3. 3-sinfda fe’llar bilan о‘quvchilar lug‘atini boyitish
Biz ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas rivojlanib, boyib kelayotgan tilimizning vorislarimiz. О‘quvchilarni tilning mavjud imkoniyatlaridan nutq jarayonida maqsadga muvofiq foydalana olishga о‘rgatish maktab ona tili ta’limi oldida turgan mas’uliyatli vazifalardan sanaladi.
Boshlang‘ich sinf о‘quvchilariga ona tili va о‘qish darslari berilgan lingvistik ma’lumotlar savollar asosida gapirtiriladi, kо‘rgan va kuzatganlari, о‘qigan badiiy asarlar matni og‘zaki qayta hikoyalatiladi. Rasm asosida gap yoki matn tuzidiriladi. Biz о‘quvchilarning javoblarida, tuzgan gap va matnlarida, qayta hikoyalashdagi nutqida qanday fe’llardan kо‘proq foydalanishlarini о‘rgandik. Ularning nutqida asosan sо‘zlashuv nutqida kо‘p qо‘llanadigan keldi, ketdi, aytdi, sо‘radi, gapirdi kabi fe’llarning ishlatilishini aniqladik. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining nutqi his-tuyg‘u, munosabat, axloqiy tushunchalarni va holat ifodalaydigan sо‘zlarga kambag‘al ekanining guvohi bо‘ldik. О‘quvchilar nutqiy faoliyatida asosan qо‘rqmoq, xavotirlanmaoq, hayajonlanmoq, qizishmoq, yoqmoq kabi fe’llardan foydalandilar. Shundan sо‘ng о‘quvchilarning emotsional holat va munosabat ifodalaydigan fe’llardan kam foydalanishlarining sabablarini aniqladik. Sabablari sifatida quyidagilarni kо‘rsatish mumkin:
1. Ona tili darsliklariga kiritilgan mashq matnlarida emoional holat ifodalovchi fe’llar kam qо‘llangan. Masalan, 1- sinf “Ona tili“ darsligida yayramoq, sevinmoq; 2- sinf “Ona tili“ darsligida jilmaymoq, xursand bо‘lmoq, qiynalmoq, sevindi, sevinishdi, erkalandi, suyuldi, shodlandi kabi; 3- sinf “Ona tili“ darsligida darg‘azab bо‘lmoq, ta’sirlanmoq, sevinmoq, istamoq, yayramoq, yotsiramoq, najot istamoq, jonlanmoq, xursand bо‘lmoq, xursand bо‘lmoq, sog‘aymoq kabi; 4- sinf “Ona tili“ darsligida charchamoq, xursand bо‘lmoq, jо‘shmoq, zerikmoq, qiynalmoq, sо‘lg‘inlashib, chimirilmoq, kulib qaramoq, nafratlanmoq, hazar qilmoq, yayrab ketmoq, baxramand bо‘lmoq, quvonishardi, suyunib ketdi, xafa bо‘libdi, hayron qolmoq, faxrlanmoq, zirillamoq, achinib ketishdi, mamnun bо‘lmoq,yig‘lamoq, og‘rinmoq, achinmoq, ezilmoq,qо‘rqmoq, xavotirlanmoq, charchamoq, zavqlanmoq kabi fe’llar qо‘llangan.
2. Ona tili darslari о‘qituvchi о‘quvchilarga о‘rganilayotgan mavzu yuzasidan sо‘z toptirishda, birikma yoki gaplar tuzdirishda keltirilgan misollardagi fe’llarga e’tibor bermaydi. О‘quvchilar kundalik hayotda ishlatadigan keldi, ketdi, uxladi, о‘tirdi, gapirdi kabi fe’llar bilan cheklanib qolmoqdalar.
О‘quvchilarning emotsional holat va munosabat ifodalovchi fe’llardan kam foydalanishlarini, fe’llarning kо‘pi asason kо‘p ma’noli bо‘lishini hisobga olib, ona tili, husnixat va о‘qish darslarida ularning nutqini emoional holat va munosabat ifodalovchi fe’llar bilan boyitishni maqsad qilib oldik. О‘quvsilar nutqini fe’llar bilan boyitish ustida ishlash ularning nutqiy fikrlash qobiliyatlarini va tilga sezgirligini rivojlantirishga katta imkoniyatlar yaratadi. О‘quvchilarning nutqiy faoliyatida emoional holat ifodalovchi fe’llardan foydalanishga о‘rgatishni osonlashtirish uchun bunday fe’llarni kо‘yidagi guruhlarga ajratib oldik:
1.Yomon ruhiy holatni ifodalovchi fe’llar: sog‘inmoq, qumsamoq, ichikmoq, qayg‘urmoq, qiynalmoq, toliqmoq, azoblanmoq, afsuslanmoq, siqilmoq, ranjimoq, alam qilmoq, ozor chekmoq, alam chekmoq, tashvishlanmoq, ozor bermoq kabi.
2.Yaxshi ruhiy holatni ifodalovchi fe’llar: shodlanmoq, sevinmoq, quvonmoq, tantana qilmoq, g‘alaba qilmoq kabi.
3. Hayajonli holatni ifodalovchi fe’llar: tо‘lqinlanmoq, hayajonlanmoq, hayajonga solmoq, bezovtalanmoq, urintirmoq, ovora qilmoq, ranjitmoq, tashvishlanmoq, xavotirlanmoq, havotirga solmoq, hayron qoldirmoq, hayratlanmoq, tо‘lqinlanmoq, hovliqtirmoq, achchiqlantirmoq, achchiqlanmoq.
4. Ishonchli, dadil holatni ifodalovchi fe’llar: dadillanmoq, jonlantirmoq, jonlanmoq, qizimoq, g‘ayratlantirmoq, ruhlantirmoq, ovutmoq, tinchlantirmoq, ovunmoq, tinchlanmoq, tinchitmoq, hotirjam bо‘lmoq, juо‘at qilmoq kabi.
5. О‘ziga ishonchsizlik holatini ifodalovchi fe’llar: qо‘rqmoq, xadiksiramoq, chо‘chimoq, hurkmoq, nomus qilmoq, hijolat tortmoq.
6. Hayron qolish, ajablanish holatini ifodalovchi fe’llar: ajablanmoq, hayron bо‘lmoq, hayratda qoldirmoq.
7. Ijobiy munosabatni ifodalovchi fe’llar: sevmoq, hurmat qilmoq, zavqlanmoq, maftun bо‘lmoq, qoyil qolmoq, shodlanmoq, zavq bilan qaramoq, ulug‘lamoq, izzatlamoq, hurmatlamoq, erkalamoq, suymoq, silamoq, mehribonlik qilmoq..
8. Salbiy munosabat bildiruvchi fe’llar: nafratlanmoq, yomon kо‘rmoq, achchiqlanmoq, jahli chiqmoq,, g‘azablanmoq, bо‘g‘ilmoq, achchig‘ini keltirmoq, achchiqlantirmoq, g‘azablantirmoq, qahrlanmoq.
9. О‘zgalarning kechinmalarini his qilish holatini ifodalovchi fe’llar: istamoq, xohlamoq, ayamoq, achinmoq, tilamoq, rahm qilmoq, yoqlamoq, ma’qullamoq, hamdard bо‘lmoq..
Yuqoridagi fe’llar guruhi jadvalga solinib sinfga ilib qо‘yildi. Bu fe’llarni о‘quvchilar nutqiga kiritish uchun 4-sinfda husnixat darslarida yozilishi rejalashtirilgan harflar Bilan bog‘liq holda holat bildiruvchi fe’llar yuzasidan quyidagicha topshiriqlar ishlab chiqdik:
n,m.r harflarini daftaringizga husnixat bilan yozing.
Bu harflar qaysi tovushlarni ifodalaydi?
3.Fe’llar jadvalidan shu harflar ishtirok etgan sо‘zlarni topib yozing. О‘quvchilar ranjitmoq, ranjimoq, achinmoq, hayron qoldirmoq mamnun bо‘lmoq, quvonmoq kabi fe’llarni yozib oldilar.
4.Bu fe’llar qanday holatni bildiryapti? (О‘quvchilar jadvalga qarab aytadilar.)
5.Siz о‘qigan qaysi asar qahramonida shunday holat bо‘lgan? О‘quvchilar Normurod Norqobilovning “Xarita“ asarida Samad va Rasul bо‘lgan. Rasul Samadni ranjitadi. Keyin о‘zi uni hayron qoldirmoqchi bо‘ladi. Xaritani chizgach quvonadi.
6. Ranjidi va ranjitdi fe’llarining ma’nosidagi farqni ayting.(Ranjidi – bir odam boshqa odamdan ranjiydi, xafa bо‘ladi. Ranjitdi – bir odam boshqa odamni xafa qiladi, ranjitadi.)
-Odamlar qaysi holatlarda boshqalardan ranjiydi? (….)
-Havotirlanmoq, mamnun bо‘lmoq, achinmoq, quvonmoq fe’llari qaysi asardagi qahramonlarning holatini ifodalaydi?
-“Shoira“ hikoyasidagi Shoira va uning onasini ta’riflashda ishlatish mumkin. Shoirda о‘rtog‘iga achinadi.Unga uy ishlarida yordamlashadi. Onasi ishdan kelsa, Shoira uyda yо‘q bо‘ladi. Onasi xavotirlanadi. Shoiraning о‘rtog‘iga yordamlashganini kо‘rib quvonadi, qizidan mamnun bо‘ladi.
Q harfi yozilishi rejalashtirilgan husnixat darsida kо‘yidagi kabi ish turidan foydalanildi. О‘quvchilarga qiynamoq va qiynalmoq fe’llari yozilgan kartochka kо‘rsatildi va quyidagi topshiriqlar berildi:
1. Bu sо‘zlar fe’llarning qaysi guruhiga kiradi? (Yomon holatni bildiruvchi fe’llar)
2. Bu ikki fe’lning ma’nosidagi farqni izohli lug‘atdan topib ayting?
-Qiynamoq – birovga ozor bermoq .
Dostları ilə paylaş: |