O‘zbekiston Respublikasi Xalq tа’limi vаzirligi


O‘quvchilar quyidagilarni bilishlari zarur



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə6/6
tarix22.10.2017
ölçüsü0,53 Mb.
#9708
1   2   3   4   5   6

O‘quvchilar quyidagilarni bilishlari zarur:

-Maishiy, botal va tarixiy janrlarda eskizlar bajarish uchun ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

-Bosh tasvirini ishlash va asosiy qo‘nikmalarga ega bo‘lish;

-Shaklni «yasay» bilish, xarakterni, modelning portret o‘xshashligini bera olish;

-Ishlar ifloslanib, tartibsiz bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;

-Kolorit bo‘yicha vazifa ishlarini muvaffaqiyatli hal qilish, bo‘yoqlarning go‘zalligi va tozaligini ishlarda saqlay olish.


O‘qitish usullari.

Og‘zaki, amaliy, ko‘rgazmali multimedia, kodaskop va boshqalar.



O‘qitish vositalari.

Jihozlar. Inventarlar, dastgohlar.



Didaktik materiallar va texnik vositalar.

O‘quv ko‘rgazmali qurollar, o‘quv dasturlari bo‘yicha plakatlar.



Foydalaniladigan adabiyotlar.

T.Qo‘ziev, A.Egamov, T.Qanotov, A.Nurqobilov. “Rangtasvir”, Toshkent-2003 y.

O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi. “San’at” jurnali.

S.Abdurasilov, N.Tolipov. “Rangtasvir”, “O‘zbekiston” nashriyoti-2006 y.

“O‘zbekistonning zamonaviy rangtasviri”. Toshkent-2004 y.
Kompozitsiya fanining maqsadi

Badiiy maktablarda kompozitsiyani egallash o‘qitishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Kompozitsiya kursi o‘quvchiga malakali bilim va ko‘nikma, ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga va obrazli fikrlashga yo‘nalish beradi. O‘qituvchi kompozitsiya ustidagi ish jarayonida o‘quvchini hayotiy taassurotlarni fikrlab ko‘rishga o‘rgatishi, ularda hayotning tipik voqyealarini ko‘ra olishi va haqqoniy tasvirlay olishi ruhida tarbiyalashi zarur. Kursni o‘tab bo‘lgan o‘quvchi g‘oyaviy fikrni aniq ifodalay oladigan tugal kompozitsiya eskizini bajara olishi zarur. O‘quvchilarning ijodiy faolligini tarbiyalash badiiy maktabda o‘qitishning birinchi yillaridanoq boshlanadi. O‘qituvchi o‘quvchining yoshiga qarab, undan kompozitsiya buyicha aniq fikr-maqsadini talab etib, uning oldiga ana shu maqsadini aniq ifoda etish vazifasini qo‘yadi. O‘qituvchi tartib bilan muntazam ravishda kompozitsiya ustida ishlashni izchil o‘rgatib boradi avvalo, ilk maqsad, syujet tanlash, material yig‘ish, etyud ustida ishlash va nihoyat, tugal eskizni bajarish, o‘kuvchilar dars davomida maqsadni ifoda etish vositalarini egallashlari, buning uchun kompozitsion yechimga kerakli aniqlikka va ishonarli bo‘lishga erishishi zarur.

Kichik sinflarda kompozitsiya ko‘proq hayotiy kuzatishlarni kayd qilish sifatidagina o‘tiladi, bunda o‘qituvchi o‘quvchi diqqatini syujet yechimining to‘g‘riligiga va voqyeaning rivojidagi kulminatsion nuqtasiga qaratadi, bunda yuqoriroq o‘kuvchilarga u kompozitsiya yaratishda syujet, mavzu, g‘oya ahamiyatini tushuntirib, ishlarda hayotni haqqoniy tasvirlashga o‘rgatadi.

O‘quvchilar yaratadigan kompozitsiya ishlaridagi tasvirlash va o‘rganishning bosh manbai-bizning voqyeligimiz hisoblanadi. Kompozitsiya, shuningdek, tarixiy va adabiy mavzularda ham yaratiladi. Kompozitsiya ustida ish olib borishning zarur sharti hayotiy kuzatishlarni yig‘ishdir, bu esa o‘quvchi tomonidan muntazam ravishda etyud va lavhalarda qayd qilish, naturadan ishlash, xotira va tasavvur qilish natijasida amalga oshiriladi. O‘quvchi oldida kompozitsiyani yaratilishida eng muhim yechimga, kompozitsiya bo‘laklaridan asosiyni ajrata olish, ikkinchi darajali bo‘lganlarni unga bo‘ysundirish, orasidagi aloqalarni o‘rnatish, ularni yaxlitlikka bo‘ysundirish, kolorit, tus, yorug‘-soyalar, siluet, zidliklar, turg‘unlik va shiddat, chizgilarda, ranglar va yorug‘likdagi ritmni, hamma vositalarni kompozitsiyaning yaxlitligiga va muvozanatiga erishishga qaratishi lozim.

O‘quvchining diqqatini mavzu yechimining usullari rang-barang ekanligiga, zidliklar tizimidan foydalanishga (holatlar, tiplar, xarakterlar, yorug‘lik, rang va hakozo) shakl va hajmni, qarash nuqtasini, perspektiva, ko‘lamlarni va hakozolarni to‘g‘ri tanlashga qaratilmog‘i lozim.

Kompozitsiya ustida ishlash jarayonida Rus, G‘arbiy yevropa, o‘zbek tasviriy san’atining realistik namunalarini tahlil va tadqiq qilishga e'tibor berish kerak. O‘quvchilarning faoliyati rivojlanishiga qarab, ulardan xomaki yig‘ilgan materiallar bo‘yicha izchil, obdon ishlash, kompozitsiyaga rasmlar va etyudlar, turli xil muqobildagi eskizlar ishlashlari talab etiladi.

Har bir sinfda kompozitsiya bo‘yicha va o‘kuvchilarning individual tarzda kompozitsiya eskizlarini ishlash va bajarishlari zarur. Eskiz ustidagi individual ish o‘qituvchi rahbarligida har bir sinf uchun aniq bo‘lgan mavzu bo‘yicha olib boriladi. Eskizlar uchun kompozitsiya mavzusi va syujetlar ishlab chiqish maktab o‘qituvchilari tomonidan bir yil avval tayyorlanadi va o‘quv yili boshlanishi oldidan o‘quv uslubiyat bo‘limi majlisida tasdiqlanadi.

Har bir mashg‘ulot ustidagi ish o‘qituvchi suhbati bilan boshlanadi, o‘quvchilarga mavzu imkoniyatlarini ochib beruvchi vazifani tushuntirmog‘i lozim. Eskiz ustida ish boshlanishidan avval o‘qituvchi o‘kuvchiga rangtasvir uslubiyat bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan syujetlar-kompozitsiyalar, tarix, adabiyotlar, mavzuni chuqur o‘rganish uchun zarur bo‘lgan narsalarni taklif qiladi, eskiz uchun yig‘ish kerak bo‘lgan badiiy materialni aniqlaydi.

O‘qituvchi suhbatlar bilan bir qatorda kompozitsiya ustida ishlash jarayonida o‘quvchilar bilan mavzuni ochib berishga hizmat qiluvchi sayohatlar va konsultatsiyalar uyushtiradi. Kompozitsiya eskizi ustida ish tugallangandan so‘ng, o‘qituvchi o‘quvchilar guruhi oldida qilingan ishning yaxshi va zaif tomonlarini, muvaffaqiyatli va kamchiliklarini ko‘rsatadi.

Kompozitsiya bo‘yicha sinf mashg‘ulotlari bir necha yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan holda ish olib boriladi.

Eskiz ustida individual ishlashda yordam uchun mashg‘ulot: suhbatlar, korxonalarga va kompozitsiya uchun material yig‘ish bo‘yicha muzeyga sayohat, eskizni bajarish paytlarida maslahatlar, adabiyot o‘qish, naturadan lavha chizish va hakozo.

Badiiy ko‘rishni, ijodiy fikrlashni, ko‘rish xotirasini rivojlantirish uchun maxsus mashqlar.

Kompozitsiyaning asosiy vositalari, yo‘llari, qonuniyatlari: harakatni plastik tasvir etish, kenglik, zamon, ritm, rang, yorug‘lik va hakozo.

Bularni o‘rganish jahon mumtoz tasviriy san’at namunalarini tahlil etish asosida tashkil etiladi va amaliy mashqlar bilan birga olib boriladi.

Kompozitsiya bo‘yicha ish rejasi shunday tuzilmog‘i lozimki, o‘qituvchi tomonidan ish muntazam izchil olib borilsin.

5-8 sinf o‘quvchilari yarim yillikda uchtadan eskiz ishini bajarishadi. 9-sinf o‘quvchilari yarim yillikda ikkitadan eskiz ishi bajarishadi. Eskiz mavzulari rangtasvir va kompozitsiya uslubiyat bo‘limi tomonidan tasdiqlanadi.

5-sinfda rangtasvir, yasash va kompozitsiya darslari yagona reja bo‘yicha olib boriladi. Kompozitsiya bo‘yicha ishlarning faolligini oshirish maqsadida ma'muriyat va uslubiyat bo‘limi tomonidan berilgan mavzu bo‘yicha eng yaxshi kompozitsiya uchun tanlovlar, shuningdek, oraliq o‘quv ko‘rgazmalari o‘tkaziladi.


5 - sinf (68 soat)

5-sinf o‘quvchilari ishlarida ma'lum bir ma'no kasb etuvchi mazmun, ularda voqyeaning diqqatga sazavor lahzasi aks ettirilishi talab etiladi. Asosiy e'tiborni kuzatuvchanlik va badiiy ko‘rishni rivojlantirishga qaratish lozim. Kompozitsiya bo‘yicha vazifa rasmda obdon ishlanib, akvarel texnikasi yoki guashda bajariladi. Eskiz hajmi-katta tomoni 35 smdan oshmasligi kerak.


Namunaviy mavzular rejasi



O‘quv mashg‘ulotlari

1.

Kompozitsiya bo‘yicha individual ishlashda yordam uchun mashg‘ulot:

a) “O‘zbekistonda kuz”, kuzatuv orqali kompozitsiya eskizi.

b) “O‘zbek xalq ertaklari” asosida kompozitsiya eskizi.

v) “Navro‘z bayrami” mavzusida kompozitsiya eskizi.



2.

Kompozitsiyaning asosiy vositalari, yo‘llari va qonuniyatlari: asosiy tushunchani berish, maqsad, voqyeaning kulminatsion nuqtasi, kenglik o‘rinlari, fikr beruvchi va kompozitsion markaz. Rangshunoslik bo‘yicha asosiy tushunchalar: zid va qo‘shimcha ranglar. Natyurmort kompozitsiyasi: natyurmort qo‘yilmasi va turli xil kompozitsion yechimlar.

3.

Mashqlar: Taasurotdan umumlashgan eskizlar bajarish, yoddan rang va tusda natyurmort lavhasini ishlash, mavzuli natyurmortni qo‘yilmadan (postanovka) natura orqali va yoddan ishlash.


O‘quvchilar kuyidagilarni billari zarur:

Kompozitsiya eskizini bajarishda qiziqarli va o‘ziga xos yechim topa olish;

Voqyeadagi diqqatga sazavor, mazmunli lahzalarni ilg‘ay bilishi;

Kompozitsiya markazini ajrata bilishi va ikkinchi darajalilarni asosiysiga bo‘ysundirishi;

Rangli yechimda ifodaviylik topa olishi, rangshunoslik bo‘yicha olgan
ma'lumotlardan o‘rinli foydalana olishi;

- Natyurmort bo‘yicha qo‘yilma (postanovka) va kompozitsiya yechimida asosiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.



6 – sinf (68 soat)

6-sinfda kompozitsiya eskiziga bo‘lgan talab oshiriladi. O‘quvchilarda kuzatuvchanlikni, naturadan ifodaviylik, obraz topa olish hususiyatini rivojlantirish. O‘quvchilar eskizning kompozitsion yechimini topish uchun bir necha muqobil eskizlar bajarishadi. Eskizlar ustida ishlash jarayonida naturadan lavhalar ishlashadi. Eskizlar obdon ishlanib, akvarel texnikasi yoki guashda bajariladi. Eskiz hajmi-katta tomoni 40 sm.dan oshmasligi kerak.






O‘quv mashg‘ulotlari

1.

Kompozitsiya bo‘yicha individual ishlashda yordam uchun mashg‘ulot:

a) “O‘zbekistonda kuz”, kuzatuv bo‘yicha kompozsiya eskizi.

b) Badiiy asarlar asosida kompozitsiya eskizi.

v) Bayram mavzusida kompozitsiya eskizi.

g) Erkin mavzuda yoki tanlov uchun kompozitsiya eskizi.


2.

Kompozitsiyaning asosiy vositalari, yo‘llari va qonuniyatlarini o‘rganish: simmetriya va assimmetriya, zidlik tizimi, kompozitsiyada chiziqli va rangli ritm, kolorit va rangning ta'sirchanlik ahamiyati.

3.

Mashqlar: Natyurmort ko‘rinishida belgilangan kayfiyatni rangda berish, ertaklarga illyustratsiya ishlash, shahar yoki qishloq ko‘chasidan lavhalar ishlash, maktab, shahar, qishloq mavzusining mohiyatini ochib beruvchi xarakterli unsurni ishlash va hakazo.

O‘quvchilar qo‘yidagilarni bilishlari zarur

- Eskiz ishiga hayotiy materiallarni tadbiq etish;

- Eskiz ustida ishlayotgan paytda, zid ranglar assimmetriya va simmetriya, chiziqli va rangli ritmdan foydalanish, ifodali rangli yechimni izlash;

- Eskizda rang orqali kayfiyatni bera olish;

- Mazmunni ochishga yordam beradigan muhim unsurlarni tushungan holda tanlash.

7 – sinf (68 soat)

7-sinfda kompozitsiya bo‘yicha mavzuli ishlar kengaytiriladi. Mavzu tanlashdan oldin muzey, fabrika, korxona va zavod va boshqa joylarga sayohat uyushtiriladi. Mavzu ustida ishlash davomida o‘quvchilarga konsultatsiya beriladi. Eskizni bajarish bo‘yicha talablar oshiriladi. Mavzu qilib olingan shaxsning shaxsiy fe'l-atvoriga, hatti-harakatining ifodaviyligiga va tabiiyligiga e'tibor qaratiladi. Zamonaviylikni, yangiliklarni his qilishga, oddiylikda o‘ziga xoslikni ko‘ra bilishga diqqat e'tibor qaratiladi. Eskizlar obdon ishlanib, akvarel yoki guash texnikasida bajariladi. Eskiz hajmi katta tomoni 45-50 sm.dan oshmasligi lozim.







O‘quv mashg‘ulotlari

1

Kompozitsiya bo‘yicha individual ishlashda yordam uchun mashg‘ulot:

a) Tarixiy mavzuda kompozitsiya eskizi (8 sinf tarix fani bo‘yicha).

b) Badiiy asarlar asosida kompozitsiya eskizi.

v) «Mening oilam» mavzusida kompozitsiya eskizi.

g) Erkin mavzuda yoki tanlov uchun kompozitsiya eskizi.


2.

Kompozitsiyaning asosiy vositalari, yo‘llari va qonuniyatlarini o‘rganish: kompozitsiyada hatti-harakatlar, syujet va mavzu o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik.

3.

Bir necha shaxslardan iborat bo‘lgan kompozitsiya ishlash maqsadida eskizlar bajarish: yetakchi shaxs bilan 2-3 kishi tasvirlangan eskizlarda yetakchi o‘rin navbat bilan almashinishi, qahramonlarning yoshi va ruhiy holatiga e'tibor qaratiladi. Tasavvur orqali mavzuli natyurmort ishlash.


8 – sinf (68 soat)

8-sinfda kompozitsiya bo‘yicha tematik ishlar kengaytiriladi. Mavzu tanlashdan oldin muzey, fabrika, korxona va zavod va boshqa joylarga sayohat uyushtiriladi. Mavzu ustida ishlash davomida o‘quvchilarga konsultatsiya beriladi. Eskizni bajarish bo‘yicha talablar oshiriladi. Mavzu qilib olingan shaxsning shaxsiy fe'l-atvoriga, hatti-harakatining ifodaviyligiga va tabiiyligiga e'tibor qaratiladi. Zamonaviylikni, yangiliklarni his qilishga, oddiylikda o‘ziga xoslikni ko‘ra bilishga diqqat e'tibor qaratiladi. Eskizlar obdon ishlanib, akvarel yoki guash texnikasida bajariladi. Eskiz hajmi katta tomoni 45-50 sm.dan oshmasligi lozim.






O‘quv mashg‘ulotlari

1.

Kompozitsiya bo‘yicha individual ishlashda yordam uchun mashg‘ulot:

a) Tarixiy mavzuda kompozitsiya eskizi (8 sinf tarix fani bo‘yicha).

b) Badiiy asarlar asosida kompozitsiya eskizi.

v) «Mening oilam» mavzusida kompozitsiya eskizi.

g) Erkin mavzuda yoki tanlov uchun kompozitsiya eskizi.


2.

Kompozitsiyaning asosiy vositalari, yo‘llari va qonuniyatlarini o‘rganish: kompozitsiyada hatti-harakatlar, syujet va mavzu o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik.

3.

Bir necha shaxslardan iborat bo‘lgan kompozitsiya ishlash maqsadida eskizlar bajarish: yetakchi shaxs bilan 2-3 kishi tasvirlangan eskizlarda yetakchi o‘rin navbat bilan almashinishi, qahramonlarning yoshi va ruhiy holatiga e'tibor qaratiladi. Tasavvur orqali mavzuli natyurmort ishlash.

8-sinfni bitirganlar quyidagilarni bilishlari zarur

- O‘ziga xos, ifodali bo‘lgan shaxslarni topish, ularning hatti-harakatlari tabiiyligini ifoda eta olish;

- Muntazam ravishda kuzatish bo‘yicha lavhalar ishlash va ulardan kompozitsiya eskizini bajarish paytida foydalana bilish.
9 – sinf (68 soat)

9-sinfda o‘quvchilardan syujetning g‘oyaviy mazmunini ochib berish talab etiladi. Bu ish ulardan voqyelik, hodisalarga ongli munosabatda bo‘lishlarini, asosiy tipik bo‘lgan unsurlarni tanlash, kompozitsiya g‘oyasini amalga oshirishda ifodali vositalar topish talab etiladi. O‘quvchi to‘plagan materiallari, lavha va etyudlari asosida eskiz ustida ish olib boradi. O‘qituvchi o‘quvchida mustaqil ravishda hayotiy materiallarni topa olish va uni kompozitsiyada qo‘llay olish qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Eskizlar xomaki qoralamalar asosida akvarel yoki moybuyoqli rangtasvir texnikasida bajariladi. Eskiz hajmi katta tomoni 50, 55 sm.dan oshmasligi lozim.






O‘quv mashg‘ulotlari

1.

Kompozitsiya bo‘yicha individual ishlashda yordam uchun mashg‘ulot:

a) Yozgi ta'til davrida yig‘ilgan material asosida kompozitsiya eskizi.

b) “Inson va uning kasbi” mavzusida kompozitsiya eskizi.

v) «Mening do‘stlarim» mavzusida kompozitsiya eskizi.

g) Badiiy asarlar asosida kompozitsiya eskizi.


2.

Kompozitsiyaning asosiy vositalari, yo‘llari va qonuniyatlarini o‘rganish: Kompozitsiyaning mazmundor bo‘lishi, san’at asarida mazmunning teranligi va ko‘pqirraligi, kompozitsiyaning dekorativ qurilmasi, uning tushunarli bo‘lishi va siluet roli, hatti-harakatlar, imo-ishoralar va ularning turli xil xalqlar madaniyatida qanday tushunilishiga e'tibor qaratish.

3.

Mashqlar: bir necha yoki ko‘p inson qomati ishtirokida har xil rang munosabatlaridan foydalangan holda holatni bera oladigan kompozitsiya yechimi va manzara eskizlarini bajarish.

9-sinfni bitirgan o‘quvchilar quyidagilarni bilishlari zarur:

- Bajarilgan kompozitsiya eskizlarining mazmundorligiga e'tiborni qaratish, Kompozitsiyaning tarkibiy qismiga alohida unsurlar topish maqsadida naturadan etyud va lavhalar ishlash, tabiatan o‘ziga xos qiyofali qahramonlarni izlash;

- Eskizlarni bajarish paytida ranglar munosabati tizimidan foydalanish, kompozitsiyaning dekorativ qurilishini tushunish.

O‘qitish usullari

Og‘zaki, amaliy, ko‘rgazmali multimedia, kodaskop va boshqalar.



O‘qitish vositalari

1. Jihozlar. Inventarlar, dastgohlar.

2. Didaktik materiallar va texnik vositalar.

3. O‘quv ko‘rgazmali qurollar, o‘quv dasturlari bo‘yicha plakatlar.


Foydalaniladigan adabiyotlar.

1. A.Egamov. “Kompozitsiya asoslari”. “San’at” nashriyoti Toshkent-2004 y.

2. T.Qo‘ziev, A.Egamov, T.Qanotov, A.Nurqobilov.”Rangtasvir” Toshkent-2003y.

3. O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi. “San’at” jurnali Toshkent-1997-2009 y.y.

4. “O‘zbek xalq ertaklari”. “Sharq” nashriyoti Toshkent-2000 y.

5. X.Sulaymonov, F.Sulaymonova. “Alisher Navoiy asarlari badiiy qo‘lyozmalari” albomi. Toshkent-1981 y.



6.Sh.K.Shoyoqubov.”Zamonaviy O‘zbekiston miniatyurasi “O‘zbekiston” nashriyoti Toshkent-2006 y.
Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin