Nosog‘lom oila – oila a’zolari axloqiy e’tiqod, sog‘lom turmush tarziko‘nikmalariga ega bo‘lmagan, aksincha, tartibsiz hayot kechiradigan,shaxslararo munosabatlarda axloqsizlik, qo‘pollik, ruhiy bosim ustuvorbo‘lgan,psixologikjihatdanbir-birinitushunmaydiganvao‘zaroqo‘llab-quvvatlamaydigan,moddiyjihatdanta’minlanmaganoila. Bu kabi oilalarning a’zolarida ko‘p holatlarda ruhiy, ba’zan jismoniy nosog‘lomlik ko‘zga tashlanadi. Ularda ijtimoiy axloq me’yorlaridan og‘ish – jinoyat, surunkali ravishda giyohvand moddalar, tamaki mahsulotlari hamda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, betartib jinsiy hayot kechirishga moyillik kuzatiladi.
Farzandlar tarbiyasida muhim o‘rin tutish uchun oilada sog‘lom muhit, shaxslararo iliq, samimiy munosabatlarni qaror toptirish muhimdir. Aks holda oiladagi muhit farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular tomonidan turli deviant va delikvent xulq-atvorlarning o‘zlashtirilishiga sabab bo‘ladi.
Psixologik nuqtai nazardan “oilaning salomatligi ma’naviy-axloqiy, individual psixologik, ijtimoiy-psixologik, psixologik-somatik, bioenergetik kabi darajalar bilan belgilanadi”118.
Oilaning sog‘lom hamda nosog‘lomligini belgilashda unda qaror topgan psixologik muhit (oila a’zolarining o‘zaro bir-birlarini tushunishlari, qo‘llab- quvvatlashlari, zarur vaziyatlarda bir-birlariga yordam ko‘rsatishlari), ota- onalarning pedagogik madaniyati (oila xo‘jaligini yuritish, oila byudjetini shakllantirish, farzandlarni tarbiyalash), farzandlarning mehnat malakalari (oila
118 Уровни психологического здоровья семьи // https://studme.org/137476/psihologiya/urovni_psihologicheskogo_ zdorovya_semi.
xo‘jaligini yuritish va mehnat taqsimotidagi ishtiroki) hamda ularning oila qurishga tayyorligi (nikoh va oilaning mohiyatini tushuna olishi, oila iqtisodiyotini shakllantirish, farzandlar tarbiyasini tashkil etish, oilaga tegishli bo‘lgan muammolarni hal qilishda mas’uliyatni anglashi) tashxislanadi.