Shu fe’llarga qarama-qarshi ma’noli fe’llarni toping. (…)
Husnixat darslarida bunday mashq turlari muntazam uyushtirib borildi. Natijada о‘quvchilar nutqiy faoliyati holat bildiruvchi fe’llar Bilan boyishidan tashqari, ona tili darslarida о‘rgangan ma’lumotlarini esladi. О‘kish darslarida о‘kigan asari qahramonlari haqida mustaqil fikr ifodalashni, ularga munosabat bildirishni о‘rgandilar va bog‘lanishli nutqi о‘sdi.
3-4-sinf ona tili darslarida holat bildiruvchi fe’llar ustida quyidagicha mashqlar uyushtirildi:
1. Fe’llar ichidan ijobiy munosabatni bildiruvchi fe’llarni topib yozing. Bu topshiriq saylanma diktant shaklida qayta bajartirilib, о‘quvchilar tushunchasi nazorat qilindi.
2. Shu fe’llar ishtirokida kichik hikoyacha tuzing.О‘quvchilar hikoyasidan namuna: Diloromning о‘zidan kattalarni, о‘rtoqlarini hurmat qiladi. Ulardan yordamini ayamaydi. Dо‘stlariga bergan yordamidan о‘zi xursand bо‘ladi. Dilorom о‘zini hurmat qilmaganlardan ranjiydi. Holat bildiruvchi fe’llar ustida ishlashda kartochkalardan keng foydalanildi. Kartochkalarda quyidagicha topshiriqlar berildi:
1 - kartochka
Fe’llarni о‘qing. Undagi fe’llar nima uchun guruhlarga ajratilgan?
Sevinmoq, quvonmoq. Sog‘inmoq, , qumsamoq, ichikmoq. Xavotirlanmoq, bezovtalanmoq, tashvishlanmoq. 2- kartochka
Tashvishlanmoq fe’liga jadvaldan ma’nodosh fe’l topib yozing.
( Xavotirlanmoq, bezovtalanmoq, tashvishlanmoq.)
3 - kartochka
Tinchlanmoq, tinchlantirmoq fe’llari qaysi guruhga kiradi? Bu fe’llar nimasi Bilan farq qiladi? (Ishonchli holat ma’nosini bildiradi. Bu fe’llar ma’nolariga kо‘ra farqlanadi. Tinchlanmoq – “hayajonini, achchig‘ini bosib olgan“ ma’nosini, tinchlantirmoq – “hayajonga tushgan odam holatini bartaraf etmoq, tinch holatga keltirmoq“ ma’nosini bildiradi.)
О‘qish darslarida ham holat bildiruvchi fe’llar ustida ishlash orqali о‘quvchilar lug‘at boyligi oshirib borildi. Ma’lumki, boshlang‘ich sinf о‘quvchilari asar voqealarga о‘z shaxsiy munosabatini, о‘qiganlarida olgan taassurotlarini, asar qahramonlari xususidagi fikrlarini ifodalab berishga qiynaladilar.Bunga о‘rgatishda va о‘quvchilar nutqini emotsional fe’llar Bilan boyitish maqsadida asar tahlilida quyidagi topshiriqlar berildi. Masalan, Sunnatilla Anorboevning “Qо‘rqoq“ hikoyasi о‘qib-о‘rganilayotganda quyidagi savol-topshiriqlar ustida ishlandi:
-Hikoyaning boshida berilgan voqealarni о‘qing. Bahromda qanday holatlar yuz berdi? (О‘rtoqlariga yurgin deb yalindi; kо‘zini mо‘ltillatib yotaverdi; ularning ketidan ura qochardi.)
-Bahromda о‘rtoqlarining ta’nalaridan sо‘ng qanday holat yuz berdi? Shu о‘rinni asardan topib о‘qing va sо‘zlab bering.
-Jumanazarda qanday holat yuz berdi? (achindi, rahmi keldi.)
-Hikoyadagi voqealar Bilan tanishganingizda sizda qanday hissiyotlar paydo bо‘ldi? (Bahromga achindim. О‘rtoqlaridan ranjidim, Bahromga havasim keldi, xursand bо‘ldim, Bahromdek bо‘lishga intildim…..)
- “Qо‘rqoq“ hikoyasida yozuvchi holat bildiruvchi qaysi fe’llardan foydalangan? (…….)
Uyga vazifa о‘quvchi uchun mustaqil ish. Uning qaydaraja olgan bilimlarini amalga tadbiq eta olishi uyda bajarib kelgan vazifasida kо‘rinadi. Shuning uchun о‘kish darslarida uyga “Laqma it“ asaridan itning holatini ifodalovchi fe’llarni topib yozing.(sovqotadi, yolvoradi, tumshayib yurar, yalinar) “Laqma it“ asari о‘rganilayotganda, “Asardagi qaysi qahramon hamma hayvonlarni bezovta qildi? savoli berildi (it) va bezovta qildi fe’lining ma’nosi sо‘raldi. О‘quvchilar qayta hikoyalashda shu kabi fe’llardan foydalanishlari ta’kidlandi. “Tushovli toy“ hikoyasidan tushovlangan toyning holatini ifodalovchi fe’llarni topib yozing. О‘quvchi fe’llarni topish uchun asarni qayta-qayta о‘qiydi va fe’llarni – harakat-holat bildiruvchi sо‘zlarni boshqa sо‘z turkumlaridan farqlab oladi, ya’ni grammatik tushunchalarni ham mustahkamlab boradi.
“E’zoz“ hikoyasi yuzasidan quyidagicha topshiriq berildi.
-Hikoyadan holat ifodalovchi fe’llarni topib, ularning ma’nosini “Izohli lug‘at“dan aniqlang. Ularni lug‘at daftaringizga yozing. (qayg‘uradilar, о‘ylanadilar.)
Yuqoridagi kabi mashqlardan sо‘ng о‘quvchilarning lug‘at boyligini aniqlash maqsadida insho yozdirdik. Holat bildiruvchi sо‘zlar yuzasidan mashqlar о‘tkazilmagan vaqtda о‘quvchilar yozma ishida atigi 7tagina holat bildiruvchi fe’llar ishtirok etgan bо‘lsa, maxsus shug‘ullanishlardan sо‘ng 10dan ortiq holat bildiruvchi sо‘zlardan foydalandilar. Fe’llarning ma’nodoshlarini qо‘llab nozik hissiyotlarini ham ifodalashga harakat qilishgan.
Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari lug‘atini fe’llar bilan boyitish va nutqini о‘stirish uchun fe’llarning ma’nosini о‘z sо‘zlari bilan izohlash, undan nutqda foydalanishga ehtiyoj sezadigan vaziyatni yuzaga keltirish, fe’lning tо‘g‘ri talaffuzi va imlosini о‘zlashtirishlari uchun turli shakl va mazmundagi mashqlar bajartirish yaxshi natijalarni berdi.
Holat bildiruvchi fe’llar ustida ishlash о‘quvchilarni axloqiy jihatdan tarbiyalashga, nutq madaniyatining shakllanishiga katta yordam berdi.