Ma’lumotlarnimatrisaorqaliifodalashusuli. Bu usul har qanday funksional va mantiqiy aloqalarga ega bo‘lgan satr va qatorlar (ustunlar) bo‘lgan jadval. Natijada matrisa pedagogik jarayonning turli omillari orasidagi aloqaning bor yoki yo‘qligini ochib beradi.
Ma’lumotlarnigrafikko‘rinishidaifodalashusuli. Grafik shaklda ma’lumotlarni taqdim qilish jadvallardan ham aniqroq, eksperimental ma’lumotlarning o‘zgarish jarayonini yaqqol ko‘rsatib beradi. Graflar to‘rtburchaklar koordinatali tizimda qurilgan bo‘lib, unda “X” o‘qida namunaning qiymati, “Y” o‘qi bo‘ylab qiymat, xususiyat tartibi va hodisaning chastotasi belgilanadi.
Grafik kompozisiya– grafikning barcha elementlaridan iboratkombinatsiya. O‘qish va tushunishni osonlashtiradigan grafik diqqatni jalb qilishi kerak. Grafik kompozisiyaning muhim jihati grafikning dizayni badiiy va estetik ahamiyatga ega bo‘lishini ta’minlashdir.
Odatda grafiklarni yaratishda muayyan shartlarga rioya qilinadi. Ular: grafikda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar raqamlarda ifodalanadigan statistik
ma’lumotlar orasidan sinchkovlik bilan tanlab olinishi lozim (tadqiqotga oid barcha ma’lumotlar ham grafik ko‘rinishida ifodalanmasligi kerak);
olingan ma’lumotlarni o‘zida o‘ta aniqlik bilan aks ettiradigan grafik turini tanlash maqsadga muvofiqdir;
jadvalning nomi aniq va to‘liq ifodalanishi, asosiy mazmunni o‘zida aks ettira olishi kerak; qolaversa, zarur bo‘lganda qo‘shimcha ravishda tushuntirishlar berilishi lozim;
yozuv (qayd)lar yoki izohlar, odatda, diagrammaning pastki qismida yoki o‘ng tomoniga joylashtiriladi;
o‘lchov raqamlari diagrammaning chap qismi va pastida yoxud o‘qlar bo‘ylab qo‘llanilishi kerak. Diagrammaning yotiq (gorizontal) shkalasi (abssissa – bo‘lingan nuqtalar bo‘ylab) chapdan o‘ngga, tik (vertikal) shkalasi esa (ordinata
nuqtaning tekislik yoki fazodagi vaziyatini ko‘rsatuvchi koordinata bo‘ylab) – pastdan yuqoriga qarab qurilishi kerak;
agar raqamli ma’lumotlar diagrammalarga kiritilmagan bo‘lsa, ularni jadval ko‘rinishida yonma-yon ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir;
koordinata panjarasining zichligi optimal bo‘lishi kerak, grafikni o‘qishga to‘sqinlik qilmasligi kerak;
diagrammada qo‘llaniladigan ranglar turi uchtadan oshmasligi lozim;
agar grafiklar bir qator kuzatuvlarni ifodalasa, alohida kuzatishlarga mos keladigan barcha nuqtalarni aniq belgilash tavsiya etiladi51.