O’zbekiston respublikasining 2006-yil 26- sentyabrdagi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat xavfsizligi to’G’risida qonuni


-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya sabablarini texnik



Yüklə 123,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix08.10.2023
ölçüsü123,86 Kb.
#129828
1   2   3   4   5   6   7   8
xavfli moddalar

17-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya sabablarini texnik
jihatdan tekshirish bo’yicha davlat komissiyasini tuzish
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan hollarda va tartibda
xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish


bo’yicha davlat komissiyasi tuziladi.
18-modda. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab
chiqarish nazorati
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilot belgilangan sanoat
xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil qilishi va
amalga oshirishi shart.
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini
amalga oshirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratining
tashkil qilinishi to’g’risidagi ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organiga yoki sanoat
xavfsizligi sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ayrim vakolatlarga ega bo’lgan boshqa
davlat organlariga taqdim etiladi.
19-modda. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi
Aholini va hududlarni xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridagi avariyalardan
muhofaza qilishni ta’minlash hamda davlat organlarini, fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organlarini va aholini sanoat xavfsizligining holati to’g’risida xabardor etish
maqsadida xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilot sanoat xavfsizligi
deklaratsiyasini ishlab chiqadi.
Ushbu Qonun 4-moddasi 1-bandining
ikkinchi
,
uchinchi
va
to’rtinchi
xatboshilarida ko’rsatilgan xavfli moddalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilangan eng yuqori normaga teng yoki undan ortiq
miqdorlarda ishlab chiqariladigan, foydalaniladigan, qayta ishlanadigan, hosil
qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo’q qilinadigan xavfli ishlab chiqarish
ob’yektlari uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish shart.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya
xavfiga berilgan har tomonlama bahoni, avariyaning oldini olish, xavfli ishlab chiqarish
ob’yektidan foydalanuvchi tashkilotning xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan
foydalanishga, shuningdek avariyaning kengayib ketishiga yo’l qo’ymaslik va uning
oqibatlarini tugatishga tayyorligini ta’minlash yuzasidan ko’rilgan choralarning qay
darajada yetarli ekanligining tahlilini o’z ichiga olishi kerak.


Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish ob’yektini qurish,
kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va
tugatishga doir loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladi hamda xavfli ishlab chiqarish
ob’yektidan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanish bilan bog’liq faoliyatga
litsenziya olish uchun murojaat qilingan, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasidagi
ma’lumotlar o’zgargan yoki sanoat xavfsizligi talablari o’zgargan taqdirda, sanoat
xavfsizligi deklaratsiyasiga aniqlik kiritiladi yoki u yangidan ishlab chiqiladi.
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilotning sanoat
xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlagan rahbari undagi ma’lumotlarning to’liqligi hamda
ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
belgilagan
tartibda
ishlab chiqiladi va davlat organlariga, jamoat birlashmalariga hamda
fuqarolarga taqdim etiladi.

Yüklə 123,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin