘rsatkichlari respondentlarning sinf jamoasida qaror topgan psixologik muhitni belgilovchi o‘rtacha qiymatni qabul qilish imkonini beradi.
topshiriq.“Bizning munosabatlarimiz” metodikasi (L.M.Fridman) yordamida sinf jamoasiga tavsif tayyorlang.
Ko‘rsatma:3-4 nafar o‘quvchiga sinf jamoasining mavjud holatini baholashga oid oltita fikrni taqdim etiladi. O‘quvchilar ularni tasdiqlay olishi lozim.
O‘quvchiga tasdiqlash uchun taklif qilingan oltita fikr taklif qilinadi:
1-variant.Sinfjamoasiningahilyokinoahilliginianiqlash. Sinfimiz juda ahil va jips.
Sinfimiz ahil.
Sinfimizda tortishuvlar bo‘lmaydi, biroq, har kim o‘zi bilan o‘zi ovora.
Sinfimizda ba’zan tartishuvlar bo‘lib turadi, ammo, uni “ziddiyatli sinf” deb atab bo‘lmaydi.
Sinfimiz ahil emas, tez-tez janjallar yuzaga keladi.
Sinfimiz mutlaqo ahil emas, bunday sinfda o‘qish qiyin. 2-variant. Jamoa a’zolarining bir-birinitushunisholishhissigaegaliginianiqlash Garchi bu so‘ralmasa ham, sinfimizda bir-birimizga yordam beramiz.
Sinfimiz o‘quvchilar faqat o‘ziga do‘st deb bilganlarga yordam beradi.
Sinfimizda, qachonki, o‘quvchining o‘zi yordam so‘rasa, shundagina yordam ko‘rsatiladi.
Sinfda, qachonki, o‘qituvchimiz buni so‘rasa, bir-birimizga yordam beramiz.
Sinfimiz bir-biriga yordam berishga odatlanmagan.
Sinfimizda bir-biriga yordam berish inkor qilinadi.
Natijalarni qayta ishlash. Ko‘pchilik o‘quvchilar tomonidan tasdiqlangan fikr sinf jamoasining bir-biriga bo‘lgan munosabatlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bir vaqtning o‘zida o‘quvchi tomonidan bildirilgan fikr uning jamoadagi mavjud munosabatlar tizimida o‘zini qanday his qilishidan dalolat beradi.
topshiriq. “Sinf jamoasining jozibasi (o‘quvchini o‘ziga torta olishi)ni aniqlash” anketasi bo‘yicha jamoa bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganing.
Buning uchun respondent sifatida 3-4 nafar o‘quvchini tanlab oling. Ularga anketa savollarini taqdim qiling. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach anketa
javoblarini tahlil qiling va qayta ishlang. Yakuniy natijaga ko‘ra sinf jamoasiga baho bering.
Savollar: O‘zingizning jamoaga mansubligingizni qanday baholaysiz?
O‘zimni jamoa a’zosi, uning bir qismi deb bilaman5
Jamoaning ko‘pgina faoliyatida ishtirok etaman4
Jamoaning birgina faoliyatida ishtirok etib, qolganida ishtirok etmayman
Bordi-yu, Sizga shunday imkoniyat berilsa, boshqa sinfga o‘tgan bo‘larmidingiz?
Albatta, o‘qitishni xohlagan bo‘lardim1
Bu sinfda qolgandan ko‘ra o‘tishni ma’qul ko‘raman2
Har ikki sinf o‘rtasida hech qanday farq yo‘q3
O‘zimning sinfimda qolish ehtimolim ko‘proq4
Bilmayman, biror narsa deyishim qiyin5
Sinfingizdagi o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlari qanday?
O‘quv mashg‘ulotlaridagi manosabatlari:
Boshqa sinflarga qaraganda yaxshiroq3
Natijalarni qayta ishlash. Javoblarga tegishli ballarning miqdori (ular ustun sifatida ko‘rsatilgan) hisoblanadi. Barcha bo‘limlar bo‘yicha yakuniy ko‘rsatkich 7 ball (juda qoniqarsiz baho)dan 25 ball (sinf jamoasining jozibadorligi juda yuqori
ekanligini anglatuvchi baho)gacha bo‘lishi mumkin.
Foydalanish uchun adabiyotlar:
Дудина М.М., Хаматнуров Ф.Т. Основы психолого-педагогической диагностики / Учеб.пособие. – Екатеринбург: Изд-во Рос.гос.проф.-пед. унив- та. 2016. – 190 с.
Ингенкамп, Карлхайнц. Педагогическая диагностика / Пер. с нем. – М.: Педагогика, 2001. – С. 16-17.
Pedagogik diagnostika / Ma’ruza matnlari. Tuzuvchi: X.Raxmatova. – Namangan: Namangan DU, 2014. – 100 b.
Овсянникова С.К. Педагогическая диагностика и коррекция в воспитательном процессе / Учебно-метод.пособие. – Нижневартовск: Изд-во Нижневарт.гуманит.унив-а, 2011. – 243 с.
12-mavzu. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis qilish
Reja:
Oilaning shaxsni shakllantirishdagi o‘rni.
Oilaning asosiy funksiyalari va tarbiyaviy imkoniyatlari.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislovchi metodlar.
Tayanch tushunchalar: oila, tarbiya, oila tarbiyasi, oila tarbiyasining shaxs kamolotidagi o‘rni, oilaning tarbiyaviy imkoniyatlari, oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash, psixologik muhit, oiladagi psixologik muhitni tashxislash, farzandlarning mehnat malakalariga egaligini tashxislash, ota- onalarning pedagogik-psixologik bilimlarga egaligini tashxislash, farzandlarning oila qurishga tayyorligini tashxislash.