O‘pkaning tiriklik hajmi. O‘pkaning tiriklik hajmi deb, chuqur nafas olgandan keyin bir marta nafas chiqargandagi havo miqdoriga aytiladi. Bu bir marta nafas olganda o‘pkaga to‘ldirish mumkin bo‘lgan eng ko‘p havo hajmidir. Uni spirometr deb ataladigan asbob yordamida o‘lchanadi. Turli yosh va jinsdagi bolalarda o‘pkaning tiriklik hajmi har xil bo‘ladi.
Jismoniy ish, sport mashg‘ulotlari natijasida o‘pkaning tiriklik hajmi ortadi. Jismoniy nagruzka nechog‘li katta bo‘lsa, nafas funksiyasi shuncha ko‘p o‘zgaradi - nafas harakatlari soni va chuqurligi, o‘pka ventilyatsiyasi ortadi. Bola tinch holatda bo‘lganda o‘pka tiriklik hajmining faqat bir qismidan foydalaniladi. Qolgan rezerv kislorodga ehtiyoj tug‘ilganda sarflanishi mumkin.
Ko‘krak qafasi aylanasi kattalashib borgan sayin o‘pkaning tiriklik hajmi ortib boradi. O‘pkani tiriklik sig‘imini oshirish uchun fizkultura mashqlari, ertalabki zaryadka, yugurish, chang‘i uchish, eshkak eshish va kuch ishlatiladigan jismoniy mehnat bilan Shug‘ullanish tavsiya etiladi. Biroq, 22- 25 yoshga borgandan keyin o‘pkaning tiriklik hajmi ortmay qo‘yadi, 40-45 yoshdan keyin esa u odamning o‘ziga aloqador o‘zgarishlar munosabati bilan asta-sekin kamaya boradi.
Imkoni boricha juda chuqur nafas chiqargandan keyin o‘pkada har qalay bir oz havo qoladi. Odam o‘lganidan keyin ham o‘pkasida havo qoladi, shuning uchun uni qoldiq havo deb atash rasm bo‘lgan. Tiriklik sig‘im bilan qoldiq havo yig‘indisi o‘pkada umumiy havo miqdorini tashkil etadi.
Sog‘lom bolalarda jismoniy nagruzkadan keyin zo‘raygan o‘pka ventilyatsiyasi 6-10 minut o‘tgach asliga keladi, juda katta jismoniy nagruzkadan keyin esa uning asliga kelishi 15 minutgacha cho‘zilishi mumkin. Nafas sistemasi yaxshi mashq qildirilgan bolalar jismoniy nagruzkalarga bardosh beribgina qolmay, balki kasalliklarini ham yengil o‘tkazadilar [13,15].
Dostları ilə paylaş: |