Tayanchvazifasi- yumshoq to‘qima va a’zolarning skeletning ayrim qismlariga birikib turishi natijasida vujudga keladi.
Harakat vazifasi - skeletni tashkil qilgan suyaklarning har xil richaglar hosil qilib bo‘g‘im orqali birlashishi va nerv sistemasi yordamida muskullar qisqarishi bilan vujudga keladi.
Himoya vazifasi -skeletning alohida bo‘shliqlaridan vujudga kelgan bo‘shliqlar orqali bajariladi. Masalan: umurtqalar yig‘ilib, orqa miyaning joylashishiga moslashgan kanal, bosh miya uchun kalla suyaklaridan hosil bo‘lgan kallaning miya bo‘shlig‘i, yurak va o‘pkaning saqlanishiga moslashgan ko‘krak qafasi, jinsiy a‘zolarni tashqi ta‘sirdan saqlab turadigan chanoq bo‘shlig‘i shular jumlasidan. Bundan tashqari, suyaklar organizmning biologik muxofazasini bajaradigan va to‘qimalarga O2 yetkazib beradigan qon tanachalarini vujudga keltiradigan ko’mikni ham saqlab turadi.
Depo (zaxira) vazifasi -suyaklar mineral tuzlarning zaxirasi hisoblanadi: suyak taribining 70% i mineral birikmalarga to‘g‘ri keladi.
Qonyaratuvchanligi(gemopoez): Bolaning embrional davridan boshlab naysimon suyaklar bo‘shlig‘idagi qizil ilik qonning shaklli elementlari (eritrotsit, leykotsit, trombotsitlar)ni hosil qiladi, Shu bois suyak ko‘migi qon yaratishning asosiy (markaziy) a‘zosi hisoblanadi.
Suyaklar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga ko‘ra quyidagicha tavsiflanadi: