O‘zbekiston Respublikasi Xalq tа’limi vаzirligi


– sinf (haftasiga – 2 soat, jami-68 soat)



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə4/6
tarix22.10.2017
ölçüsü0,53 Mb.
#9708
1   2   3   4   5   6

4 – sinf
(haftasiga – 2 soat, jami-68 soat)
Borliqni idrok etish (6 soat)

Borliqni idrok etish mashg‘ulotlari san’at, tarnsport, qurilish va qishloqlardagi kishilar mehnatining o‘ziga xos tomonlari bilan tanishtirish; kuzatilgan mehnat jarayonlaridan olingan taassurotlardan tasviriy faoliyatlarda foydalanishga o‘rgatish; o‘quvchilarning kuzatuvchanligi va xotirasini, obrazli tafakkurini yanada o‘stirishdan iborat.



Namunaviy topshiriqlar

Yaqin atrofdagi qurilishlar, yig‘im-terim, ferma, paxtani qayta ishlash korxonalaridagi, ta'mirlash ishlari olib borilayotgan joylardagi mehnat jarayonlarini idrok etish.



San’atni idrok etish (8 soat)

San’atni idrok etish mashg‘ulotlari tasviriy san’at turlari, rangtasvir asarlarining asosiy janrlari-rangtasvir, haykaltaroshlik va grafikaning ko‘rinishlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish; bolalarning badiiy didini o‘stirish va badiiy fikr doirasini kengaytirish; tasviriy san’atni sevish va uni qadrlashga o‘rgatish; tasviriy san’at asarlariga nisbatan sezgirlikni o‘stirish va ular haqida mustaqil fikrlar bildira olishga o‘rgatishdan iborat.



Namunaviy topshiriqlar

Tasviriy san’at turlari (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika) haqida suhbat. Rangtasvir turi (mo‘jaz, dastgoh va mahobatli) va janrlari (manzara, natyurmort, portret, maishiy, tarixiy, batal, animalilstik) haqida suhbat. Haykaltaroshlik turlari. Mahobatli, dekorativ, dastgoh haykaltaroshligi haqida suhbat. Grafika (rasm, plakat, illyusratsiyalar, shtamp) haqida suhbat. “Yozgi ishlar” mavzusida suhbat o‘tkazish va boshqalar.


Naturaga qarab tasvirlash (16 soat)

Naturaga qarab rasm ishlash (10 soat)

Naturaga qarab rasm ishlash mashg‘ulotlarining vazifasi bolalar e'tiborini narsalarning simmetrik tuzilishiga, shakliga, ranglarning go‘zalliklariga jalb etgan holda savodli rasm ishlashga o‘rgatish; bo‘yoqlarning murakkabroq aralashmalari va turlicha rang tuslaridan foydalanish hamda rangtasvir ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish; bolalarning o‘z tasviriy imkoniyatlariga yarasha narsalarning soya va yorug‘ qismlarini, bo‘yoqlarning och va to‘q tuslari yordamida ifodalay olishga o‘rgatish; qalam va bo‘yoqlar bilan ishlash malakalarini yanada rivojlantirish; xotira va kuzatuvchanlikni o‘stirish; narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o‘lchovlarini hamda o‘lchov nisbatlarini ularning o‘ziga xos go‘zalligini ko‘ra bilishga hamda rasmda tasvirlay bilishga o‘rgatishdan iborat:

Namunaviy topshiriqlar

Ninachi, kuzgi gullar, gullayotgan daraxt shoxchasi, qovun, anor, choynak, piyola o‘yinchoq-toychoq kabilarni o‘ziga qarab, alohida yoki gurhli rasmlarini ishlash.



Naturaga qarab haykal ishlash (6 soat)

Naturaga qarab haykal ishlash mashg‘ulotlarining vazifasi tasvirlanayotgan narsalarning shakli, tuzilishi, hajmi va o‘lchov nisbatlarini his etish hamda ularni tasvirlay olishga o‘rgatish; loy, plastilin kabi materiallar bilan ishlash malakalarini yanada o‘stirib borish; tasvirlanayotgan odam, hayvon, qush haykallarini yaxlit yoki alohida-alohida (loy yoki plastilin) bo‘laklardan ishlash yo‘llarini puxta o‘zlashtirishga yordam berish; odam, hayvon va qushlarni harakatdagi rasmini to‘g‘ri tasvirlashga o‘rgatishdan iborat.



Namunaviy topshiriqlar

O‘yinchoq fil, jirafa, sher, xo‘roz kabilarni o‘ziga qarab, yoki rasmiga ko‘ra haykallarini ishlash.



Kompozitsion faoliyat (38 soat)

Rangtasvir kompozitsiyasi (14 soat)

Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlarining vazifalari atrof-muhitda ro‘y berayotgan voqyea va hodisalarni kuzatish hamda eslab qolishga o‘rgatish; kompozitsiya ishlashda detallarni asimmetrik joylashtirish, uning muvozanatini saqlab qolish qoidalariga rioya qilishga o‘rgatish; uzoqdagi narsalarni yaqindagi narsalar panalab turganini rasmda tasvirlash yuzasidan oldingi sinflarda olingan tushunchalarni yanada mustahkamlash; rangtasvirda asosiy ob'ektlarni bo‘rttirib ko‘rsatadigan vositalardan foydalana bilishga o‘rgatish (rang, yorug‘lanish;) ajratib ko‘rsatish va h.k.); chiziqli va havo perspektivasi qoidalaridan foydalangan holda rasm ishlashga o‘rgatish; o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlari va badiiy didini o‘stirish; tevarak-atrofdan olingan mavzularda, rasm ishlash jarayonida bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash; rangtasvirda jo‘shqin harakatni, quvonchli kayfiyatni, bezovta ob-havoni turli vositalar (ranglar, shakllar) yordamida ifodalay olishga o‘rgatishdan iborat.

Namunaviy topshiriqlar

“"Mehmonlar me'morchilik yodgorliklari oldida”, “Bahor keldi”, “Tog‘larning bahorgi ko‘rinishi”, “Navro‘z bayrami” (jamoa ishlari), “Ippodromda”, “Poyga”, “Yomg‘ir”, “Sport o‘yinlari”, “Vertolyot uchib keldi”, “Hindcha raqs” mavzularida rasm ishlash.



Dekorativ kompozitsiya (12 soat)

Dekorativ kompozitsiya mashg‘ulotlarining vazifalari turli-tuman buyumlar uchun naqshlar va dekorativ bezak ishlarini bajarish orqali ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish; o‘zbek xalq amaliy san’ati bilan chuqurroq va keng tanishtirish hamda olingan bilimlardan dekorativ ishlarda foydalanishga o‘rgatish; qalam va bo‘yoqlar bilan ishlash malakalarini yanada o‘stirish; xalq amaliy san’ati namunalari bilan o‘quvchilarni tanishtira borib, ularda tasviriy san’atning ana shu turiga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalash; applikatsiya yuzasidan olingan bilim va malakalrni yanada o‘stirish; dekorativ naqsh va bezaklarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda buyumlarni bezatishda applikatsiya usulidan foydalanishga o‘rgatish; ertak, hikoya, masallar asosida illyustratsiyalar ishlaganda tasvirlanayotgan naqshlarning ma'no jihatdan uzviy bog‘liqlikda tasvirlashga o‘rgatish; adabiy asarlarga rasm ishlaganda bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalashga ko‘maklashish; turmushda ranglarning tutgan o‘rni va ularning kishi ruhiyatiga, kayfiyatiga ta'siri haqidagi tushunchalarini kengaytirish, turmushda, xonalarni bezashda ranglar mutanosibligiga rioya qilish haqida ma'lumotlar berish; tasviriy san’at asarlarida tasvirlangan voqyea-hodisalarning ta'sirchan chiqishida ranglarning roli to‘g‘risida nazariy ma'lumotlar berish; o‘quvchilarda ranglarning iliq va sovuq tuslarini o‘z o‘rnida qo‘llay olish malakasini shakllantirishdan iborat.



Namunaviy topshiriqlar

O‘zbek xalq amaliy san’ati namunalaridan-doira shaklidagi naqshlardan ko‘chirish, sxema va elementlar asosida mustaqil ravishda to‘g‘ri to‘rtburchak, doira ko‘rinishidagi ijodiy naqshlarni ishlash. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi so‘zana uchun naqsh ishlash. Rangli qog‘ozdan gullar yasash. “Sehirli gilamcha” mavzusida applikatsiya ishlarini bajarish. A.S.Pushkinning “Shoh Sulton haqida ertak” asari, xalq ertaklaridan “Ur to‘qmoq”, “Susambil”, “Vafodor it”, “Serkaboboning hiylasi” kabilar asosida rasm ishlash. Haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg‘ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat: haykaltaroshlik kompozitsiyasini ishlaganda undagi detallarni o‘zaro bog‘langan holda tasvirlashga o‘rgatish; kompozitsiyalarda alohida narsalar va ularning qismlarini, o‘zaro nisbatlarini saqlagan holda tasvirlashga erishish; xalq hunarmandlari kabi o‘yinchoqlar yasash va bezashga o‘rgatish, dekorativ relef ishlash malakalarini rivojlantirish; hajmli dekorativ o‘yinchoqlarning haykallarini badiiy bezashda mo‘yqalam va bo‘yoqlar bilan ishlash malakalarini yanada o‘stirish.



Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (12 soat)

Haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg‘ulotlari harakatdagi odam, hayvonlarning asosiy va a'zo qismlari holatlarini tasvirlashga o‘rgatish; tasvirlanayotgan obrazning kayfiyatini haykalda ifodalay olish; hayvonlarning xarakterli holatlarda tasvirlashga o‘rgatish; butun qismni cho‘zish va buklash yo‘li bilan haykal ishlash malakalarini o‘stirish; haykaltaroshlikdagi kompozitsiyalarda, obraz yoki detallarning o‘zaro bog‘liqligini hisobga olib tasvirlashga o‘rgatishdan iborat



Namunaviy topshiriqlar

“Kosmonavtga yodgorlik”, “Afsonaviy dev”, “Poyga”, “Xokkey o‘ynayotgan bola” mavzusida (jamoa bo‘lib va shaxsiy) haykallar ishlash.



To‘rtinchi sinf o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan asosiy talablar:

- 2-3-sinflardan tashqari yana 4-5 rang nomlarini;

- kishilar hayotida tasviriy san’atning tutgan o‘rni, uning asosiy tur va janrlarini;

- mehnat va urush veteranlari obrazini tasvirlovchi tasviriy san’at asarlarini;

- mehnat jarayonlarining o‘ziga xos go‘zalliklarini;

- avvalgi sinfdagiga nisbatan qo‘shimcha bir qator rassom

- 5-6 rassomlarning ismi-familyasini, ularning tasviriy san’at asarlari va asarlarda tasvirlangan voqyea -hodisalarni, ulardagi go‘zalliklarni ko‘ra bilish va asar mazmunini so‘zlab berish;

- tasviriy san’at iboralarini (ham ohanglik, iliq va sovuq ranglar, axromatik va xromatik ranglar, eskiz, maket va h. k.);

- dekorativ haykaltaroshlikda qo‘llaniladigan dekorativ elementlarning nomini.
O‘quvchilar quyidagilarni bajara olishlari lozim:

- narsalarning rasmini ishlaganda yorug‘lik manbaini joyiga qarab naturada va soyalarning o‘zgarib borishini tasvirlashni;

- haykaltaroshlikdan 2-3 ta figurali yaxlit kompozitsiya tuza olishni;

- loydan va plastilindan haykallar ishlashda alohida alohida, “yaxlit” va “aralash” ishlov berish usullaridan foydalana olishni;

- ranglarning murakkab tuslarini hosil qilish (masalan, ko‘kish yashil, qizg‘ish, jigarrang, qoramtir va h. k.);

- narsalarni kompozitsiya qonuniyatlariga bog‘liq ravishda joylashtirishni;

- dekorativ ishlarda assimetrik tasvirlarni ifodalashda muvozanatni saqlay olishni;

- o‘simliksimon naqsh elementlaridan mustaqil naqsh kompozitsiyasini tuza olishni;

- 5-7 ta tabriknoma kompozitsiyalarini ishlashda mustaqil fikr yurita olishni va h. k.
V-IX sinflarda

(haftasiga 2– soatdan, har bir sinfda 68- soat, jami 340-soat)


V-IX SINF TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA MASHG‘ULOTLARNING QUYIDAGI TURLARI BO‘YICHA O‘QUV REJASI



Faoliyat turlari

Sinflar

5

6

7

8

9

1

Grafika (qalamtasvir)

2

2

2

2

2

2

Rangtasvir

2

2

2

2

2

3

Kompozitsiya

(rangtasvirda kompozitsiya, haykaltaroshlikda kompozitsiya,

dekorativ kompozitsiya)


2

2

2

2

2




Jami soatlar

6

6

6

6

6



O‘quv rejasiga tushuntirish xati

1. O‘quv dasturi bo‘yicha har bir o‘quvchiga har haftada 0,5 soat kompozitsiya va qo‘shimcha 0,5 soat individual mashg‘ulotlar o‘tish ko‘zda tutilgan. Bular hisobiga: uy ishlari bajarilishini tekshirish, muzey va ko‘rgazmalarni borib ko‘rish, kompozitsiya, xomaki lavhalar va etyudlarga materiallar yig‘ishni tashkil etish, qoloq va o‘taqobiliyatli o‘quvchilar bilan individual ishlash lozim.

2. 5-9 sinflarda san’at tarixi fanidan tasviriy va amaliy san’at, dizayn va me'morlik san’ati mavzusida dars o‘tiladi.

3. Rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika va dekarativ-amaliy san’at bo‘yicha ixtisoslik soatlari kiritiladi.

4. 8-9 sinf o‘quvchilari arxitektura yodgorliklari va muzeylarga olib boriladi.

O‘quv yili mobaynida barcha sinflarda tabiatda (plener) mashg‘ulot o‘tkaziladi. Bir o‘quv guruhining natura bilan ishlashi uchun ajratilgan vaqt soni o‘kuv dasturida belgilanadi.

Mutaxassislik bo‘yicha tekshiruv va imtihon ko‘rgazmalarida surunkali qoniqarsiz baho oladigan o‘quvchilar bilan individual shug‘ullanadi.
Qalamtasvir_fanining_maqsadi'>Qalamtasvir fanining maqsadi

Qalamtasvir real tasvirning asosi sifatida eng yetakchi jabhalardan sanaladi. Qalamtasvir kursining vazifasi o‘kuvchilarga ikki o‘lchovli tekislikda grafik vositalar: chizgi, liniya, shtrix, nur-soya va tus orqali uch o‘lchovli shaklda ko‘rish, tushunish va tasvirlashni o‘rgatadi.

O‘qitish jarayoni izchil ravishda sinf ishi, uy vazifasi, mustaqil bajarish kabi qisqa va uzoq, murakkablashib boradigan vazifalarni o‘z ichiga oladi. Harakatsiz naturadan uzoq chiziladigan o‘quv qalamtasviri o‘qitishning an'anaviy, asosiy shakli hisoblanadi. Naturani diqqat bilan o‘rganish va izchil kuzatishga asoslangan bu shakl predmet va voqyealarning ko‘rinishlarini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini, unsurlarini to‘g‘ri tasvirlashni o‘rgatadi, o‘quvchilarda zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni hosil qiladi. O‘quvchilarga perspektiva (fazoviylik) asoslari, nur-soya munosabatlari, hayvon va odamlarning plastik anatomiyasi haqida tushuncha beriladi, ayni paytda o‘quvchilar «Umumiylikdan bo‘laklarga, bo‘laklardan umumiylikka» qoidasiga binoan qalamtasvir ustida izchil ishlash ko‘nikmasini o‘zlashtiradilar. Shuningdek, rasmning murakkablikdan oddiylikkacha bo‘lgan, qo‘l postanovkasi deb atalgan uslubgacha bo‘lgan texnik uslublarini, rassom uchun muhim bo‘lgan «ko‘z postanovkasi» deb atalgan tarbiyaviy mashqlarni ham o‘zlashtiradilar. Bu mashqlarga yaxlit ko‘rish, kuzata bilish, ko‘rganlarini esda saqlab qolish, ko‘z qiri bilan hajm munosabatlarini va nur-soya munosabatlarini aniqlash kiradi.

Qisqa muddatli o‘quv rasmlari lavha va qoralamalar qo‘shimcha ammo muhim, ahamiyati katta mashqlar hisoblanadi. Bu rasmlar o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarining rivojiga katta ta'sir ko‘rsatadi, qabul qilish sezgisini oshiradi, tasavvurini kengaytiradi, kuzatuvchanligini va ko‘z xotirasini rivojlantiradi, yaxlit ko‘ra bilishga va kuzatganlarini qog‘ozga tushirishga o‘rgatadi. O‘quv vazifasi oddiy shtrix va chiziq (liniya)lardan tortib, odam tasvirini voqyea joylarida ifodalashgacha bo‘lgan murakkab jarayonni o‘z ichiga olib, oddiylikdan to murakkablikkacha izchil rivojlantirib, ko‘nikma hosil kilishdan iborat. Vazifaning murakkablashuvi shakl, mazmun murakkabligi, tasvirlanadigan predmetlarning soni, shuningdek, ularning grafik bajarilishi uslubi murakkabligi bilan ortib boradi. O‘qituvchi har bir o‘quv qo‘yilmasi (postanovkasi) oldidan vazifa mazmunini tushuntiradi. Tushuntirishdagi aniqlik va soddalik, qo‘yilgan vazifani chegaralab berish o‘quvchining komil ishonch bilan ishlashiga yordam bermog‘i lozim.

Rasmning tugallanishi qilingan detallarning soni bilan emas, balki o‘quv vazifasi yechimining sifati bilan belgilanadi. Asosiy e'tibor o‘quvchilarning berilayotgan bilimlar va ko‘nikmalarni mustahkam o‘zlashtirishiga, kelgusi vazifalarni bajarishga baza yaratilishiga qaratiladi. O‘qituvchi vazifaning bajarilishi davomida qog‘oz chekkalarida tushuntiruvchi, izoh beruvchi rasmlar va tarhlar chizgilar bilan birgalikda og‘zaki ko‘rsatmalar beradi. O‘qituvchi juda iloji bo‘lmagan taqdirda o‘quvchi rasmiga tuzatish kiritishi mumkin. O‘qish yakunida o‘quvchilar komponovka, qurilma, shaklni yuzaga chiqarish, umumlashtirish kabi ishlarni bosqichma-bosqich, izchil ishlashni bilishlari zarur.

O‘quvchilar bo‘lajak tasvir uchun ish qog‘oziga ko‘chirishda eng e'tiborli joyni topa bilishi, o‘quv qoidalariga ko‘ra perspektivani belgilay olishi, shtrix va chiziq (liniya) vositalari orqali tekislikda shakl ko‘ra olishi, shakl ko‘lamini yuzaga chiqarishi, nur-soya vositalari orqali nur-soya, tus munosabatlarini bera olishi, shakl harakati va harakterini, fazoviylik, moddiylik va atrof-muhitni tasvir eta olishi, rasm texnikasi va materialini egallashi lozim.


Qalamtasvir

5 - sinf (68 soat)

Sinf ishi:

Uyga vazifa:

1. Oddiy buyumlardan natyurmort.

Daraxt qismlari, yaproqlar, me'morlik unsurlaridan lavhalar.

2. Geometrik uslubda natyurmort.

Maishiy oddiy buyumlardan natyurmort.

3. Geometrik qurilmalarga yaqin bo‘lgan maishiy buyumlardan fon bilan natyurmort.

Hayvonot bog‘i va tabiat muzeyidan qushlar qalamtasviri.

4. Qotirilgan qushlardan natyurmort.




5. Shahar manzarasi.




6. Odam, hayvonlar va qushlardan lavhalar (yil davomida).




7. Mustaqil sinov ishi.




6 - sinf (68 soat)

Sinf ishi:

Uyga vazifa:

1. Enlama (gorizontal)siga qaragandagi tekislik va fazoviy muhit tushunchasi.

Geometrik shakllarga yaqin 2-3 ta maishiy buyumlardan uzoq muddatli qalamtasvirlar, qoralamalar.

2. 2-3 ta geometrik shakldagi buyumlarni tekislikda qalamtasviri.




3. 2-3 ta maishiy buyum va gipsdan natyurmort.




4. Inson qomatidan qoralama.




5. Silindr va kub natyurmorti.




6. Geometrik shaklga ega bo‘lgan maishiy buyumlardan natyurmort.




7. Inson qomatidan qoralama.




8.Maishiy buyumlarning shaklini aniq ifodalagan holda natyurmort.




9. Geometrik shakl unsurlariga ega holda natyurmort.




10. Toqi ravoq, ustun natyurmorti.




11. Interer va eksterer tushunchasi.




12. Guldonni turli hil matolar fonida qalamtasviri.




13. Matolarga qo‘yilgan 2-3 ta maishiy buyumlarni, gips naqshlari bilan natyurmort ishlash.




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin