O‘zbekiston Respublikasi Xalq tа’limi vаzirligi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə2/6
tarix22.10.2017
ölçüsü0,53 Mb.
#9708
1   2   3   4   5   6

O‘quv dasturiga uqtirish xati

Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida «Tasviriy san’at» o‘quv fani o‘quvchilarda badiiy-estetik madaniyatni uyg‘un rivojlanishiga hizmat qiladi va shaxs uchun muhim bo‘lgan qator sifatlarni shakllantirish va rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa o‘quvchilarning milliy merosni o‘zlashtirishlari uchun hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishishlari uchun ko‘maklashadi. Maktabda tasviriy san’atdan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar qo‘yidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:

- o‘quvchilarda badiiy-ijodiy qobiliyatlarni o‘stirish;

- o‘quvchilarni tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardagi go‘zalliklarni ko‘ra bilish va idrok etish, hamda kuzatish asosida olingan his-tuyg‘u va tushunchalarni hayotga tatbiq etishga o‘rgatish;

- o‘quvchilarning tasviriy-ijodiy malakalarini shakllantirish;

- bolalarda ko‘rish xotirasini, chamalash qobiliyatini, rang sezishni, kompozitsion madaniyatni, fazoviy fikrlash, obrazli tasavvur va kombinatsiyalash kabi hususiyatlarni rivojlantirish;

- xalq amaliy san'ti, tasviriy san’at bilan tanishtirish orqali barcha bolalarni badiiy-estetik didini o‘stirish;

- o‘quvchilarni tasviriy va amaliy bezak san’ati, me'morlik asoslari bilan tanishtira borib, ularda ushbu san’at turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini idrok etishga o‘rgatish vositasida, ularni badiiy fikr doirasini kengaytirish;

- o‘quvchilarda amaliy va tasviriy san’atga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash;

- amaliy va tasviriy san’at, darslarida olingan bilim va malakalarni hayotda qo‘llay olishga o‘rgatish;

- estetik va emotsional sezgirlikni o‘stirish.

Maktabda 1-4 sinf tasviriy san’at darslarida mashg‘ulotlarning qo‘yidagi turlari bo‘yicha ishlar olib boriladi:




Mashg‘ulotlarning turlari

Sinflar

1

2

3

4

Borliqni va san’atni idrok etish:

- Borliqni idrok etish

- San’atni idrok etish

- Naturaga qarab tasvirlash:

a) naturaga qarab rasm ishlash

b) naturaga qarab haykal ishlash

Kompozitsion faoliyat:

a) rangtasvir kompozitsiyasi

b) dekorativ kompozitsiya

v) haykaltaroshlik kompozitsiyasi



3

-

-


5

7
6


5

7


6

-

-


12

14
12

10

14


-

6

4


10

12
13

12

11


-

6

8


10

6
14

12

12


JAMI:

33

68

68

68

Mazkur o‘quv fanidagi ta'lim va tarbiya asosan ikki bo‘limdan (amaliy va nazariy) tashkil topadi: Amaliy-badiiy faoliyat. Idrok etish. Amaliy ishlar birinchi sinfdan to to‘rtinchi sinfgacha, asosan o‘quv masalalarini hal qilishga qaratiladi. Kompozitsion faoliyat. Rang va buyoqlar. Shakl, proporsiya, konsruksiya. Boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida bolalarda ijodkorlik, mustaqil fikr yuritish va ishlash qobiliyatlarini tarbiyalash yetakchi o‘rinni egallaydi.

Birinchi va ikkinchi sinflardagi kabi 3-4 sinflarda bo‘yoq bilan ishlash mashg‘ulotlarida ranglarning turli tus va och-to‘qligini farqlay bilishga, kerakli ranglarni tanlay olishga o‘rgatish asosiy vazifadir. Bu sinflarda ko‘proq guash, akvarel bo‘yog‘idan va ularning aralashmalaridan foydalaniladi.

Mazkur o‘quv predmetining xarakterli xususiyatlaridan biri shundaki, unda amaliy san’atga katta o‘rin beriladi. 3-4 sinflarda o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan naqsh sxemalari va elementlari asosida bolalar turli predmetlar uchun naqsh ishlaydilar. Mustaqil ravishda ijodiy naqshlar tuzadilar, bezak ishlarini bajaridilar. Bu vazifalarni bajarishda asosiy e'tiborni dekorativ kompozitsiya va ranglarga qaratadilar.


Borliqni va san’atni idrok etish

1-2 sinflarda o‘quvchilar borliqni va san’atni idrok etish bilan bevosita darsning boshlanishida 5-10 daqiqa mobaynida tanishib boradilar. Bu darslar uchun alohida mavzular, o‘quv soatlari ajratilmaydi. Lekin, o‘quv yili oxirida o‘tilgan darslar hajmi jadvalda ko‘rsatilgan soatlarni tashkil etmog‘i lozim.

3-4 sinflarda esa bu mashg‘ulot turi ikki qismga:

1. Borliqni idrok etish.

2. San’atni idrok etish kabilarga bo‘lib o‘rganiladi.
Borliqni idrok etish

Borliqni esetik idrok etish mashg‘ulotlari odatda mavzuli kompozitsiyalarni bajarishdan oldin o‘tkaziladi. Bunda mavzuga oid kompozitsiyaga tegishli muhim ob'ektlarni yaxshilab kuzatadilar.

Borliqni estetik idrok etish mashg‘ulotlarida o‘qituvchi o‘z imkoniyati va sharoitidan kelib chiqib, darsni suhbat tarzida yoki amaliy mashg‘ulot bilan qo‘shib o‘tkazishi mumkin.

Borliqni to‘laqonli idrok etish tevarak-atrofni, hayotdagi voqyea va hodisalarni bevosita kuzatish asosida olingan taassurotlar, tushunchalar hamda atrof-muhitga nisbatan estetik munosabatda bo‘lish singarilar bilan bog‘liqdir.

Boshlang‘ich sinflarda bolalar o‘simliklar, hayvonlar, qushlar, baliqlarni kuzatidilar, tabiatning turli fasllardagi ko‘rinishlari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Boshlang‘ich sinflarda borliq haqida suhbatlar o‘tkazish o‘quvchilarga hayotdagi ba'zi bir hodisalarni kengroq bilib olishlariga yordam beradi, narsalarning shakli, tuzilishini ma'lum miqdorda tahlil qilish va umumlashtirish qobiliyatlarini o‘stirish imkonini yaratadi.

Me'morlik va qurilish ishlari, shahar va qishloq manzarasining o‘ziga xosligi va go‘zalligi, me'morlikning tabiat bilan bog‘liqligi hamda binolarning turli ko‘rinishlari bilan tanishish o‘quvchilarning badiiy faoliyatiga samarali ta'sir ko‘rsatadi. Bolalarning badiiy faoliyatini faollashtirishga mehnat jarayonlarining go‘zalligi hamda mehnat qurollari haqidagi suhbatlar, yurtimiz va qo‘shni o‘lkalar tabiati va xalqlarning hayoti bilan tanishtirish ham katta yordam beradi.


San’atni idrok etish

Mazkur bo‘limning maqsadi o‘quvchilar tomonidan san’at asarlarini ongli idrok etish va baholash, uning jamiyat va odamlar hayotidagi ahamiyatini tushunishga yordam berishdan iborat.

San’atni idrok etish bo‘limida qo‘yidagi o‘quv ishlarini hal etish ko‘zda tutiladi: San’atning obrazli tili bilan tanishish (badiiy obrazdagi shakl va mazmun birligi tushunchasini rivojlantirish). Asar haqida mustaqil fikrga ega bo‘lish va uni bayon qila olish. San’at va uning tarixi haqida tushuncha va bilimlarga ega bo‘lish. Iboralar (atamalar)dan foydalana bilish.

Badiiy obrazni idrok etish malakalarini rivojlantirish - san’at asarlarini o‘rganishning asosidir. O‘quvchilar asar haqida mulohaza yuritib, idrok etishni, uning mazmunini maxsus terminlarni qo‘llagan holda so‘zlab berishni, shuningdek, asarda qo‘llagan tasviriy vositalarni payqab olish va uni ta'kidlab o‘tishni bilishlari lozim.

San’atni idrok etishga 2 sinflarda maxsus soatlar ajratilmaydi, u xotira va tasavvur asosida rasm ishlash mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. 3-sinfdan boshlab esa san’atni idrok etish bo‘yicha maxsus darslar tashkil etiladi.

San’atni idrok etish bo‘limi o‘quvchi shaxsining rivojiga ko‘maklashib, uni jahon madaniyatining buyuk namunalari bilan tanishtiradi, badiiy didini shakllantirib, san’atni sevishga o‘rgatadi.

3-4 sinflarda tasviriy san’at asarlarini idrok etishga oid o‘quv materiallari o‘quvchilarning amaliy ishlari bilan bog‘iq holda berib boriladi. San’at asarlarining nus’halarini ko‘rsatish va ular haqida so‘zlab berish bolalarda san’atga qiziqishni orttiradi va shu sohada shug‘ullanishga yo‘llaydi. Asarlarni namoyish etishda bolalar unda ifodalangan asosiy fikr va qo‘llanilgan badiiy-tasviriy vositalar bilan tanishtiriladi.

Dasturda o‘quvchilarga namoyish etiladigan san’at asarlarining namunaviy ro‘yhati mo‘ljaldan ko‘proq berilgan. Bundan maqsad o‘qituvchilarning sharoitidan kelib chiqqan holda ularga san’at asarlarini tanlab olishlariga imkoniyatlarni kengaytirishdir.



Naturaga qarab tasvirlash

Naturaga qarab tasvirlash ikki turga bo‘linadi: a) naturaga qarab rasm ishlash; b) naturaga qarab haykal ishlash. Naturaga qarab rasm ishlash o‘quvchilarda narsa va hodisalarning hajmi va fazoda joylashuvi, ularning bir muncha tipik belgilari haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi, tasvirlash malakalarini o‘stiradi.

Dars jarayonida o‘quvchilar tasvirlanayotgan narsaning mazmuniga mos kelishini e'tiborga olishlari, rasm ishlashda barcha ifodalanayotgan detallarning asosiy bosh maqsadga bo‘ysundirilishini, bunda tasvirlashning eng ifodali yo‘lini topa bilishni o‘rganishlari zarur bo‘ladi. Ular rasmda narsalarning nisbati, shakli tuzilishini, rangini ko‘ra bilish va to‘g‘ri aks ettira olishga, tasvirning estetik ifodaliligini xis eta olishni o‘rganib olishlari lozim. O‘quvchilar rejaga qarab turli badiiy materiallardan foydalanishni bilishlari ham zarur.

3-4 sinflarda naturaga qarab tasvirlash darslarida, o‘quvchilar avval tasvirlanayotgan narsaning umumiy va estetik jihatdan ahamiyatli tomonlarini aniqlab oladilar, keyin esa narsaning qismlari va detallarini aks ettirishni o‘rganadilar.

Naturaga qarab rasm chizish vazifalari 1-2 dars davomida va qisqa muddatli (5-15 daqiqa davomida bajaradigan lavha va chizgilar) bo‘lishi mumkin. Lavha va chizgilar darsning muayyan mavzusidan kelib chiqib, darsning boshlanish qismi, o‘rtasi yoki oxirida bajarilishi mumkin. O‘quvchilarning ko‘rib, eslab qolish qobiliyatini, makon haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish uchun ularga eslab va tasavvur qilib rasm chizish bo‘yicha ko‘proq vazifa berish kerak bo‘ladi.

Rangtasvir mashg‘ulotlarida bolalar e'tibori ranglar uyg‘unligini idrok qilishni rivojlantirishga, akvarel yoki guash bo‘yoqlari bilan asliga qarab, eslab qolib va tasavvur qilib chizishga qaratilgan.

Naturaga qarab rasm ishlash mashg‘ulotlarida o‘qituvchi bolalar e'tiborini tasvirlanayotgan ob'ektlarning nafis va go‘zalligini ranglarning hamohangligini, shakl mutanosibligiga, tasvirlanayotgan buyumlar orasidagi o‘zaro mantiqiy bog‘liqlik kabilarga qaratadi. O‘quvchilar esa rasm va rangtasvirning rassom fikrlari, sezgilarini ifodalovchi, borliqni aks ettiruvchi asosiy vosita ekanligini anglay olmoqlari lozim.

Naturaga qarab haykal ishlash mashg‘ulotlarida naturani ko‘ra bilish, uning asosiy shaklini, hajmini, tuzilishi va o‘zaro nisbatlarini ajrata olishga o‘rgatadi. Shuningdek, bunday mashg‘ulotlarda haykaltaroshlikda qo‘llaniladigan material va asboblar bilan ishlash yuzasidan muayyan bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil qilinadi. Bulardan tashqari o‘quvchilar tuzilishi jihatidan unchalik murakkab bo‘lmagan haykallarni alohida-alohida va yaxlit loy bo‘laklaridan ishlash yo‘llarini ham o‘zlashtiradilar.

Bunday darslarda bolalar hajmi va relefli haykallar ishlaydilar. Natura uchun narsaning tashqi tuzilishi, rangi, proporsiyalari aniq ko‘rinib turadiganlari tanlab olinadi.

Haykaltaroshlik ishlarida natura hajmdor qilib tasvirlanayotganligi tufayli ish jarayonida turli tomonlarga aylantirib turiladi. Mashg‘ulot o‘tkazilayotgan xonada naturaning shakli yaqol ko‘rinib turishi maqsadga muvofiqdir.



Kompozitsion faoliyat

Bu bo‘lim dasturda yetakchi o‘rinni egallaydi va qo‘yidagi qismlardan tashkil topadi:

a) rangtasvir kompozitsiyasi;

b) dekorativ kompozitsiya;

v) haykaltaroshlik kompozitsiyasi.

Rangtasvir kompozitsiyasi mavzu asosida, xotira va tasavvurdan rasmlar ishlash tarzida tashkil etiladi. Bunda tanlangan mavzuga ko‘ra, uning elementlari qog‘oz yuzasida bir-biriga bog‘liq holda joylashib, yaxlit kompozitsiyani hosil qiladi. O‘quvchilar mavzu mazmuniga mos keladigan kompozitsiyani topish uchun bir qancha xomaki ishlar, eskizlar ishlaydilar va ulardan maqsadga muvofiq keladiganlarini tanlab olib, kompozitsiya tuzishda qo‘llaydilar. Mavzuli kompozitsiyalar tuzishda detallarning o‘rnini almashtirish, qo‘shimcha detallar kiritish orqali kompozitsiya mazmunini boyitish kabilar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mazmunni ifodalashda kompozitsiyaning asosiy qonuniyatlariga rioya qilish lozim. Bular kompozitsiyaning bir butunligi, detallarni, shakllarni, ranglarni xillashtirish va ular o‘rtasidagi qarama-qarshilik asardagi hamma vositalarni bosh g‘oyaga bo‘ysundirishdan iborat.

Kompozitsiyada asar yaratishning muayyan qoidasini simmetriya, nosimmetriya, muvozanat, detallarning o‘lchovi, shakli, rangi kabilarga rioya qilinadi.

Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlari asosan tevarak-atrofdagi hayotni aks ettiruvchi mavzularda rasm ishlashga asoslanadi.

Kompozitsion faoliyat darslarida o‘qituvchi bolalarga bir yoki bir necha mavzuni tavsiya etadi. O‘quvchilar esa mavzulardan birini tanlab, shu asosda kompozitsiya tuzadilar. Mavzu asosida rasm chizishda o‘quvchilar narsalarning asliga qarab rasm ishlash, dekorativ rasm ishlash, san’atni va borliqni idrok etish darslarida olgan bilim va malakalariga tayanadilar.

Adabiy narsalarga illyustratsiyalar ishlash o‘quvchilarning eng qiziqarli mashg‘ulotlaridan bo‘lib, unda bolalar ertak, hikoya, masaldagi qahramonlarning obrazlarini o‘z rasmlarida ifodalashga harakat qiladilar. Bu ishlar bevosita kitoblarni tashqi va ichki bezagi bilan bog‘liq holda olib boriladi.

Zamonaviy mavzulardagi asarlarga yoki dostonlarga hamda ertaklarga kompozitsiya ishlash uchun avvalo, bolalar mavzuga oid odam, hayvon rasmlari va ba'zi bir narsalarning o‘ziga qarab rasmini chizib oladilar. Adabiy asarlarga illyustratsiya ishlash mashg‘ulotlarida o‘quvchilarga asarlardagi voqyea sodir bo‘layotgan mamlakat yoki davrning madaniyati, turmushning o‘ziga xos xususiyatlari, kiyim-kechaklari, me'morligi va ularning xarakterli tomonlari haqida so‘zlab berish, unga oid narsalar ko‘rsatish kerak bo‘ladi.

Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlarining vazifalari narsalarning shakli, rangi, ularning go‘zalligi haqidagi tushunchalar berish, eng qiziq mavzu tanlay olish, qog‘ozda rasmini to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatish kabilardan iboratdir. Bulardan tashqari perspektivani elementar qoidalari haqida tushuncha berish, mavzu asosida rasm chizishda obraz va narsalarning o‘zaro munosabatlari, yorug‘, soya nisbatlarini to‘g‘ri tasvirlashga o‘rgatish ham kompozitsiyaning vazifasiga kiradi.

Dekorativ kompozitsiya turli shakldagi naqshlarning namunasidan ko‘chirish va mustaqil ijodiy naqsh ishlashni hamda amaliy bezak ishlari singarilarni qamrab oladi. U o‘quvchilarga turmushda uchraydigan narsalarning vazifalari, ularning shakli, bezak elementlarining o‘zaro bog‘likligi haqida tushuncha berishni hamda yuksak mahorat bilan tasvirlangan narsalarni didsiz, pala-partish ishlangan narsalardan farq qila bilishga o‘rgatishni, shuningdek, ularning badiiy didini tarbiyalashni maqsad qilib ko‘yadi.

Dekorativ kompozitsiya darslarida bolalarga har qanday naqshlarning elementlari tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardan olingani haqida tushuncha beriladi.

3-4 sinflarda dekorativ tarzda qayta ishlangan tabiiy va geometrik shakllarga asoslangan yo‘lsimon, kvadrat, doira, to‘rtburchak shakllardagi naqshlar chizdirish davom ettiriladi.

Dekorativ kompozitsiya ishlaridan avval naqsh tuzishda ishlatiladigan elementlarni o‘ziga qarab rasmini chizish lozim. Shuningdek, o‘quvchilarga tabiiy shaklni stilizatsiyalashtirish bo‘yicha mashq qildirish foydalidir. Stilizatsiyalashtirish dekorativ tarzda qayta ifodalanadigan shakllarning tuzilishi, silueti, rangiga taalluqlidir.

Dekorativ ishlarda applikatsiyadan keng foydalaniladi. Ular tanlangan mavzuning mazmuni va kompozitsiyasiga muvofiq tekis sirtda ishlanishi mumkin.

Dekorativ kompozitsiya darslarida o‘quvchilar turli ramziylik namunalari bilan ham tanishadilar. Ular naqshli va dekorativ kompozitsiyalar utsida ishlab, turli xil buyumlarga mustaqil ishlov berishni o‘rganadilar.

Dekorativ-amaliy san’at asarlari xalqning go‘zallik, yaxshilik haqidagi tasavvurlarini bolalarga yetkazib, mehnatni va xalq ustalari mahoratini ardoqlashga o‘rgatadi. Shu bilan birga o‘quvchilar turli xalqlarning bugungi dekorativ-amaliy san’ati hamda dizayn san’ati bilan tanishadilar.

Rangshunoslik o‘quvchilarga ranglar va uning nomlari, tuslari hamda ularning kishilar hayotidagi ahamiyati haqida bilimlar berishni vazifa qilib qo‘yadi. Rangtasvir, dekorativ ishlarni bajarish jarayonida asosiy va xosila ranglar, ularning tuslari haqida ish olib borish o‘quvchilarda rangshunoslik bo‘yicha bilim, ko‘nikmalar va malaka hosil qilishlariga yordam beradi.

3-sinfda o‘quvchilar “axromatik ranglar” haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Shuningdek, axromatik va xromatik ranglarning o‘zaro hamkorligidan rangtasvir ishlashda, dekorativ ishlarni bajarishda samarali qo‘llashni o‘zlashtiradilar.

Rangtasvir kompozitsiyalarini bajarishda ko‘pincha manzaralarni bo‘yoqlar orqali tasvirlab, uning ta'sirchanligi oshiriladi. Rasmda uzoq-yaqinlikni ifodalashda “rang perspektivasi”ga rioya qilish maqsadga muvofiqdir.

Haykaltaroshlik kompozitsiyasi real haykaltaroshlik va dekorativ haykaltaroshliklarga bo‘linadi. Real haykaltaroshlikda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan mavzularda haykallarni asliga o‘xshatib ishlaydilar.

Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida o‘quvchilar loy yoki plastilindan dumaloqlash, bosib yalpaytirish, siqimlab cho‘zish, ortiqcha qismlarini maxsus sidirg‘ich yordami bilan olib tashlash, stek bilan ishlash usullari bilan tanishadilar.

Haykaltaroshlik mahsulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud bo‘lib, ular yaxlit, alohida-alohida loy yoki plastilin bo‘laklariga ishlov berish orqali amalga oshadi.

3-4 sinflarda ancha murakkab vazifalar hal qilinib, unda bolalar yakka yoki guruh bo‘lib bajaradilar.

Dekorativ haykaltaroshlikda ishlov berish usullarining soddaligi, shaklarning oddiyligi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Dekorativ haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida o‘zbek xalq sopoldo‘z ustalarining dekorativ haykallaridan (mayda plastika) keng foydalanish bolalarni ijodiy rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatadi.

Loydan ishlangan haykallarga bezak berilganidan so‘ng guash bo‘yog‘ida bo‘yab, ustidan lak qoplanadi. Lekin ayrim ishlar bo‘yoqsiz ishlanishi ham mumkin.

Amaliy va tasviriy san’at darslari ko‘rgazmali qurollar va zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlanishi kerak. O‘qituvchi o‘quvchilarning ish joyini mashg‘ulotga tayyorlashi va ish tugagach, uni yig‘ishtirib qo‘yishga, ish jarayonida sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilishga odatlantirib borishi lozim.

5 – 9 sinflar
1. Qo‘llanish sohasi

Ushbu sandart iqtidorli o‘quvchilarni san’at turlariga o‘rgatish orqali ularda badiiy didni shakllantirish, jahon va milliy san’atimizning durdona asarlari bilan tanishtirish, estetik dunyoqaraishni yanada rivojlantirish, shuningdek, eng is'tedodli o‘quvchilarni shu sohaning o‘rta maxsus ta'lim muassasalariga tayyorlashning zarur va yetarli mazmuni, pirovard maqsadlarini aniqlaydi. Ta'lim oluvchilarning o‘quv yuklamalari, hajmi va standart talablari nazoratini belgilab beradi. Standart talablari ta'lim oluvchilarning tayyorgarligi va baholash darajasini hamda tasviriy va amaliy san’at listey-internatlarining ish faoliyatlarini baholashda asosiy mezon hisoblanadi. Talablarning bajarilishi O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tizimidagi Tasviriy va amaliy san’at listey-internatlari o‘quvchilarining tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi Davlat namunasidagi hujjat berilishi uchun asos hisoblanadi.

2. Me'yoriy havolalar

San’atning ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv standartlarini ishlab chiqishda quyidagi qonunlar va me'yoriy hujjatlar asos qilib olindi:

O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi qonuni;

O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi qonuni;

O‘zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to‘g‘risida"gi qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ta'lim tizimi uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida" 1998yil 5 yanvardagi 5-son qarori;

O‘Z DST 1.0-98. O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. “Asosiy qoidalar";

O‘z DST 1.1-92. "O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi.


O‘zbekiston Respublikasi standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va ro‘yhatdan o‘tkazish tartiblari";

O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining tashkil etilishi haqidagi 23.01.1997 yil PF 17-1 va Vazirlar Mahkamasining 11.03.1997 yil 131-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tasviriy va amaliy san’at litsey-internatlarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2008 yil 7 yanvardagi F-2908- sonli farmoyishi.
3. Ta’limning maqsad va vazifalari

O‘sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy olamini boyitish va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizni milliy va jahon tasviriy san’at turlarining hamda musiqa san’atining yuksak namunalaridan bahramand qilish asosida tarbiyalash hozirgi kunning asosiy talablaridan biridir. Bunda, bolalarni san’at turlari bilan shug‘ullanishlari uchun imkoniyat yaratib beradigan tasviriy va amaliy san’at litsey-internatlari faoliyatini yaxshilash, ulardagi Ta’lim jarayonini zamon talablari asosida me'yoriy hujjatlar bilan ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Tasviriy va amaliy san’at litsey-internatlari Ta’lim jarayonining oldiga qo‘yilgan asosiy maqsadi - o‘quvchilarga tasviriy va amaliy san’at bo‘yicha bilim asoslarini o‘rgatib, ularni san’at olamiga yetaklash, estetik dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, jahon klassik tasviriy san’ati, o‘zbek xalqining mumtoz tasviriy san’ati, ustoz-shogird an'analari asosida shakllangan nafis san’atning barcha turlaridan bahramand qilish va estetik bilimlar targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish, iqtidorli o‘quvchilarni shu sohaning o‘rta maxsus Ta’lim muassasalariga tayyorlashdan iborat.

San’at turlari bo‘yicha boshlang‘ich Ta’limga qo‘yilgan vazifalar quyidagi maqsadlarga qaratiladi:

- hayot va san’at voqyeligiga tuyg‘uli munosabatni rivojlantirish;

- badiiy didni shakllantirish, go‘zallik qonuniyatlari his etish qobiliyatini tarbiyalash;

- klassik va zamonaviy san’at haqidagi boshlang‘ich bilimlarni o‘zlashtirish;

- o‘zbek va boshqa xalqlar badiiy madaniyatining nodir asarlari haqidagi dastlabki
bilimlarni egallash;

- badiiy-ijodiy faoliyatning dastlabki amaliy bilim va ko‘nikmalarini ko‘rsata bilish;

- san’at, milliy an'analar va jahon madaniyati merosiga nisbatan qiziqishni shakllantirish.

4. Ta’lim mazmunining talablari

San’at turlari yo‘nalishlari bo‘yicha Ta’limning mazmuniga bo‘lgan talablar nazariy va amaliy faoliyatlar majmuasidan tashkil topib, ular quyidagi bilim va ko‘nikmalarni egallashni belgilaydi:



Tasviriy va amaliy san’at Ta’limining asosiy mazmuni:

- san’at turi sifatida tasviriy va amaliy san’atning o‘ziga xos xususiyatlari;

- xalq va professional tasviriy va amaliy san’atning asosiy janrlari;

- tasviriy va amaliy san’atning asosiy shakllari;

- taniqli mahalliy hamda chet el tasviriy va amaliy san’at ijodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari;

-tasviriy va amaliy san’at turlari va ularni rivojlantirish uslublari;

- tasviriy san’atda ijod qiluvchi eng mashhur o‘zbek va chet el rassomlari hayoti va ijodini, ularning ayrim asarlarini bilish;

- tasviriy va amaliy san’at uslublarini egallash;

- tasviriy san’atning rang tabiati;

- amaliy san’atning janrlari;

- obrazlar asosida yaratilgan namunalarni bir-biriga taqqoslash;

- tasviriy va amaliy san’at turlarini farqlash;

- O‘zbekiston va chet el mamlakatlarining eng mashhur asarlarini bilish;

- 15-20 rang nomlarini ayta olish;

- naqshlar bilan bog‘liq badiiy bezak ishlarini erkin bajara olish;

- qush, hayvon, odamni asliga o‘xshatib rasmi va haykalini tasvirlay olish;

- rasm, naqsh, haykal, qurish-yasash ishlarini bajarganda turli material va uslublardan foydalana olish;

- tasvirlar ishlanganda o‘zbek san’atining milliy badiiy an'analaridan maqsadga muvofiq foydalana olish;

- tasviriy va amaliy san’at ishlarni bajarganda texnika havfsizligi va gigiena qoidalariga rioya qilish kabilarni bajara olish;

- uy sharoitida, do‘stlar va tengdoshlar davrasida, maktabdan tashqari tasviriy va amaliy san’at mashg‘ulotlarida, ko‘rgazmalarda o‘z namunalarini namoyish etish;

- tasviriy va amaliy san’at haqida fikrlash, uni tahlil qilish, tomosha qilingan tasviriy va amaliy san’at asariga nisbatan o‘z munosabatini bildirish;

- tasviriy va amaliy san’at haqidagi adabiyotlar bilan tanishish, darslardan tashqari vaqtda tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmalarini tomosha qilish;

- tasviriy va amaliy san’atdagi voqyelikka nisbatan o‘z munosabatini aniqlash, shaxsiy taassurotlarini og‘zaki yoki yozma tarzda ifoda eta olish kabi o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalardan amaliy faoliyatda, kundalik hayotda foydalana bilishi kerak.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin