Ijtimoiyxulqko‘nikmalarinio‘zlashtiraolmaslik. Avvalgi mavzuda aytib o‘tilganidek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ko‘zga tashlanadigan yana bir salbiy holat – o‘quvchi tomonidan ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslik sanaladi.
Ijtimoiyxulq-atvorko‘nimalalarinio‘zlashtiraolmaslik–yosh,psixologik hamda fiziologik nuqtai nazaridan o‘quvchi xulq-atvori, xatti-harakatlarining ijtimoiy, shuningdek, jismoniy va ruhiy rivojlanganlikko‘rsatkichlarigamos kelmasligi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilarida ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslik ko‘p holatlarda boshlang‘ich sinf, asosan, maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnamagan, uy sharoitida, tor doiradagi munosabatlar jarayonida tarbiyalangan o‘quvchilarda ko‘zga tashlanadi. Ular duch keladigan jiddiy muammo – makro muhit bo‘lgan maktab sharoitiga ko‘nika olmaslik, yangi o‘rtoqlarni qabul qilolmaslik, ular bilan muloqot qila olmaslikdir. Buning natijasida o‘quvchi maktab ta’limi talablari – ma’lum vaqtda kelish va ketish, darslarning majburiy ravishda muayyan vaqt oralig‘ida tashkil qilinishi, o‘quv jarayoni ishtirokchilari: o‘qituvchi va sinfdoshlar bilan muloqot qilish kabilarga moslasha olmaydi. O‘zini sinf jamoasida o‘zini “begona” tutadi, noqulaylikni his qiladi, o‘qishga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi, o‘quv materiallarini qabul qilmaydi, topshiriqlarni bajarishga nisbatan beparvo bo‘ladi.
Global axborotlashuv, marginallik (“marginalis” – chekkada turadigan; turli madaniyatlar qorishmasi)ning keskin rivojlanayotganligi, ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotga nisbatan qat’iy ijtimoiy-axloqiy talablarning belgilanmaganligi, “ommaviy madaniyat” ta’sir ko‘lamining kengayishi me’yordan xulqiy og‘ish ko‘rinishlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari orqasida faol kuzatilishiga sabab bo‘lmoqda.