Shunday qilib, global axborotlashuv, marginallik (“marginalis” – chekkada turadigan; turli madaniyatlar qorishmasi)ning keskin rivojlanayotganligi, ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotga nisbatan qat’iy ijtimoiy-axloqiy talablarning belgilanmaganligi, “ommaviy madaniyat” ta’sir ko‘lamining kengayishi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari orasida me’yordan xulqiy og‘ish ko‘rinishlarining faol kuzatilishiga sabab bo‘lmoqda. Me’yordan xulqiy og‘ishning asosiy turlari (jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va pedagogik)ning xususiyatlarini o‘rganish, ularni tashxislash hamda korreksiyalash “Pedagogik diagnostika va korreksiya” fanining tadqiqot predmeti sanaladi. Korreksiyalash jarayonida ustuvor tamoyillarning aniqlanishi, pedagogik shartlarning inobatga olinishi kutilgan natijani qo‘lga kiritish imkonini beradi.
Nazorat topshiriqlari:
“Ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslik” deganda nimani tushnasiz?.
“Me’yordan xulqiy og‘ish” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
Me’yordan xulqiy og‘ishning qanday turlari mavjud?
Pedagogik og‘ish nima?
Pedagogik og‘ish qanday sabablarga ko‘ra yuzaga keladi?
Pedagogik og‘ishni korreksiyalashda nimalarga e’tibor qaratiladi?
Ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslikni korreksiyalashda qanday tamoyillar ustuvor ahamiyatga ega?
Ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslikni korreksiyalash qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?
Test topshiriqlari:
O‘quvchi xulq-atvori, xatti-harakatlarining ijtimoiy, shuningdek, jismoniy va ruhiy rivojlanganlik ko‘rsatkichlariga mos kelmasligi – bu ...
hayotiy tajribalarni o‘zlashtira olmaslik;
o‘quv fanlarini o‘zlashtira olmaslik;
ijtimoiy xulq-atvor ko‘nimalalarini o‘zlashtira olmaslik;
ijtimoiy axloq talablarini bilmaslik.
Bolaning mo‘tadil rivojlanishida buzilishlarni keltirib chiqaruvchi jismoniy, ruhiy, ixtimoiy yoki pedagogik nuqsonlar – bu ...