Nima qildi? Nima qilyapti? Nima qilmoqchi?
so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar harakatni bildiradi.
Ular fe’l so’z turkumiga kiradi.
376-mashq asosida “Bilimdonlar bahsi” o’tkaziladi. Mashq matnidan fe’llarni topish va tagiga chizish. O’quvchilardan saralab doskaga chiqariladi. Ular birma-bir gaplarni yozib, fe’llarning tagiga chizadi.
Kechqurun Mannon akamning oldiga bordim. Uyimizning buzilishini aytdim.
Sen xafa bo’lma, hammamzning uyimiz buziladi. Bu yerga kattakon teatr quriladi,-dedi Mannon aka.
Uyimiz buzildi. Biz boshqa yoqqa, Mannon akam boshqa yoqqa ko’chib ketdi.
Bir kuni akam menga surati bor bir kitob berdi. Bir mahal menga tanish odamning suratini ko’rib qoldim. Suratning tagiga teatrning bosh rejissori Mannon Uyg’urning nomi yozilgandi.
O’sha kuni men yo’qotgan odamimni topidim.
Oqituvchi mashqni bajartirgach, o’quvchilarga savol bilan murojaat qiladi: -Harakat biladiradigan so’zlar gapda qanday bo’lak vazifasida kelmoqda? Ularning tagiga qanday chiziladi? Zukko o’quvchilar javob berishadi.
F e’llar gapda asosan kesim bo’lib keladi!Bundan tashqari:
Ega. O’qish-ulg’ayish.
Aniqlovchi. Birlashgan odamlar o’zarlar.
To’ldiruvchi. O’qimoqni o’rgan.
Hol. U yura-yura charchadi.
Ifodali o’qish , ruhiy hordiq berish . 377-mashqdagi she’rni o’quvchilardan biri ifodali yoddan aytib beradi.
O’yin bo’lsa
O’yin bo’lsa, o’ynaymiz,
Bo’lmasa-chi, topamiz.
Topolmasak, zir yelib,
To’rt tomonga chopamiz.
Yiqilamiz, turamiz,
Shu ham o’yin atalar,
Bizday necha yiqilib,
Katta bo’lgan otalar. Tolib Yo’ldosh.
So’ngra o’qituvchi matndagi fe’llarni topib, tagiga kerakli chiziqlarni chizishni topshiradi.Masalan: o’ynaymiz—kesim, topamiz—kesim , topomasak—kesim, yelib—kesim... .
“Men bilaman” topshirig’i. 378-mashq. Og’zaki bajariladi. O’qituvchi matnni o’qib beradi va mazmunini o’quvchilardan so’raydi.
Uquv-drok kishini pokizalaydi. Bili yuksaltiradi.Inson boshqa mavjudotlardan o’z bilimi bilan farqlanadi. Dunyodagi turli-tuman hunarlar o’quv va bilimga tayanadi....
Zakovat ont ichishib do’stlashgan kishilarga o’xshaydi.Bilim yaqin qarindoshlarga o’xshaydi, inson do’stlari, qarindoshlari davrasida o’zini kuchli sezadi. Bilimsizlar-chi? (Yusuf Xos Hojib)
So’ngra o’quvchilar fe’llarni aniqlab, ularning gapdagi vazifasini og’zaki aytib berishadi.
Dostları ilə paylaş: |