Bevosita o‘lchash – o‘lchanadigan ob’ektni biron-bir standart, tayancho‘lchagichbilan to‘g‘ridan-to‘g‘ritaqqoslash. Bu turdagi o‘lchash pedagogik tadqiqotlarda kamdan-kam uchraydi. Bevosita o‘lchash ko‘p holatlarda o‘quvchilarning jismoniy rivojlanganlik darajasini baholashda qo‘llaniladi. Pedagogik tadqiqotlarda ko‘pincha bilvosita o‘lchashdan foydalaniladi.
Bilvositao‘lchash– ob’ektholatinima’lummezonlar(masalan,savollargaqaytarilganjavoblarmazmunivasoni,to‘g‘ribajarilgantopshiriqlar soni, muammoli masalalarni hal qilish, diktant, yozma ish,inshodagixatolar,xulq-atvordagiog‘ishlarvaboshqalar)yordamida ma’lumvositalar(nazoratishlari,testtopshiriqlari,loyihalar,imtihonvasinovsavollari)yordamidabaholash53. Shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, bugungi kunda ham pedagogik hodisalarning turli jihatlarini o‘lchash vazifasi hal qilinmagan. Bu “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Sifat va miqdor ko‘rsatkichlari.Psixologik va pedagogik tadqiqotlarda ma’lumot to‘plashning asosiy muammosi o‘rganilayotgan ob’ektlar va jarayonlarning sifatiga miqdoriy baho berishdir.
Hanuzgacha tavsiflovchi va empirik fanlar bo‘lib qolayotgan pedagogika hamda psixologiya sohalarida amalga oshirilayotgan tajribalarda qo‘lga kiritilayotgan ma’lumotlarning asosiy turi sifat, mazmun xarakteriga ega.