O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-bob. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə347/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   356
Soliq kodeksi 2023

71-bob. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
479-modda. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga soliq solish
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar ushbu bobda nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliqlarni to‘lovchilar hisoblanadi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar mehnatga haq to‘lash tarzida olinadigan daromadlar bo‘yicha belgilangan stavkalar bo‘yicha ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘laydi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius zimmasiga xodimlarning mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lash majburiyati yuklatiladi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar notarial xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
480-modda. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning foydasiga soliq solish
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar foyda solig‘ini ushbu Kodeksda belgilangan stavka bo‘yicha to‘laydi. Bunda foyda solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lash yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi ushbu Kodeksning 43-bobida nazarda tutilgan daromadlarning barcha turlari notariuslarning daromadlari deb e’tirof etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43-bobi.
Notarial faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar chegiriladigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi. Bunda chegirilmaydigan xarajatlar ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Foyda solig‘i to‘langanidan keyin xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning tasarrufida qolgan foyda soliq solish maqsadida dividendlarga tenglashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 317-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin