O‘zbekiston respublikasi


Oilaning asosiy funksiyalari va tarbiyaviy imkoniyatlari. Oila



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə121/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

Oilaning asosiy funksiyalari va tarbiyaviy imkoniyatlari. Oila


  • ijtimoiy birlashma sifatida muayyan vazifalarni hal qiladi. Bugungi kunda yosh avlodni kamol toptirish yo‘lida zamonaviy oila tomonidan hal qilinadigan vazifalar114 quyidagilardan iboratdir (24-rasm):

Asosiy funksiyalari

Iqtisodiy Tarbiyaviy


113 The Family's Role in a Child's Development // http://mom.me/kids/5258-familys-role-childs-

development. Reproduktiv (farzandlarni
Regulyativ

114 Оила психологdиuяnсyиo/gПa рkоeфlt.irҒish).Шоумаров таҳрири остида. Ғ.(Бboshоуqмarаiрsоhв) ва б. – Т.: “Sharq”, 2008. – 47-62-б.

Rekreativ (oila a’zolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini ta’minlash


153

Kommunikativ (oila a’zolarining o‘zaro muloqot va munosabatlari)



Oilaning tarbiyaviy imkoniyati u tomonidan asosiy funksiyalaridan birining bajarilishida ko‘zga tashlanadi.


Imkoniyat (lot. “potentia” – kuch) – har qanday muammoni hal qilish, aniq maqsadga erishish uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan manba, vosita hamda resurslar; ma’lum bir shaxs, jamiyat, davlatning muayyan soahdagi vazifalarni bajarish, muammolarni hal qilishga bo‘lgan quvvati, kuchi, qobiliyati.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyati oilaning farzandlarni har jihatdan sog‘lom qilib tarbiyalovchi omillar, sharoitlarga, oilaning sog‘lom muhit, sog‘lom turmush tarzi ega bo‘lishi hamda farzandlarni oilaviy hayotga samarali tayyorlashdagi kuch-quvvati, qobiliyati.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyati murakkab tuzilmaga, tuzilmaning o‘zi esa muhim tarkibiy qismlarga egaligida aks etadi. Mavjud qismlar oilaning pedagogik, ijtimoiy-psixologik, madaniy va qadriyatli, ijtimoiy-iqtisodiy, texnik va gigienik hamda demografik xarakterga ega imkoniyatini yoritadi. Ularning barchasi oilada farzandni har tomonlama sog‘lom qilib voyaga yetkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlar sanaladi.
Farzandlar tarbiyasida muvaffaqiyata erisha olish uchun oila ma’lum tarbiya mexanizmlariga ega bo‘lishi zarur.
Oilaviy tarbiya mexanizmlari –individual tarbiyaviy imkoniyatlari asosida oila tomonidan farzand tarbiyasini samarali tashkil etishda qo‘llaydigan vosita va usullari115.
Ota-onalarning vakolatlari, oilaviy ta’lim uslublari, oilaviy an’analar, bo‘sh vaqtni tashkil etish uslubi oilaviy tarbiyaning asosiy mexanizmlari hisoblanadi.
Oila an’analari (yoki oilaviy an’analar) oilaning tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, avloddan avlodga meros sifatida o‘tish





115 Воспитательный потенциал семьи // https://studme.org/1527092124184/pedagogika/vospitatelnyy_ potentsial_semi.
orqali oila a’zolarining ma’naviy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-madaniy hodisa116.
Mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat jarayonlari, hasharlar, turli gurunglar (to‘y, yangi uyga ko‘chish marosimlari), sayillar, oilaviy an’analar (tug‘ilgan kun, fuqarolik pasporti, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy ma’lumotga egalik to‘g‘risidagi attestat va diplom, davlat mukofotlarini olish kabi holatlarni nishonlash) va musobaqalar oilaviy an’analarning o‘ziga xos ko‘rinishlari bo‘lib, farzand tarbiyasini tashkil qilishda muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Farzandlarni oilaviy an’ana, qadriyat, urf-odatlari bilan tanishtirish orqali ularning bu jarayonlarda ishtirok etishi uchun sharoit yaratilsa, u holda oilaviy an’analarning tarbiyaviy ta’siri sezilarli darajada oshadi.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatini o‘rganish va tahlil qilish mazkur muhitda farzandlar tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi talablarni inobatga olish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi:
ota-onalarning o‘z farzandlari, ularning xulq-atvori, ruhiyati, xarakteri to‘g‘risida yetarli bilimlarga ega bo‘lishi;
farzandlarni ularning yosh, psixologik hamda fiziologik imkoniyatlarini hisobga olgan holda oilaviy munosabatlar va faoliyat tizimida doimiy, faol ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
ota-onalarning o‘zlarini o‘zlari, shuningdek, oilaviy munosabatlarni takomillashtirib borishi;
farzandlarni ular balog‘atga yetishishdan boshlab, oilaviy hayotga tayyorlab borish.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatini quyidagi mezonlarga ko‘ra baholash mumkin: oilaning sog‘lom psixologik muhitga egaligi;
oilaning shaxs ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarini qondirish qobiliyati; ota-onalarning pedagogik madaniyati darajasi;
oilaviy munosabatlarning xarakteri;
oilaning turli ijtimoiy institutlardan zarur vaziyatlarda yordam so‘rash qobiliyati.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini baholaganda, bolalarning xulq-atvori va ta’limini kuzatish, ota-onalarning tarbiyaviy faoliyati, oilalarga tashrif buyurish, oilalar va ularning o‘quvchilari bilan individual suhbatlar, bolalarni nazorat qilish va tekshirish, ota-onalar, shuningdek, bolaning yondashuvi nuqtai nazridan oilaviy munosabatlar mazmunini rasmlarda aks ettirish, ota-onalar va bolalarga “Tugallanmagan jumlalar” metodi bilan ishlashni taklif qilish kabi usullaridan foydalanish tavsiya etiladi117.


  1. Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin